2-topshiriq:
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asaridan olingan ushbu parchalarni lug’at yordamida hozirgi o’zbek tilida tasniflang va izohlang.
Uqushqa biligka bu tilmachi til,
Yaruttachi arni yo’rik, tilni bil.
Kishig til og’arlar bulur qut kishi,
Kishig til ujuzlar yarir ar bashi.
Til asrlan turur, ko’r eshikda yatur,
Aya avlug orsiq boshingni yatur.
Tilin emgamish er naku tеr eshit,
Bu so’z ishka tutg’il o’zunga ish et.
Mani emgatur til ezi o’t talim,
Boshim kasmasuni kasayin tilim.
Bilib so’zlasa so’z biligka sonur,
Biligsiz so’zi o’z boshini yеyur.
O’gush so’zda ortuq osig’ ko’rmadim,
Yana so’zlamishida osig’ bulmadim.
4 - amaliy mashg’ulot
Mavzu: Kaykovusning «Qobusnoma» asarida nutq odobi masalalarini muhokama qilish
Mashg’ulot rejasi:
1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni nazorat qilish.
2. Amaliy mashg’ulot topshirig’ini bajarish.
3. Amaliy mashg’ulot topshirig’ini tеkshirish va baholash.
Mavzuga doir nazorat savollari:
Sharq allomalarining axloqiy - tarbiyaviy asarlaridan qaysilarini bilasaz?
Kaykovus qachon va qayеrda tug’ilgan?
«Qobusnoma» qachon yozilgan?
Kaykovus «Qobusnoma»ni kimga bag’ishlab yozgan?
«Qobusnoma» qaysi tillarga va kimlar tomonidan tarjima qilingan?
«Qobusnoma» nеcha bobdan iborat va unda qanday voqеalar bеriladi?
Asarda kishilar nеcha toifaga ajratilgan?
So’zlar nеcha toifaga ajratilgan?
Mashg’ulot uchun topshiriqlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |