Ўзбекистон республикаси халқ таълим вазирлиги


Download 0.72 Mb.
bet19/47
Sana16.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1273053
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Bog'liq
Nutq mad.-majmua.doc 1 (3)

Tаyanch tushunchаlаr: Nutqning mantiqiyligi, fikrning mantiqiy rivojlanib borishiga qat`iy mosligi. Nutqning tozaligi, nutning ta`sirchanligi, nutqning boyligi, mahalliy dialekt va shevalarga xos so'z, ibora, grammatik shakllar, so'z va so'z birikmalarining talaffuzi, urg'usi, o'rinsiz qo'llangan chet so'z va so'z birikmalari, jargonlar, vulgarizmlar, parazit so'zlar, kanselyarizmlar.
Mavzu: Grammatik stilistika va nutq madaniyati
RЕJА:

  1. Nutq madaniyati va uslubiyatning o’zaro aloqasi.

  2. Grammatik stilistikada grammatik shakllarning o'rni.

Adabiyotlar:

  1. Begmatov E. va boshqalar. Adabiy norma va nutq madaniyati. -Toshkent.: Fan, 1983.

  2. Tojiyev Y. va boshqalar. Nutq madaniyati va uslubiyot asoslari. -Toshkent, 1992.

  3. Tojiyev Y.va boshqalar. Nutq madaniyati va uslubiyot asoslari amaliyoti. - Toshkent, 1992.

4. Mahmudov. N. O’qituvchi nutqi madaniyati. - Toshkent, 2007.
5. Bekmirzayev N. Nutq madaniyati va notiqlik asoslari. - Toshkent: Fan, 2007.
Uslubiyatning tilda tutgan o'rni beqiyosdir. Uslubiyat me'yorlarni shakllantirish, mashur tilshunos olim G.O.Vinokur ta'kidlaganidek, nutq madaniyatining o'z oldiga qo'ygan asosiy maqsadi, uning eng muhim vazifasidir. chunki stilistik me'yorni yaxshi bilmasdan, ularni mukammal egallamasdan turib, nutq madaniyatiga, madaniy nutqqa erishib bo'lmaydi.
Ma'lumki, har bir so'zni o'ylab, tanlab, ularning har bir ma'nosiga, ma'no qirralariga yaxshi e'tibor qilib, o'rinli ishlatish haqida juda ko'plab xalq maqollari, hikmatlari mavjud. Bu haqda qadimgi davr faylasufi Aristotelning "Poetika" va klassik shoiri Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asarlarida ham qimmatli fikrlar aytilgan.
Tilda har bir so'zni, grammattik formani, har bir sintaktik qurilmani o'z o'rnida, ya'ni shu so'z, shu grammatik shakl yoki sintaktik qurilma (gap) ishlatilayotgan vaziyatni (tinglovchi saviyasi, ularning holati kabilar) hisobga olgan holda to'g'ri qo'llash, ularning shu vaziyatga eng mos tushadiganini tanlab, nutq jarayonida ulardan unumli foydalanish, eng ixcham va fikrni lo'nda ifodalaydiganini, eng sodda va hammaga tushunarlisini ishlatish nutqning ravonligini, tushunarliligini, aniqligini ta'minlaydi, uni g'alizliklardan xalos etadi. So'zlarni, grammatik shakllarni befarq qo'llash, vaziyatga mos tushmaydigan gaplarni beixtiyor, nazoratsiz aytib yuborish, bo'lar - bo'lmasga u yoki bu so'zdan yoki grammatik shakllardan foydalanaverish, umuman, ularni ortiqcha qo'llash, o'rinli - o'rinsiz takrorlayverish nutqni bachkana qiladi, fikrni xiralashtiradi, uning ta'sirchanligiga putur yetkazadi.
Ma'lumki, uslubiyat - fikrni ifodalash yo'llari, til vositalarini - materiallarini to’g'ri tanlay bilish haqidagi ta'limot-uslublar ilmi bo'lib, tilning vazifalariga mos ravishda bir necha ko'rinishlarga ega: so'zlashuv uslubi, kitobiy uslub, ilmiy-ommabop uslub, rasmiy, publitsistik va badiiy uslub kabilar. Xuddi shu narsani uslubiyatning tarkibiy qismiga kiruvchi grammatik stilistika uchun ham aytish mumkin. Grammatikaning morfologiya va sintaksis nomlari ostida ikki qismga ajratilish holati grammatik stilistikada ham saqlanadi va u morfologik stilistika hamda sintaktik stilistika kabi ikki ko'rinishda bo'ladi.
Grammatika so'zning shakl yoki sintaktik qurilmaning lug'aviy va grammatik ma'nolarini o'rgansa, grammatik, stilistika ularning qo'shimcha - ekspressiv ma'nolarini, vazifaviy xususiyatlarini o'rganadi. Grammatika bilan stilistika birgalikda faqat grammatik shakllarning nimani ifodalanishini emas, balki qanday ifodalanishini ham o'rganadi. Grammatik stilistikaning bir qismi bo'lgan morfologik stilistika har bir grammatik shaklning, so'z yasovchi vositalar va har xil boshqa shakllarning stilistik xususiyatlarini o'rganadi. Ma'lumki, bunday qurilmalarning har biri stilistik jihatdan bir-biridan farq qiladi va sintaktik stilistika bularning o'ziga xos xususiyatlari hamda imkoniyatlarini talqin qilib berishi, har birining qaysi nutq uslubiga xoslanganligini ajratib berishi lozim. Jumladan, sintaktik shakl ishtirok etgan holatlar jonli so'zlashuv nutqi uchun xoslangan bo'lib, analitik shakl ishtirok etgan holatlar publitsistik, rasmiy nutq uslublariga xoslangandir.
Grammatik shakllarni o'z o'rnida to'g'ri va maqsadga muvofiq qo'llash, ulardan o’rinli foydalanish nutqimizning ta'sir kuchini oshiradi, uni har xil g’alizliklardan xalos etadi. Nutqda bir xillikdan qochish, ta'sirchanlikni ta'minlash, nutqga ekspressiv-stilistik bo'yoq berish, har bir uslubning o'ziga xosligiga e'tibor berish va uni ta'minlash, grammatik sinonimlardan to'g'ri foydalanishga o'rgatish ham stilistikaning diqqat markazida bo'lsagina amalga oshadi.
Xullas, tilimizda ishlatilayottan grammatik shakllar pleonazmni, nutqda ortiqchalikni tug'dirsa ham, agar ulardan ma'lum bir maqsadda to'g'ri foydalanilsa, ortiqchalik umuman sezilmaydi. Aksincha, bunday qo'llash nutq ta'sirchanligini oshiradi, nutq aniqligi, ifodaliligini ta'minlaydi va u tasviriy vosita vazifasini bajaradi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling