Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet156/159
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817026
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

Ko’rgazmali metodlar- predmet, hodisa yoki jarayonlar mohiyatini tabiiy holatda namoyish qilish, 
ularning maketlarini ko’rsatishda qo’llaniluvchi usullar.
 
Namoyish va tasvir metodlari o’zaro bog’liqlikda bir- birini to’ldirgan holda qo’llaniladi. 
Agar hodisa va jarayonni o’quvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur bo’lsa namoyishdan foydalanish, 
agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari o’rtasidagi bog’lanishlarni anglash talab etilsa tasvir 
metodiga murojat qilinadi.
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada ko’proq didaktik 
samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim ham mumkin bo’lavermaydi. Shu 
bois pedagoglar tabiiy predmetlarni namoyish qilishda sun’iy muhitga murojat qilishadi ( masalan, 
hayvonlar bilan hayvonot bog’ida, turli o’simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish) yoki sun’iy 
ravishda yaratilgan obyektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan foydalaniladi.
Bu metod yordamida o’qituvchi o’quvchilarni mustaqil ravishda obyektlarni o’rganish, 
zaruriy o’lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o’rnatish, shuningdek hodisalarning mohiyatini 
anglab yetishga bir so’z bilan aytganda faol bilish jarayoniga yo’naltirilishi lozim. Namoyish 
samarasi ko’p jihatdan o’qituvchining bilish jarayoni mohiyatan o’quvchilarning yoshiga mos holda 
to’g’ri tanlanishi hamda mumkin qadar ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning muhim 
jihatlariga yo’naltirilishiga bog’liqdir. 
Ko’rgazmali metodlar
 
Namoyish 
Tasvir 
Murakkab o’quv- didaktik materiallar 
Мodellar 
Maketlar 
Stendlar 
Geometrik 
Fizik 
Funksional 
Tikuv mashinalari 
Andoza tayyorlash 
mashinalari 
Bichish mashinalari 
Mavzuni o’rganish 
Tikuv va bichish 
mashinalarini 
o’rganish 


204 
Tasvir ( illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog’liq bo’lsada, didaktikada 
alohida o’rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko’rinishlari – 
chizma, port, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko’rsatishni taqozo etadi. 
Tasvirning samarasi ko’pincha o’qituvchi tomonidan ko’rsatuv texnologiyasi qay darajada 
o’zlashtirilganligiga bog’liq bo’ladi. Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko’rsatmalilik 
tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko’rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini 
ko’rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik- psixologik 
yo’nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo’ladiki, shaxs tomonidan 
o’zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko’rish retseptorlari yordamida o’zlashtiriladi. Demak, 
o’zbek xalqi tomonidan ko’p bora qo’llaniladigan “ Yuz marta eshitgandan bir marta ko’rgan yaxshi” 
maqoli ilmiy asosga egaligi o’z isbotini topib turibdi. Biz pedagoglar darslarda ayniqsa, o’quv 
amaliyotlarida ko’rgazmali metodlardan foydalansak, o’quvchilarga tushuntirmoqchi bo’lgan 
mavzuni ham og’zaki tushuntirib, ham amalda ko’rsatsak erishmoqchi bo’lgan maqsadimizga tezroq 
yetamiz.
Ko’rgazmali metodlardan foydalanishda samaradorlikka erishish uchun quyidagi shartlarga amal 
qilish maqsadga muvofiqdir: 
- ko’rgazmalilikning o’quvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi; 
- namoyish etilayotgan obyektlar barcha o’quvchilarga yaxshi ko’rinib turishi; 
- namoyishda uning boshlang’ich bosqichi va asosiy jarayonlarning ajralib turishi; 
- tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib ko’rsatish asosida 
tashkil etilishi; 
- namoyish va tasvir o’quv materialining mazmuni bilan uyg’un bo’la olishi lozim.
Bugungi kunda pegagoglarga qo’yilgan asosiy maqsad ham o’quvchilarga dars o’tish 
samaradorligini yaxshilash va sifatli bilim berishdir.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling