Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта
YOSHLARNI MA’NAVIY SHAKLLANISHIDA INTERFAOL METODLARDAN
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism
YOSHLARNI MA’NAVIY SHAKLLANISHIDA INTERFAOL METODLARDAN
FOYDALANISH Hotamova M., Ro`ziqulova N. – Navoiy davlat pedagogika instituti Hozirgi zamon yoshlari aqliy kamolotining rivojlanib boirayotganini, ularning ilm o`rganishga chanqoqligi, mustaqil fikrlash va ilmiy-ijodiy izlanishlari, yangiliklar va kashfiyotlarga nisbatan cheksiz qiziqishi va ta’lim mazmuniga talabchanligi, o`qituvchining o`z ustida ishlashiga, malakasini oshirib borishda va ongini yanada rivojlantirishda, ta’lim tizimidagi barcha yangiliklardan barobar bo`lib borishi kerakligini asosiy motif bo`lib xizmat qiladi. «Ta’lim tо‘g`risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning talabi har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu ishga bolaning bog`chada ilk saboqlarini olayotgan paytdan boshlab e’tibor qaratish lozim. Uzluksiz ta’lim tizimining oldiga qо‘yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmaga muvofiq Oliy о‘quv yurtlari ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, ilm-fanning sо‘nggi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, kasb-hunarli, Ona-Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat va jamiyat oldida о‘z burchi va javobgarligini his etadigan barkamol shaxsni kamolga yetkazish, ularning ongi va qalbiga milliy istiqlol g`oyasini singdirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi. Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik –psixologik tushunchalar, interfaol metodlari ta’lim beruvchi tomonidan o`zlashtirilib va qo`llanilib borilishi, ta’lim mazmunini tubdan o`zgatirib yuboradi desak mubolog`a bo`lmaydi. Zamonaviy o`qtuvchi dars jarayonida “aktyor” emas, aksincha “rejissiyor” bo`lishi kerakligini anglashi lozim. U o`z o`quvchi-talabalarining fanga ijodkorlik nuqtai nazari bilan qarashlarini tashkil qilishi, ularda izlanuvchanlik hissiyotlarini shakllantirishi va albatta, yangi pedagogik texnologiya usullarida foydalangan holda darsni tashkil etish kerak bo`ladi. Buning uchun esa bir necha yangicha ta’lim usullarinui yaxshi bilishi kerak. Shu yerda Prezidentimiz I.A.Karimovning “Biz o`g`il-qizlarimizni o`zlarini anglashga mustaqil ongli fikrlashga ularning tafakkurida bo`shliq vujudga kelishiga yo`l qo`ymasligimiz lozim“ degan so`zlarni misol qilib keltirgan holda maktab o`quvchisi, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey talabalarining nutq boyligi, uquvliligini oshirimiz, badiiy va ilmiy adabiyotlarga qiziqishini rivojlantirishimiz, ularning dunyoviy va diniy ilmlardan qay darajada xabardoprligini aniqlashimiz kerak bo`ladi. Chunki ko`p o`qigan va bilimli yoshlarni aldash, milliy g`oyamizga yod bo`lgan g`oyalar sari yetaklash xalqimiz dushmanlari uchun uddalab bo`lmaydigan masalaga aylanadi. Interfaol metodlar ortiqcha ruxiy va jismoniy kuch sarflamaydi, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Dars mobaynida ma’lum nazariy bilimlarni o`quvchiga 34 yetkazish unda ayrim faoliyat yuzasidan ko`nikma va malaka hosil qilish, ma’naviy sifatlarni shakllantirish, o`quvchi bilimini nazorat qilish hamda baholash o`qituvchidan yuksak mahorat va tezkorlik talab qiladi. Bu borada o`qituvchi darslarda foydalanishi mumkin bo`lgan ayrim pedagogik vositalar: ta’kidlovchi savollar bunda o`quvchining bergan savoliga qarab uning fikrlash darajasini aniqlash mumkin. Prezident I.A.Karimovning “Har qaysi insonda muayyan darajada intellektual salohiyat mavjud”. Agar shu ichki quvvatning to`liq yuzaga chiqarish uchun zarur bo`lgan barcha shart sharoitlar yaratilsa, tafakkur har xil qotib qolgan eski tushuncha va aqidalardan xalos bo`ladi va har qaysi inson Olloh taolo ato etgan noyob qobilyat va istedodini avvalo o`zi uchun, oilasi, millati va xalqining, davlatining farovonligi, baxt-saoadati, manfaati uchun to`liq baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar to`liq taraqqiyotga erishadiki, uning sur’at va samarasini hatto tasavvur qilish ham oson emas.“ Dars mashg`ulotlari interfaol о‘qitish usullaridan, о‘yinli texnologiyalardan keng va samarali foydalangan holda amalga oshirilsa, bolalarda faol va mantiqiy fikrlash qobiliyati, nutqiy tovush madaniyati, diqqati, mantiqiy xotirasi, aqliy qobiliyati rivojlanadi. Interfaol о‘qitish usullarida bolalar о‘quv jarayonining markaziy figurasi bо‘lib, bunda uquv jarayoni bolalar ehtiyojidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. О‘qitish usullarini о‘zaro bog`lab mashg`ulot о‘tilsa bolalar tomonidan uni о‘zlashtirish samarali bо‘ladi. Quyida biz “Kompleks birikmalar” mavzusi bo`yicha umumlashtirish darsi jarayonida “Pinbord” usulidan foydalanishga misol keltiramiz (“Pinbord”so`zi “Doskaga yopishtirish” ma’nosini anglatadi). Bu usulning asosiy ijobiy tomoni shundaki, u o`quvchilarda darslik va qo`llanmalar bilan ishlash ko`nikmasini shakllanishiga, mustaqil ta’limni amalga oshirishga katta yordam beradi. Dars olib borilayotgan sinfni 4 guruhga bo`lamiz. Har bir guruhga kompleks birikmaning 4 ta sinfini (asidokomplekslar, ammikatlar, akvakomplekslar va poligalogenidlar) o`rganib kelish hamda ularning ayrim sinfiga tegishli foprmula va tenglamalarni bir xil o`lchamdagi kartochkalarga yozib kelish topshiriladi. Doskani 4 qismga bo`lib, har bir qismining yuqori tomoniga kompleks birikmalar sinflarining nomi yozib qo`yiladi. Har bir guruh o`zlariga tegishli bo`lgan kompleks sinfning savoblarini mavzu savollari tartibi bilan yopishtirib chiqadi. Buning uchun magnit doska aplikatsiyasidan foydalaniladi. Ball qo`yish mezoni berilgan vazifani qisqa vaqtda bajarilishi, mavzu tartibi bo`yicha kartochkalarni sistemali yopishtirilishi, kompleks birikmalarning kimyoviy formulalari va ular orasidagi reaksiya tenglamalarini to`g`ri yozilganligi bilan belgilanadi. Bu jarayonni bajarishda o`quvchilarning qiziqishi va faolligi ortadi. Pinbord usulining afzallik tomoni shundaki, u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifani o`taydi. Bu usul bilan talaba va o`quvchilarning bilimlarini egallash mahorati, mantiqiy va tizimli fikrlash ko`nikmasi rivojlanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling