Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта
DARSLARDA MULTIMEDIA MAHSULOTLARIDAN FOYDALANISHNING
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism
DARSLARDA MULTIMEDIA MAHSULOTLARIDAN FOYDALANISHNING
AHAMIYATI Salimova Y. – BVXTXQT va MOI MO`HM koordinatori yordamchisi Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. I.A. Karimov Hozirgi zamon o`quvchi –yoshlar ta’limini zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarsiz tasavvur etish qiyin. Zamonaviy axborot komunikatsiya texnologiyalari va internetning beqiyos imkoniyatlari shu qadar takomillashib bormoqdaki, biz hatto tasavvurimizga sig`maydigan har qanday vazifani ham mana shu texnologiyalar bemalol bajarib kelmoqda. Prezidentimizning “Kompyterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot komunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to`g`risida” 2002-yil 30-maydagi PF-3080-sonli Farmoni zamonaviy axborot komunikatsiya texnologiyalari va internet berayotgan qulayliklarni bevosita ta’lim jarayoniga tadbiq qilish ishlarni jadallashtirdi. Har bir o`qituvchi avvalo o`z darsida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadigan, internet bilan bemalol ishlay oladigan, elektron kutubxona va undagi ma’lumotlardan ta’lim-tarbiya sohasida qo`llay oladigan bo`lishdi. Endi ular qaysi sahifada ko`rsatilgan ma’lumotlar ta’lim sohasiga mos tushishi, Pespublika bo`ylab faoliyat ko`rsatayotgan ta’lim portallari haqida yetarlicha ma’lumotga egadirlar. Zamonaviy o`qituvchi bu bilim ko`nikmalari bilan o`quvchiga o`rnak bo`ladi, u o`zi kiradigan ta’lim sohasiga oid saytlar haqida o`quvchilarga ma’lumot beradi, o`quvchiga aynan uning kelajagi uchun kerak bo`ladigan bilimni bera oladigan sahifani kirib ko`rishni tavsiya qiladi, internetdan olingan ma’lumotlar bilan darslikdagi ma’lumotlarni solishtirib o`quvchilari bilan fikr almashadi. Fan olg`a siljigan sayin axborot kommunikatsiya texnologiyasi sohasi ham beto`xtov yangilanib bormoqda. Ta’lim sohasida foydalanish uchun multimediali maxsulotlar yaratilmoqda. Multimedia vositalari asosida o`quvchilarga ta’lim berishni yo`lga qo`yish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia bugungi kunda gurkirrab rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiya vositasi. Multimedia – bu dasturiy va texnikaviy vositalar asosida audio, video, matn, grafika va animastiya (ob’ektlarning fazodagi harakati) effektlari asosida o`quv materiallarini o`quvchilarga etkazib berishning mujassamlangan holdagi ko`rinishidir. Ta’lim oluvchilarning ongliligi va faolligini oshirish uchun darsni shunday tashkil etish nazarda tutiladiki, bunda o`quvchilar ilmiy bilimlarni amalda qollab, ongli va faol egallab oladigan, ijodiy tashabbuskorligi va o`quv faoliyatida mustaqilligi, tafakkuri, nutqi rivojlanadigan bo`lsin. Darslarda multimedia vositalaridan foydalanish, xuddi shunday talablarga javob beradi. Multimedia vositalaridan fanlarni o`qitish jarayonida foydalanish ta’lim sifatini va samarasini oshirishning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi.. Multimedia vositalari o`quvchiga yakka tartibda yo`dashish 125 imkonini beradi va o`qituvchining bevosita ishtirokisiz ham o`quvchi materialni o`zlastirish mumkin bo`ladi. Respublikamizdagi websahifalarda bir qancha multimedia mahsulotlari mavjud. Sahifalardagi multimedia mahsulotlarini o`rganib, hatto yuklab ham olishimiz mumkin. Shu qatorda uzedu.uz - O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi saytini alohida tilga olish lozim. Chunki ushbu saytda davlatimizda ta’lim-tarbiya sohasida erishilayotgan yutuqlar, o`qituvchlar uchun barcha fanlardan DTS, o`quv rejalar, o`quv qo`llanmalar, faoliyat ko`rsatayotgan ta’lim muassasalari, chop etilgan darsliklar bilan birga bir necha fanlarga oid multimedia mahsulotlari bilan ham tanishishimiz mumkin. Sahifadagi multimedia mahsulotidan dars vaqtida ishlatish dars samaradorligini oshiradi. Masalan: ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari www.uzedu.uz saytiga kirib taqdim etilgan multimedia mahsulotlaridan darslarida foydalanishlari mumkin. Adabiyot fanidan “Rangli doira” testi (A.Qodiriy hayoti va ijodi bo`yicha), “Tezyurar” o`yini ( Maqollarni aniqlash), Ona tili fanida foydalanish uchun “Quvnoq alifbo” (Alfavit tartibini aniqlash ) kabi multimediya mahsulotlari saytda joylashtirilgan. O`qituvchilar ushbu multimediali mahsulotlar bilan tanishib, ishlatish ko`rsatmalarini bilib olishlari lozim. So`ngra o`quvchilarga tavsiya beradilar, yoki dars soatining o`zida o`quvchilar bilan internetda to`g`ridan – to`g`ri ishlashga imkon tug`iladi. Bunda o`quvcnilar multimedia mahsuloti topshirig`ni o`zlari bajaradilar va bu o`quvcnilarni o`z ustida mustaqil ishlashga, fikrlashga, izlanishga undaydi. Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari, multimedia vositalari yordamida olib borilgan dars o`quvchining darsga bo`lgan qiziqishini va bilim olish saviyasini oshiradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling