Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA IQTISODIY TA’LIMNING AHAMIYATI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet121/159
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817026
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA IQTISODIY TA’LIMNING AHAMIYATI 
Xasanov SH. – NavDPI, Hasanova Sh.B. – Navoiy VXTXQTMOI 
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uzluksiz ta’lim tizimining asosiy 
bo`g`inlaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda umumiy o`rta ta’lim maktablarini 
malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga alohida 


150 
e’tibor berilmoqda. O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni 
rivojlantirishdagi muhim afzalliklari bilan ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov mustaqillikning dastlabkli yillaridayoq: 
Tadbirkorlik – iqtisodiy tanglikdan olib chiqishning, iqtisodiy taraqqiyotga olib borishning asosiy 
iqtisodiy vositasi, taraqqiyot lokomotivi”, deb ta’kidlagan edilar. 
Hududiy xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari 
o`quv rejasiga ijtimoiy fanlar tarkibida 6 soatlik “Iqtisodiyot masalalari” darslari kiritilgan. Ushbu 
darslarni o`tishda “O`zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida davlat iqtisodiy 
siyosatining asosiy yo`nalishlari”, “Davlat byudjet-soliq siyosatining iqtisodiy mohiyati, maqsad va 
vazifalari”, “Biznes tushunchasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ijtimoiy-
iqtisodiy ahamiyati” kabi mavzularida yurtboshimiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom 
Karimovning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga 
mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar 
Mahkamasining majlisidagi “2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o`zgarishlarni amalga 
oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy 
mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo`l ochib berish – ustuvor vazifamizdir” mavzusidagi 
ma’ruzasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
“O`zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida davlat iqtisodiy siyosatining asosiy 
yo`nalishlari” mavzusida ma’ruzadagi quyidagi jumlalardan foydalanish mumkin: Banklar 
tomonidan faqat ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash dasturlarini 
moliyalashtirishga yo`naltirilgan kreditlar hajmi 2013-yilga nisbatan 1,2 barobar, aylanma 
mablag`larni to`ldirish uchun ajratilgan kreditlar esa 1,3-martadan ziyod oshdi.So`nggi yillar 
davomida «Mudis», «Standart end Purs» va «Fitch reytings» kabi yetakchi reyting agentliklari 
O`zbekiston bank tizimi faoliyatini «barqaror» deb baholamoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 
agar 2011-yilda mamlakatimizning 13 ta tijorat banki yuqori reyting baholariga sazovor bo`lgan 
bo`lsa, bugungi kunda respublikamizning barcha 26 ta banki ana shunday bahoga loyiq ko`rildi. 
“Davlat byudjet-soliq siyosatining iqtisodiy mohiyati, maqsad va vazifalari”
mavzusidagi ma’ruza darsida esa: O`tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig`i 
stavkasi esa 9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo`lsa-da, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga 
nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab 
chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, 
chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 
foizini yuqori qo`shimcha qiymatga ega bo`lgan tayyor tovarlar tashkil etdi. 
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2014-yilda 9,4 foiz, shu jumladan, oziq-ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 10 foizga o`sdi. 
Inflatsiya darajasi yil yakunlari bo`yicha 6,1 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko`rsatkichlariga 
nisbatan sezilarli darajada pastdir. 
Bank tizimidagi islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o`sish sur’atlarini ta’minlashda eng 
muhim omil bo`ldi. Buning natijasida tijorat banklarining jami kapitali 25 foizga oshdi. Bank 
tizimining mustahkamlanishi 2014-yilda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini 12 foizdan 
10 foizga, tijorat banklarining kreditlar bo`yicha foiz stavkasini ham shunga mos ravishda 
kamaytirish uchun zarur imkoniyatlar tug`dirdi, kabi jumlalarni kiritish mumkin. 
“Biznes tushunchasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ijtimoiy-
iqtisodiy ahamiyati” mavzusi amaliy mashg`ulot sifatida olib boriladi. Ushbu mashg`ulotda 
ma’ruzadagi quyidagi jumlalardan foydalanamiz. 
Xususiy tadbirkorlarning xomashyo resurslaridan foydalanish imkoniyati, birinchi navbatda, 
bunday mahsulotlarni birja va yarmarka savdolarida sotish hajmini ko`paytirish hisobidan sezilarli 
ravishda kengaytirildi. Masalan, 2014-yilda ular tomonidan Respublika tovar-xomashyo birjasida 
qariyb 3trillion so`mlik yoki 2013-yilga nisbatan 1,6 barobar ko`p xomashyo va materiallar sotib 
olindi. Shu bilan birga, xususiy tadbirkorlar birja savdolari orqali o`zlari ishlab chiqargan 1 trillion 
500 milliard so`mlik mahsulotni sotdi, bu ko`rsatkich 2013-yilga qaraganda 1,7 barobar ko`pdir. 


151 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag`batlantirish bo`yicha ko`rilgan 
chora-tadbirlar natijasida o`tgan yili, fermer va dehqon xo`jaliklarini hisobga olmaganda, 20 
mingdan ziyod yangi kichik biznes subyektlari tashkil etildi, ularning umumiy soni esa 195 mingdan 
ziyodni tashkil etdi. Bu 2000-yilga nisbatan 2 barobar ko`pdir. 
Yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ulushi 
2000-yildan buyon 31 foizdan 56 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 12,9 foizdan 31,1 
foizga o`sdi. 
2014-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida 480 mingdan ortiq yangi ish o`rni 
tashkil etildi. Bu yaratilgan jami ish o`rinlarining yarmi demakdir. Bugungi kunda iqtisodiyotning 
ushbu sohasida ish bilan band bo`lgan aholining 76,5 foizdan ziyodi mehnat qilmoqda. 2000-yilda 
bu ko`rsatkich 49,7 foizga teng edi. Iqtisodiyot sohasida izchil amalga oshirayotgan ana shunday 
chora-tadbirlarimiz o`zining yuksak samarasini bermoqda. 
2015-yilda xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bu sohaga 
to`liq erkinlik berish, bu yo`lda g`ov bo`lib turgan barcha to`siq va cheklovlarni bartaraf etish eng 
muhim ustuvor vazifadir. Barqaror iqtisodiy o`sish va mamlakatimizning kelajak istiqboli, aholining 
hayot darajasi va sifati ko`p jihatdan ayni mana shu eng ustuvor vazifaning qanday hal etilishiga 
bog`liq. 
Iqtisodiyotni demokratlashtirish va erkinlashtirish sohasiga, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini yaratishga alohida e’tibor qaratildi. 
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to`g`risida”, “Raqobat to`g`risida”, 
yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida”gi va boshqa qonun 
hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun zarur ruxsat berish tartib-taomillarining 
ro`yxati va turlari izchil qisqartirildi. 
Keyingi yillarda ruxsat berishga oid tartib-taomillarning 160 dan ortig`i yoki 44 foizi, 
litsenziyalash talab qilinadigan faoliyatning 19 turi yoki 25 foizi bekor qilinganini aytishning o`zi 
kifoya, deb o`ylayman. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan 
statistika, soliq va moliyaviy hisobotlarning shakli va davriyligi 1,5-2-marta kamaytirildi. 
Tadbirkorlikning milliy an’ana va urf-odatlarimizga to`la mos keladigan yangi shakli – oilaviy 
biznesni rivojlantirish uchun keng shart-sharoitlar yaratildi. 
Ma’ruzalardagi ushbu ma’lumotlarni tinglovchilarga yetkazish bilan birga mamlakatimizning 
iqtisodiy rivojlanishida ulkan bunyodkorlik ishlari bajarilayotgan va bu ishda kasb-koridan qat’iy 
nazar barcha fuqarolar ishtirok etishi lozimligi haqida gapirilsa, tinglovchilarni yurtga bo`lgan 
vatanparvarlik tuyg`usini, tadbirkorlikka bo`lgan qiziqishini yanada oshiradi.
Jumladan, Navoiy viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish 
institutiga malaka oshirishga kelgan kurs tinglovchilar uchun viloyatida tashkil etilgan Erkin 
industrial iqtisodiy zonaga ekskursiyalar tashkil etilib, erkin zonada olib borilayotgan bunyodkorlik 
ishlarini bilan tanishmoqdalar, bu esa kelgusi avlod tarbiyasida o`z ijobiy natijasini beradi, deb 
hisoblaymiz. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling