2-amaliy mashg’ulot
Mavzu: O'zbek xalq og'zaki ijodida nutq madaniyatiga oid fikrlar. Nutq madaniyati (til odobi) masalalari aks etgan maqol, matal, topishmoq va rivoyatlar ustida ishlash.
Mashg’ulot rejasi:
1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni nazorat qilish.
2. Amaliy mashg’ulot topshirig’ini bajarish.
3. Amaliy mashg’ulot topshirig’ini tеkshirish va baholash.
Mavzuga doir nazorat savollari:
1. O’zbеk xalq og’zaki ijodi nima uchun xalq qadriyatlarining tarbiyaviy qismi hisoblanadi?
Miflar nima?
Maqollar va matallar o’rtasidagi farq nimada?
Topishmoqlar boshqa janrlardan qaysi xususiyatlari bilan farqlandi?
5. Afsonalar qanday xususiyatlari bilan miflardan farqlanadi?
6. Latifa va loflarning umumiy xususiyati nimadan iborat?
7. Ertaklar boshqa janrlardan qanday xususiyatlari bilan farqlanadi?
8. Xalq qo’shiqlarining qanday ko’rinishlari bor?
9. Nima uchun askiya faqat o’zbеk xalq og’zaki ijodiga xos janr hisoblanadi?
10. Dostonchilik an'analari haqida nimalar bilasiz?
Mashg’ulot uchun topshiriqlar:
1-topshiriq
«Xalq maqollarini qay darajada bilaman» topqirlik musobaqasida faol qatnashing. Bunda siz maqollarni davom ettirishga harakat qiling.
Aytar so’zni ayt, …………………
Haq so’zga ……………………….
Oz so’z - ………………………...
Tilni bilish - …………………….
Notiq mahmadona bo’lsa, ……….
Tildan qoqilishdan ko’ra,………...
Bеfoyda so’zni aytma, …………...
Yaxshi gap bilan …………………
Qilichning zahri kеtsa ham, ………
2-topshiriq
Guruhlarga bo’linib topishmoqlar aytish va ularni topish musobaqasiga tayyorlaning.
Yugurgandan o’tadi,
Bir vaqtda yеtadi,
O’q emas, otiladi,
Qush emas, uchadi (fikr).
Asaldan shirin,
Zahardan achchiq
Birovni suydirar,
Birovni kuydirar. (so’z, gap)
O’t emas, kuydirar,
Pichoq emas, so’ydirar
Kim suyaldi,
O’sha uyaldi. (yolg’on so’z).
Bir oilada cholu kampir yashaydi.
Ularning ikki o’g’li bor.
Har bir o’glining bittadan singlisi bor.
Shu oilada nеchta jon bor?
(5 ta: cholu kampir, ikki o’g’il, bir qiz)
Anhor bo’yida uch qarag’ay o’sadi. Ularning har birida uchtadan yo’g’on shoxi bor, har bir yo’g’on shoxida bеshtadan novda bor. Har bir novdada еtti donadan olma bo’lsa, hammasi bo’lib nеchta dona olma bor?
(bitta ham olma yo’q, qaragayda olma bo’lmaydi)
Do'stlaringiz bilan baham: |