Ўзбекистон республикаси халқ таълим вазирлиги
Download 0.72 Mb.
|
Nutq mad.-majmua.doc 1 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Nutqning kommunikativ sifatlari. Nutqning to`g`riligi va aniqligi. (2 soat) Rеjа
Tayanch tushunchalar: Til va nutqning farqlanishi. Nutq odobi. Til madaniyati va nutq madaniyati. Nutq madaniyati til madaniyatidan farqli o`laroq tildan aloqa va ta`sir qilish maqsadida bemalol va o`ta muvofiq tarzda foydalana olishni ta`minlaydigan bilim va ko`nikmalarning jami sistemasidir. Madaniy nutq-kommunikativ sifatlarning barchasini o`ziga mujassamlashtirgan nutq.
Mavzu: Nutqning kommunikativ sifatlari. Nutqning to`g`riligi va aniqligi. (2 soat) Rеjа: 1. Nutqning kommunikativ sifatlari haqida ma'lumot. 2. Nutqning to’g’riligi. 3. Nutqning aniqligi. 4. Xulosa. Adabiyotlar: 1. Siddiq Mo’min. So’zlashish san'ati. - Farg’ona, 1997. 2. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. - Toshkent, 1993. 3. Qo’ng’urov R., E. Bеgmatov, Y. Tojiеv. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, - Toshkent, 1992. 4. Mahmudov N. Ma'rifat manzillari. - Toshkent, 1999. -B.28. 5. Mahmudov. N. O’qituvchi nutqi madaniyati. - Toshkent, 2007. 6. Bekmirzayev N. Nutq madaniyati va notiqlik asoslari. - Toshkent: Fan, 2007. Nutqning mаdаniyligini tа’minlоvchi bir qаtоr sifаtlаr mаvjud bo’lib, bu nutqning kоmmunikаtiv sifаtlаri sаnаlаdi. Nutq so'zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko'rinishi bo'lib, u faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki ham ruhiyat, ham nafosat hodisasi hisoblanadi. Shuning uchun ham yaxshi nutq deyilganda, aytilmoqchi bo'lgan maqsadning tinglovchi yoki kitobxonga to'liq yetib borishi, ularga ma'lum ta'sir o'tkazishi nazarda tutiladi. Shunga ko'ra nutq oldiga ma'lum talablar qo'yiladi. Bu talablar nutqning kommunikativ sifatlari bo'lib, unda nutqning mantiqan to'g'ri, aniq, chiroyli va maqsadga muvofiq bo'lishi nazarda tutiladi. Nutqning to'g'riligi nutq mаdаniyati to’g’risidаgi tа’limоtning mаrkаziy mаsаlаsidir. "To'g'rilik deganda, - deb yozadi V.G.Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma'lum paytda qabul qilingan normasiga qat'iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, imloviy va grammatik normalarini egallashni tushunish lozim bo'ladi". Nutqning to'g'riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir, chunki nutq to'g'ri bo'lmasa, uning boshqa kommunikativ sifatlari, ya'ni mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur yetadi. Nutq to'g'ri bo'lishi uchun, asosan, ikki me'yorga - urg'u va grammatik normaga qat'iy amal qilishni talab qiladi. So'zlardagi urg'uning ko'chishi bilan ma'noning ham o'zgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim. Masalan: olma so'zi. Bu so'zni alohida urg'usiz olib qaraganda, uning qanday ma'noda qo'llanilayotganini aniqlash qiyin. Faqat urg'u undagi ma'noning aniqlanishiga ko'maklashadi. Ya'ni olma so’zida urg'u birinchi bo'g'inga tushganda harakat, oxirgi bo’g'inga tushganda esa mevaning bir turi ma'nosi anglashiladi. Tilimizda bunday so'zlar anchagina. Gap tarkibidagi ayrim olingan so'zga tushadigan urg'u, ya'ni mantiqiy (logik) urg'uning ham ma'noni farqlashda xizmati katta. Hamma tillarda ham qaysi ma'no alohida nazarda tutilayotgan bo'lsa, shu ma'noni ifoda etayotgan so'z alohida urg'u bilan talaffuz qilinadi. Masalan, Anvar xat yozdi gapida kim yozganligi, nima yozganligi yoki nima ish qilganligi nazarga olinib, bu gapdagi so'zlarning har uchalasidan biriga urg'u tusha oladi. Bunday o'rinlarda mantiqiy urg'u ma'noni ta'kidlash uchun kerak. Lekin shunday holatlar ham borki, bo'g'in urg'usida bo'lgani kabi mantiqiy urg'uni ham to'g'ri ishlata bilish kerak. Chunki bunda xatoga yo'l qo'yilsa, nazarda tutilgan ma'no anglashilmay qolishi mumkin. Demak, nutqni to'g'ri ifodalash uchun ham so'z urg'usining, ham mantiqiy urg'uning to'g'ri ishlatilishiga amal qilishimiz zarurdir. Grammatik normaga rioya qilish deganda, gap tuzish qoidalaridan to'g'ri foydalanish, o'zak va qo'shimchalarni qo'shishda xatoga yo'l qo'ymaslik, kelishik qo'shimchalarini o'z o'rnida qo'llash, ega va kesimning mosligi, ikkinchi darajali bo'laklarning ularga bog'lanish qonuniyatlari tushuniladi. Tilimizda morfologik, sintaktik chalkashliklar tez-tez uchrab turadi. Ko'pchilik holatlarda kelishik qo’shimchalari farqlanmasdan ishlatiladi. Bu esa ba'zan mazmunda xatolikka olib kelishi mumkin: Umrini tog'larda o'tkazgan odamning tabiat tilini bilmaydi, deyish qiyin. ("Angren haqiqati"). Tilimizning mohir bilimdoni A.Qahhor ham qaratqich va tushum kelishigining ba'zan farqlanmay ishlatilishini o'zining "San'atkor" hikoyasida asar qaqramonining savodsizligini fosh etishda ustalik bilan foydalanadi: Pojarniy "gugurtni yerga tashlamang", dedi. Rejissorimiz esa "gugurtning yerga tashlamang", dedi. Xullas, ona tili xazinasidan kerakli grammatik shakllarni tanlash va ularni joy-joyida ishlatish, ya'ni nutqning to'g'ri tuzulishiga erishish nutq madaniyatining asosiy talablaridan biridir. Nutqning aniqligi so'zning o'zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning muhim fazilatlaridan biri ekanligi qadimdan ma'lum. G'arb mutafakkirlari ham, Sharq olimlari ham aniqlikni nutq sifatlarining birinchi sharti deb hisoblaganlar. Aristotel: "Agar nutq noaniq bo'lsa, u maqsadga erishmaydi",-degan. Kaykovus: "Ey farzand, so'zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so'zlaganda ma'noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so'zning qanday ma'noga ega ekanligini bilmasang, qushga o'xshaysan...", deydi. Yana "Shunday kishini notiq (suxango'y) deymizki, uning har so'zi xalqqa tushunarli bo'lsin va xalqning har so'zi unga ham ma'lum bo'lsin". Aniqlik nutqning muhim xususiyati, fazilati sifatida fikrni yorqin ifodalashi bilan, nutq predmetining ma'nosi bilan, nutqda ishlatilayotgan so'z ma'nolarini bilish bilan bog'liq bo'ladi. Agar notiq o'zi fikr yuritmoqchi bo'lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga xos so'zlar tanlasa va o'zi tanlagan so'zlarning ma'nolariga mos vazifalar yuklasa, nutqning aniq bo'lishi tayin. Demak, aniqlik nutqda so'z qo'llash me'yorlariga amal qilishdan iborat. Bu jihatdan aniqlik to'g'rilikning boshqacha ko'rinishi hisoblanadi. Ba'zan notiq o'zi ishlatadigan so'zning ma'nosini bilishga uncha e'tibor bermaydi. Natijada so'zning ma'nosi nutqdan ko'zda tutilgan maqsadga mos kelmaydi. Ko'pincha bunga bir-biriga yaqin narsalarni anglatuvchi so'zlar sabab bo'ladi. Aniqlik ikki xil bo'ladi: narsaning aniqligi va tushunchaning aniqligi. Narsa aniqligi nutqda aks etgan mavjudlikning narsalar, hodisalar doirasi bilan nutq mazmunining munosabatida ko'rinadi. Nutqda mavjudlikning narsa va hodisalari to'g'ri aks etishi uchun notiq o'zi so'zlayotgan narsalarni yaxshi bilgan bo'lishi lozim. Nutq predmetini bilmaslik yoki chala bilish, shuningdek, ularni o'rganishda loqaydlik qilish orqasida yuzaga kelgan noaniqlik yoqimsiz bo'lib, tinglovchini ranjitadi. Masalan: "Na tashkilotchilik, na rahbarlik, na bilimdonlik qobiliyati bo'lmagan kishi birdaniga kimning nazariga tushdi?" (Gazetadan). Ko'rinadiki, so'zlovchi na yuklamasining nutqdagi ma'nosi - ma bo'lishsizlik qo'shimchasi anglatgan ma'noga teng ekanligini unutgan. Odatda na inkor yuklamasi ishtirok etgan gaplarning kesimi bo'lishli shaklda bo'ladi. Nutqning har tomonlama to'g'ri bo'lishi uchun narsa aniqligining o'zi yetarli emas. Tushunchaviy aniqlik nutq mazmunining unda belgilangan tushunchalar tizimiga mos kelishini talab qiladi. Shunday qilib, aniqlik nutqning aloqaviy fazilatlaridan biri bo'lib, u moddiy borliq bilan nutq mazmunining mosligi sifatida yuzaga chiqadi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling