Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта
TA'LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism
TA'LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Baxritdinova D., Beknazarova X. – Qashqadaryo VXTXQTMOI o`qituvchilari Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman axborotlar oqimining tezlashishini hisobga olib, zamonaviy pedagogik texnologiya fani pedagogik tizimning yangi shakl, vosita va usullaridan foydalanish mexanizmini yaratishni o`z zimmasiga olmog`i talab etiladi. Bugungi kunda turli ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ta’limning o`rni va darajasini aniqlashga yo`naltirilgan tadqiqotlarda pedagogik texnologiyaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. Shundagina ta’lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga xizmat qila oladi. Pedagogik texnologiyaga tayangan holda yaratilgan nazariyalargina uzluksiz ta’lim jarayonini uning bosqichlari va komponentlarining mazmuni, shakli va vositalarini, ta’lim natijalarining jamiyat hayotiga ko`rsatadigan ta’sir darajasini oldindan loyihalashtirishga asos bo`la oladi. Demak, o`quv-tarbiya jarayonini yangi prinsiplar va yangi mafkuraviy negizda qayta qurish, ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirish mumkin. Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini tashxis qilish va yaratilgan nazariyalar, o`quv - metodik majmualar tajriba - sinov asosida amaliyotga joriy qilishning metodologik asoslari, aniq mexanizmlari, usul va vositalarini ishlab chiqishi kerak. Ta’lim jarayonining tashxis qilish mexanizmi shu jarayonning yutuq va kamchiliklari, ta’lim natijasining sifat ko`rsatkichlari, ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan pedagogik nazariyalar, zamonaviy texnologiyalarning ta’lim amaliyotini rivojlantira olish yoki ta’limning taraqqiyotiga to`sqinlik qilish darajasini aniqlashga yo`naltirilishi kerak. Pedagogik texnologiya – ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o`qitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslarni qo`llash, ularning o`zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir. Texnologiya deganda, subyekt tomonidan obyektga ko`rsatilgan ta’sir natijasida subyektda sifat o`zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vosita va sharoitlardan foydalanib, obyektga yo`naltirilgan aniq maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko`zda tutadi. Umuman, pedagogik texnologiya o`quv jarayoni va uning ishtirokchilari bilan bog`liq barcha maqsadli sa'y-harakatlar yig`indisini anglatishi lozim. “Texnologiya” tushunchasi keng ma'noda insonning barcha antropogen faoliyati natijasida mahsulot yaratilishi jarayonlarini qamrab oladi. Texnika va texnologiya, sanoat va transport, mashinasozlik va aviasiya, kimyo va metallurgiya, tibbiyot va farmasevtika, qishloq xo`jaligi va chorvachilik, umuman, yaratuvchanlik va ijodkorlik mehnati va metod, usul, vosita hamda jarayonlar majmuasini ifodalash uchun shu kungacha cheklanmagan miqyosda foydalanib kelinayotgan ushbu atamaning mazmun va mohiyati keng ko`lamga ega bo`lib qoldi. Pedagogik jarayonlar uchun tatbiq qilinuvchi texnologiyaning an'anaviy va noan'anaviy, tarixiy, klassik, yangi va zamonaviy turlari farq qilinmoqda. Asosiy maqsad - shaxsning ta'lim va tarbiyasi hamda uning aqlan va jismonan rivojlanishi bilan bog`liq kasbiy faoliyat ekanligini nazarda tutsak, qanday nomlanishidan qat'iy nazar, pedagogik texnologiya komil inson tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim. Ma'rifatli va madaniyatli dunyonig ta'lim tajribasi shuni ko`rsatadiki, shaxsning intellektual salohiyati, dunyoqarashi, shuningdek, uning ma'naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishida u mansub bo`lgan muhit hamda unda qaror topgan ijtimoiy munosabatlarning ahamiyati katta bo`ladi. Zero, shaxs mansub bo`lgan muhitda uning tafakkuri, ma'naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirish uchun zarur bo`lgan ob'ektiv va sub'ektiv omillar mavjud. Shaxs faoliyat olib borayotgan muhit doirasida 46 oliy va o`rta maxsus ta'lim muassasalarining ham alohida o`rni bor. O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim sohasida olib borilayotgan kadrlar tayyorlash bo`yicha islohotlar mamlakat iqtisodiyotini malakali mutaxassislar bilan ta'minlashga imkon beradi. Bu model vujudga keltirilgan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanishga, fundamental va amaliy fanning yutuqlarini, chuqur ilm talab qiladigan texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga, yuqori malakali, iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko`paytirishga asoslanadi. Bu mamlakatimizning jahondagi iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga kirib borishining zarur sharti va mustahkam poydevori bo`lib xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimida o`qitish samaradorligini oshirishning muhim sharti-ta'lim jarayoniga tizimli yondashuv va rang-barang pedagogik faoliyatdan iborat xizmat ko`rsatish sanaladi. Ayni davrda zamonaviy pedagogik texnologiya – tizimli yondashuvlar asosida o`qitishning shakllarini qulaylashtirish, uning natijasini kafolatlash va ob'ektiv baholash uchun zarur bo`lgan inson salohiyati hamda texnik vositalarning o`zaro hamkorligini namoyish qiladi. Ta'lim maqsadlarini oydinlashtirish, o`qitish va o`zlashtirish jarayonlarida qo`llaniladigan usul, metod va vositalarlarni xilma-xillash, ta'lim va tarbiya jarayonlari mazmunini chuqurlashtirish-bular hammasi ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish demakdir. Vaholanki, takomillashtirishning chegarasi, ya'ni oxiri yo`q, deyiladi. Shunday bo`lgach, pedagogik texnologiyalar ham, pedagogik mahorat ham sarhadsiz tushunchalardir. Bu borada qancha ko`p izlanilsa va qanchalik tashabbuskorlik bo`lsa- shunchalik kamdek tuyulaveradi. O`qitishning eng oddiy va bosh haqiqati ham ana shundadir. O`qituvchi(pedagog)larning faqat ana shu taxlitdagi faoliyati oxir-oqibatda yuksak ijtimoiy buyurtmaning bajarilishiga olib keladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling