Zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi


Birinchi bosqich shartli ravishda XVI-XVII-asrlarni


Download 0.96 Mb.
bet8/52
Sana08.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1441404
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52
Bog'liq
фуқаролик жамияти . doc

Birinchi bosqich shartli ravishda XVI-XVII-asrlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda fuqarolik jamiyatining iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy asoslari yaratildi. Ular jumlasiga sanoat va savdoning rivojlanishi, ishlab chiqarish turlarining ixtisoslashuvi, mehnat taqsimotining teranlashuvi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi kiritish mumkin.
Shuningdek, yagona markazlashgan davlatlarning tashkil topishi bilan feodal tarqoqlik davrida mavjud bo‘lgan tengsizlik, huquqsizliklarga barham berishga e’tibor berila boshlandi.
Ikkinchi bosqich XVIII-asr oxiridan XIX-asr oxirigacha davom etdi. Bu davrda eng rivojlangan mamlakatlarda umumiy yuridik tenglik va erkinlik, shuningdek iqtisodiy erkinlik va shaxsiy tashabbusga asoslangan dastlabki kapitalizm ko‘rinishidagi fuqarolik jamiyati shakllandi.
Uchinchi bosqich (XIX-asr oxiri va undan keyingi davr) vertikal feodal tuzilmalar o‘rnini erkin odamlarning huquqiy tengligi va o‘zaro bitimlariga asoslangan gorizontal munosabatlar egallagani bilan tavsiflanadi. Insoniyatning ko‘p asrlik tarixida barcha odamlar, ijtimoiy kelib chiqishi va mavqeidan qat’i nazar, jamiyat hayotining huquqiy jihatdan teng ishtirokchilari deb e’tirof etilishi muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Ular har kimga o‘zini erkin xohish-irodaga ega bo‘lgan, o‘z harakatlari va ularning huquqiy oqibatlari uchun o‘zi javob berishga qodir shaxs sifatida namoyon etish imkoniyatini beruvchi qonunlar bilan e’tirof etilgan qator huquqlar va erkinliklarga ega bo‘la boshladi.
Fuqarolik jamiyatining hayotda yuzaga kelishiga “Huquqlar haqidagi bill” (Angliya 1689-yil; AQSH 1791-yil) yoki “Inson va fuqaro huquqlari” deklaratsiyasi (Fransiya 1789-yil) kabi inson huquq va erkinliklarini himoyalovchi huquqiy aktlarning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi.
Fuqarolik jamiyati - o‘z shaxsi, ijodiy tashabbusini erkin namoyon etuvchi teng huquqli odamlar jamiyati, ortiqcha ta’qiqlar va ortiqcha ma’muriy tartibga solishlardan holi bo‘lgan teng imkoniyatlar jamiyati sifatida shakllandi.
Fuqarolik jamiyatining davlatdan ajralishi aynan ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi tengsizlikni tugatish va ijtimoiy munosabatlarni davlat tasarrufidan chiqarish jarayoni hosilasi o‘laroq yuz berdi. Bu jarayonga butun aholi nomidan ish ko‘rishga asoslangan vakillik davlat organlarining shakllanishi asos bo‘ldi.
Natijada odamlarning huquqiy o‘zaro tengligi ularga huquq va erkinliklar berish vositasida, ya’ni qonunlarda belgilab qo‘yish yo‘li bilan tan olindi.
Tabaqaviy tengsizlik o‘rnini egallagan umumiy huquqiy tenglik shaxsning mutlaqo yangi ijtimoiy holatini belgilab berdi. Endi individlar, ularning ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, erkin hamda ijtimoiy hayotning to‘laqonli ishtirokchilari, deb e’tirof etildi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling