Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта
Savol: Shoikromning o`g`rilar uchun qo`ygan tuzog`i tufayli Umri xola qurbon bo`ldi. Bu yerda sizningcha kim qotil, kim o`g`ri? Savol
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- SOG`LOM AVLOD TARBIYASIDA О‘QITUVCHI NUTQINING О‘RNI
Savol: Shoikromning o`g`rilar uchun qo`ygan tuzog`i tufayli Umri xola qurbon bo`ldi. Bu
yerda sizningcha kim qotil, kim o`g`ri? Savol: Umri xola nega urushning so`nggi qurboniga aylandi? “Nuqtayi nazaring bo`lsin” usuli orqali o`qituvchi o`quvchilarning urush va uning oqibatlari, bugungi tinch hayotimiz qadri, tinchlikni ko`z qorachig`imizdek asrab-avaylash uchun nima qilishimiz lozimligi haqidagi mushohadasiga, har kimning mustaqil va tanqidiy fikr bildirishiga diqqatini qaratadi. Fikrlarni umumlashtiradi, berilgan savollarning javobi o`quvchilar bildirgan fikrlarda aks etganini ta’kidlab, ularni baholaydi. Muhimi, dars jarayonida har bir o`quvchi asar mazmun-mohiyatini anglagan holda o`z fikrlarini himoya qiladi, asoslaydi. SOG`LOM AVLOD TARBIYASIDA О‘QITUVCHI NUTQINING О‘RNI Shahmurodova D. – Qashqadaryo VPKQTMOI Hamidova H., Ismoilov Sh. – Qardu talabasi Bugungi kunda xoh an’anaviy metodlardan biri qо‘llaniladimi, xoh noan’anaviy usullar tatbiq etiladimi, о‘quvchini ta’lim subyektiga aylantirish masalasini diqqat markazidan qochirmaslik zarur. Zero, о‘qituvchi bilan о‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi ma’lum ma’noda teng mavqei, hamkorligi ikki о‘rtadagi samimiy munosabat, о‘zaro hurmat, ishonchli muloqot natijasi, о‘qituvchining boshqaruv mahorati bilan belgilanadi. Bu mahorat tushuntirish qobiliyati, о‘quvchilarni kamolot sari yо‘naltira bilish layoqati, maslahat berish va nazorat qilishning baqamti joriy etilishi va sog`lom avlod tarbiyasida yaqqol namoyon bо‘ladi. О‘qituvchi samaradorlikka erishish uchun ta’lim metodlarining mohiyati, ularning tasnifi va foydalanishga doir talablarni bilibgina qolmay, ularni joriy etishning nutqiy xususiyatlarini ham egallab olishi lozim. Bunda gap о‘qituvchining sо‘ziga borib taqaladi. О‘qituvchining sо‘zi metod sifatida ham, darsni olib borish usuli sifatida ham turli xil о‘quv va tarbiyaviy vazifalarni bajarish: о‘rganilayotgan hodisalarning mohiyatini ochib berish; bilimlarni amalda qо‘llashga о‘rgatish; qiziqarli va muhim faktlar haqida hikoya qilish va boshqa shu kabilar uchun qо‘llanadi. О‘qituvchi о‘z sо‘zi bilan о‘quvchilarga bilim beribgina qolmay, о‘quvchilarga sо‘zlash namunasini kо‘rsatish yо‘li bilan muloqotga о‘rgatadi. Shuning uchun о‘qituvchining sо‘zi о‘quvchilar javob berishi lozim bо‘lgan og`zaki bayon yaratish talablariga javob berishi, biror axborotni yetkazish namunasini berishi, biror qoidani qanday dalillash kerakligini kо‘rsatishi, qanday qilib xulosa chiqarish va umumlashmalarga kelishga о‘rgatishi darkor. О‘qituvchi bilimlarni ma’lum qilishga emas, balki bilimdan qanday foydalanish, uni nima uchun bilish kerakligini eslatib borishi lozim: hayotda xato qilmaslik uchun nimnidir eslab qolish kerak va hokazo. 156 О‘qituvchining sо‘zi о‘quvchilarning aqliy sohasiga ta’sir kо‘rsatibgina qolmay, hissiy jihatlariga ham asoslanishi lozim. Yorqin ifodalar yorqin kо‘rsatmalilik bilan qо‘shib olib borilsa, tuyg`ular uyg`otishi mumkin. Darslarda о‘kituvchining sо‘zi nazariy ma’lumotlarni о‘rgatishgagina qaratib qolinmay, nutq madaniyati tushunchasini anglash uchun ham yordam berishi lozim. О‘qituvchining nutqi madaniyatli nutq namunasi bо‘la olishi zarur. О‘qituvchining sо‘zi darsning turli bosqichlarida joriy etiladi: leksiya, о‘qituvchining о‘zi haqidagi hikoyasi, tushuntirish monologi, izohlar; instruktaj, yakuniy va baho beruvchi fikr bayon qilish va hokazo. О‘qituvchining sо‘zi devor orqasidagi tinglovchilarga emas, balki bilim olishda hamkorlik qilayotgan о‘quvchilarga qarata, ular bilan g`oyibona muloqot mazmunida bо‘lishi kerak. О‘quvchilarning eshitilganlarni qanday tushunayotganlarini anglab, shunga qarab ish tutish ana shu g`oyibona muloqot shakli hisoblanadi. О‘qituvchining bayoni metodi о‘qituvchi va о‘quvchilarning muloqot shakligina bо‘lib qolmay, о‘qituvchidan maxsus bilim va malakalarni ham talab etadi. Axir nutqi nо‘noq о‘qituvchilar ham yо‘q emas. Ayrim о‘qituvchilar yangi mavzuni tayinli tushuntirib bera olmaydilar, darsga tayyor emasliklari ham shundaygina sezilib turadi. О‘qituvchi ta’sirli sо‘zlay olishi kerak. О‘qituvchining sо‘zi tarbiyaviy vazifani ham bajaradi. Demak, ta’lim boshqaruv organlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri о‘qituvchilarni muloqot madaniyatiga tayyorlash bо‘yicha uzviy va izchil tizimda ish olib bormoqdir. Pedagogik о‘qishlarda, о‘qituvchilarning an’anaviy Avgust kengashlari va shо‘ba yig`ilishlarida mazkur masalaga alohida e’tibor qaratmoq lozim bо‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling