Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта
PEDAGOGIK INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING TA’LIM
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism
PEDAGOGIK INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING TA’LIM
TARAQQIYOTIDAGI O`RNI Axmedova M. – Buxoro Davlat Universiteti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi o`qituvchisi Ta’lim tarbiya- murakkab jarayonlardan biridir.Ta’lim-tarbiya hayotimizda muhim ahamiyatga ega. Bilimga chanqoq yosh avlodga saboq berish,hayotda o`z o`rnini topishga o`rgatish barcha o`qituvchi,ustozlarning majburiyatidir. Inson bilimi orqali juda yuqori cho`qqilarni zabt etishi mumkin.Tarixdan bilamizki, ota -bobolarimiz o`zlarining aql-zakovatlari bilan dunyoga nom taratganlar. Necha asrlar o`tgan bo`lishiga qaramay, ularning asarlari zamirida teran ma’no va ulkan g`oyalar yotadi. Bu asarlar yoshlarimizning ta’lim –tarbiya olishlariga yordam beradi. “Tarbiya bizlar uchun yo hayot- yo mamot, yo najot -yo halokat, yo saodat –yo falokat masalasidur “ A.Avloniy. Darhaqiqat, uning so`zlari zamirida kuchli ma’no bor. Ta’limsiz biz hech narsaga qila olmaymiz. Avvalda ham, hozirda ham ta’limga juda katta e’tibor berilgan. 149 Mamlakatimiz jadal tarzda rivojlanayotgan bir paytda, ta’limda rivojlanishlarni ko`rish mumkin. Hozirgi kunda ta’lim sohasidagi o`zgarishlar bizning kelajakda o`sib – ulg`ayib kelayotgan farzandlarimiz uchun poydevordir.Shu o`zgarishlardan biri – yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardir. Bu zamonaviy ta’lim sharoitida o`quvchilarni ta’lim jarayonidagi faoliyatini oshirish tufayli,yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanishni talab etadi. Har qanday ta’limning maqsadi-ta’lim oluvchilarda bilim ko`nikmalarini va malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Bu asosan chet tillarni mukammal egallash uchun qo`l kelmoqda. Chet tillarni o`rganish ham davr talabi bo`lib qoldi. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan PQ 1875 “ Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida” gi qaror o`z samarasini bermoqda. Ta’lim muassasalari hozirgi kun talablariga javob beradigan tarzda jihozlanib, o`qituvchilar dars davomida faol metodlardan va innovatsion texnalogiyalardan foydalanib kelmoqdalar. Amaliy metodlar eng samarali metod hisoblanib, talabalar ongida ma’lumotning 75% ni saqlab qoladi.O`quv jarayonida o`qituvchi tomonidan o`quvchilarga ma’lumotlarni turli xil metodlar orqali etkazilyapti. Shak subhasiz, o`quvchi o`zi bajargandagi 90%ni esda saqlab qoladi. Videometod –axborotni ko`proq ko`rgazmali o`zlashtirishga asoslangan bo`lib, unda proektor, o`quv televideniesi, videomagnitafon, axborot aks ettiruvchi kompyuterlardan foydalaniladi.Chet tillarni o`rganishda videometoddan foydalanish,chet tili darslarida o`ziga xos bo`lgan til muhitini yaratish, video roliklarni taqdim etish va o`quvchida chet tillarga bo`lgan qiziqishni yanada oshirish. Tinglab tushunish mashqlari bajarilib,bu o`quvchiga so`zni to`g`ri talaffuz qilishni va eshitish qobiliyatini rivojlantiradi ham. Og`zaki mashqlar ta’lim oluvchilarning nutq madaniyatini va mantiqiy tafakkurini taraqqiy ettirish, avtomatik tarzda ingliz tilida fikr yuritishni o`rgatadi.Yozma mashqlarning asosiy vazifasi so`zni to`g`ri va grammatik xatosiz yozishdir. Yana bir yangilik o`quvchilarning ingliz tili fanidan shaxsiy “Portfolio “ ochib uni yurgizishlaridir. “Portfolio”- inglizcha so`z bo`lib, portfel yoki portfellar to`plami degan ma’noni anglatadi.Portfolioda o`quv jarayonida o`rgangan yangi so`zlar, olgan yangi bilimlarini namoyish etishdir. Ta’lim oluvchilar tomonidan kurs semestrlari davrida yuritiladi.Unda ta’lim oluvchilarning baholash turlari- joriy, oraliq va mustaqil ishlari bo`yicha bajargan topshiriqlari va ularga o`z vaqtida qo`yilgan o`zlashtirish ballari jamlanib boriladi.Portfolio yurgizish talabalarning semester (kurs) va o`quv muddati davomida o`zlashtirishlarini va mustaqil ish topshiriqlarini muntazam ravishda bajarib borganligi to`g`risidagi doimiy hujjat bo`lib hisoblanadi.Portfolio pedagogik jarayonda o`qituvchiga ta’lim oluvchilar erishayotgan o`quv yutuqlari monitoringini yurgizish imkoniyatini yaratadi, hamda o`zlashtirish ballarining haqqoniyligi va ishonchliligini ta’minlaydi. Talim oluvchiga esa, o`z bilim saviyasi ortayotganligini hamda shaxsining rivojlanayotganligini o`zi kuzatib borish imkoniyatini yaratadi. Bunda o`quvchi mustaqil o`rganish, izlanish, mustaqil mashg`ulotlarni bajarishi tilni chuqurroq egallashda o`z samarasini ko`rsatmoqda.Hozirgi paytda yuqori malakali, o`z kasbining yetuk bilimdoni va madaniyatli, mustaqil fikrlaydigan mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu tufayli o`quv jarayonida zamonaviy ped texnalogiyalar va metodlardan foydalanib, ta’lim oluvchining bilim, ko`nikma va malakalari bilan bir qatorda bilimlarni mustaqil egallash va muammolarini mustaqil ravishda hal etishda ijodiy yondashish qobiliyatlarini ham shakllantirish lozim. Ta’lim oluvchi qancha ko`p mustaqil izlansa, o`z ustida ishlasa- shuncha yaxshi. Har bir qilingan ishingiz albatta kelgusida o`zining samarasini beradi. “ Sabrning tagi -sariq oltin “ deb bejiz aytishmagan, shu sababli chet tillarni o`rganish o`rganuvchilardan sabr –bardosh va matonat talab qiladi. Nafaqat til o`rganishda, balki har bir qilyotgan ishimiz chidam, mustahkamlilikni talab etadi.Davlatamimizni kelajakda bundan ham rivojlantiradigan, dong`ini ko`klarga ko`taradigan mutaxassislarni yetishtirib berishda o`z hissamizni qo`shmog`imiz darkor. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling