Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта
YОSH AVLODNING MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASIDA MUTAFAKKIRLARNING
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism
YОSH AVLODNING MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASIDA MUTAFAKKIRLARNING
FIKRLARIDAN FOYDALANISH Toshpo`lotova N. – FVXTXQT va MOI Pedagogika fani o`qituvchisi Yosh avlodni axloqiy, aqliy jismoniy, ma’naviy jihatdan barkamol shaxs etib tarbiyalab voyaga yetkazish asrlar davomida insoniyatning ilg`or namoyandalari o`rtasida jiddiy munozaralarni keltirib chiqargan hamda muhim masalalardan biri bo`lgan.Bu haqida ko`plab g`oyalar yaratilib,ilgari surildi. Oliyjanob fazilatli yetuk shaxsni goho oy, goho quyoshga o`xshatiladi. Barkamol insonni tarbiyalash hozirgi zamonda ham o`z dolzarbligini yo`qotmagan. Shu kezda Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi so`zlari beixtiyor yodga keladi: “Barkamol avlod kelajagimiz poydevori”.Har bir shaxsnng voqelikning idrok etishi uni qabul qilishi ma’lum bilimlar tizimiga ega bo`lishi, ijtimoiy taraqqiyot bilan belgilanadi.Shaxsning o`rnini aniqlashda ta’lim-tarbiya masalalarini to`g`ri hal etish ahamiyatga bog`liq.Shaxsning xususiyati fazilatlarining har xilligidadir. Barkamol avlodni tarbiyalashda umuminsoniy qadriyatlarni har tomonlama yetuk, mukammal, axloqiy pok ma,naviy ustuvor jihatlarni ular ongiga singdirish, iymon e’tiqodi butun o`z xalqi, o`z Vataniga fidoiy shaxs etib tarbiyalashga e’tibor berish zarur. Ilgari odimlab borayotgan vatanimizda yoshlar sidqidildan bilimli, salohiyatli bo`lib taraqqiyotning rivojlanishiga ulkan hissa qo`shmoqdalar. Shaxsni barkamolikka yetaklovchi kuch bu ma,rifatdir.Inson uchun zarur bo`lgan ijobiy fazilatlar saxiylik, sabrlilik, kamtarlik, hamjihatlik insonning oliy ko`rki hamda ruhiy tayanchidir. Ajdodlarimiz tamal toshini qo`ygan pillapoyalardan yoshlar yuqori cho`qqilarga ko`tarilmoqdalar. Ularga asosan ajdodlarimizning ya’ni ulug` mutafakkirlarimizning ta’lim- tarbiyaga oid qarashlarining yoshlar ongiga ta’siri muhim bo`lmoqda.Mutafakkirlarimiz Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy ta’riflashganidek barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim maqsadlari : ya’ni aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, nafosat tarbiyasi, jismoniy tarbiya hamda sog`lomlashtirish tarbiyasi, mehnat tarbiyasi baynalminal tarbiyasi, vatanparvarlik tarbiyasi, va oila tarbiyasi turlariga amal qilmoqdalar.Ayni damda yosh avlodning oldida turgan asosiy dolzarb masalalardandir. Yurtsevar, oliyjanob, do`stona, adolatlilik, halol bo`lishdek fazilatlarga ega bo`lish kelajak avlodning maqsadidir.Har tomonlama rivojlangan yetuk shaxsni jamiyatdagi o`rni va faoliyati muhim. Allomalar e’tirof etgan jismoniy tarbiya borasidagi tavsiyalarda sog`lom turmush tarsi kun tartibini to`g`ri uyushtirish, sport bilan shug`ullanish,tana a’zolarini chiniqtirish nazarda tutiladi. Axloqiy tarbiya orqali odob axloq borasidagi baxs munozaralar tashkillanib o`tkazilmoqda.Axloqiy tarbiya ibrat manbaiga aylanmoqda. Axloqiy barkamol inson ma’naviy halovatdan mamnun bo`lsa ya’ni qanoat qilsa ularning irodasi kuchlidir. Insonda adolatlilik afzallik, burch kabi yuksak xislatlarni shakllantirish uchun ko`plab chora tadbirlar olib borilmoqda. Nafosat tarbiyasi orqali yoshlarning san’atga oid iqtidor qobiliyatlari o`smoqda. Hayot tabiat go`zalliklarini o`zida namoyon etgan,ularni tushunish ulardan oqilona foydalanishga e’tibor berilmoqda. Aynan nafosat tarbiyasi orqali xalqimizning madaniyat qirralarini o`z bilimlari bilan dunyoga tanitmoqdalar. Shu asnoda turli san’at sohasidagi tanlovlarda ishtirok etmoqdalar. Aqliy tarbiya berish bilan yosh avlodni bilim olishga qiziqtirib, fan texnika,madaniyat sohasidagi bilimlarini kengaytirilmoqda. Axloq odob borasidagi tadbirlarda aynan mutafakkirlarning merosiga murojaat etgan holda ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar muzokaralarning o`tkazilishi ham nechog`lik ularga bo`lgan hurmat ehtiromning yaqqol namunasidir. Aqliy tarbiya borasida yoshlarning ilmiy izlanishlar tadqiqotchilik faoliyati bilan shug`ullanishga, ilm-fan yutuqlaridan foydalanishga e’tibor berilmoqda. Bugungi kunda yoshlarimiz ham o`zlari buyuk kashfiyotlar, ixtirolar ustida tinmay izlanishlar olib borishmoqda. Prezidentimiz I.A. Karimov o`zining bir qator asarlarida ozod yurtning hur fikrli vorislarini tarbiyalashning o`ziga hos dasturul amaliy tavsiyalarini yaratdi. Buning uchun yurtimiz rahbarining “Ma’naviy va ma’rifat,madaniyat axloq haqidagi asarlarni ko`plab chop etish ayniqsa 144 madaniy meros bilan birga yangilanayotgan bugungi turmush tarzini hamda yangicha tus olayotgan jamiyatimizning mazmun- mohiyatini teranroq yoritish, kengroq o`rganish muhimdir.”- degan fikrlarini yodga olish kifoyadir. Ma’naviy sohada o`z ifodasini topgan aniq ravshan yutuqlarni muvaffaqiyatli deb hisoblamoq joiz. Xalqning ma’naviyati, madaniyati uning xaqiqiy tarixi va o`ziga xosligi qayta tiklanayotganligi ; Jamiyatimizning taraqqiy ettirish yo`lidan muvaffaqiyatli ravishda olg`a siljitishda hal qiluvchi, ta’bir joiz bo`lsa belgilovchi ahamiyatga egadir. Xalqimiz sarchashmalarining ko`zlari qaytadan ochilganligi jahon madaniyati yutuqlariga zo`r hissa qo`shgan buyuk ajdodlarimizning ma’naviy va madaniy merosi chuqur anglanmoqda. Har bir avlodning o`z o`tmishiga oliyjanob milliy, madaniy,diniy an’analariga hurmat bilan qarash, ularni asrash ayni chog`da hozirgi zamon jahon taraqqiyoti va ma’naviyati qadriyatlarni o`zlashtirish muhim manbalardandir. Xalqimiz o`zining milliy o`zligini anglab yetdi. Yosh avlod buyuk ajdodlarimizga munosib bo`lish borasida intilishlarini ta’kidlash darkor.Biror bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini insonlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay turib o`z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Xalqning madaniy qadriyatlari ma’naviy merosi asrlar mobaynida nafaqat Sharq xalqlari uchun balki G`arb xalqlari uchun qudratli manba bo`lib xizmat qildi.Ajdodlarimiz tomonidan ko`p asrlar davomida yaratib kelingan g`oyat ulkan bebaho merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan muhim vazifa bo`lib qoldi.Ma’naviy qadriyatlarni tiklash, milliy o`zlikni anglash xalqning ma’naviy sarchashmalariga uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy tabiiy jarayondir. Xalqimiz o`z taqdirini chinakam egasi,o`z tarixining ijodkori hamda o`ziga hos milliy madaniyatning sohibiga aylandi. Ma’naviy qadriyatlarni tiklanishi hozirgi zamon taraqqiyotining moslashishini anglatadi. Axloq va ma’naviyat har bir insonning fikri,zikrida bo`lishi kerak.Yuksak darajadagi axloqli fuqaroni voyaga yetkazish har bir fuqaroning burchidir.Ma’naviy tiklanish - insonlarning fikrlash tarzini o`zgarishi mustaqillik ruhi belgilab beradigan yangi avlodga mansub ziyolilarning paydo bo`lishi demakdir. Xalqning kelajagi,ma’naviy qudrati milliy ongning ijobiy kuchiga bog`liq..Ma’naviy, aqliy, axloqiy o`sish hamda rivojlanishga hech qanday narsa to`siq bo`lishi mumkin emas.O`zbek xalqi avloddan avlodga o`tib kelgan o`z tarixiy va madaniy qadriyatlarni,o`ziga hos an’analarni saqlab qolishga muvaffaq bo`ldi.Tarix millatning xaqiqiy tarbiyachisiga aylandi. Buyuk ajdodlarimizning bizga qoldirgan boy madaniy, ma’naviy merosi, jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, fuqarolar ongini yanada shakllantirib yubordi. Barkamol avlodni ulg`aytirish uchun allomalarning o`gitlari dasturulamal bo`lib xizmat qilmoqda.Hozirda O`zbekiston deb atalmish diyorimizda bilimli,salohiyatli yoshlarning nufuzi oshib bormoqda. Har bir yoshlarning g`oya va maqsadlari yetuk cho`qqilarni zabt etishdan iborat. Ilgari odimlab borayotgan O`zbekistonda yoshlar bilimli bo`lib kamol topmoqdalar. Davlatimizning rivojlanib dunyo mamlakatlari safidan o`rin egallashga sidqidildan ko`maklashmoqdalar. Albatta ishonch,e’tiqod bor joyda tashabbuskorlik hamda bunyodkorlik faoliyati bo`ladi. Inson avvalo ma’naviy yetuklikka erishmog`i darkor. Ma’naviyat-insonning ichki aqliy, axloqiy,ruhiy, ilmiy mafkuraviy ma’rifatli tomonlarini qamrab oluvchi tushunchadir. Ma’naviyat insonning insonga hos bo`lgan oliyjanob fazilatlarini hislat hamda munosabatlarini o`zida mujassamlashtiradi. Inson jamiyat taraqqiyotining asosi bo`lgan ma’naviyat insonni jamiyatda tutgan o`rni, qadri ilmiy ma’rifiy salohiyatini belgilaydi. Xalqning ma’naviy madaniyati uning tarixi va o`ziga hosligi,qayta tiklanayotganligi jamiyatning yangilanish va taraqqiyot yo`lidan muvaffaqiyatli olg`a siljitishda hal qiluvchi,belgilovchi ahamiyatga ega.Ma’naviy, madaniy qadriyatlarning birdan-bir manbai albatta an’anaviy oila va qarindoshlilik munosabatlari odobidan iborat. Yoshlarni milliy g`oyani tushunib yetishida avvalo ularning dunyoqarashiga e’tibor berish zarur.Ularni umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash muhim masalalardandir. Shaxsning ongida milliy g`oyani shakllanishida ijtimoiy tarbiyaning ahamiyati beqiyos.Yosh avlod o`tmish tajribalarini o`zlashtirib yanada boyitish uchun ma’naviy boylikka ega bo`lishi darkor.Har qanday millatning tafakkur, turmush tarzi, ma’naviy qarashlarida 145 ularning rivojlanishida tarixiy,tabiiy ijtimoiy omillar sabab bo`ladi. Har qanday jarayonda ham o`ligimizni yo`qotmasdan ma’naviy hayot mezonlari odob -axloq qoidalariga amal qilib, komillik sari intilib yashashga ajdodlarimiz bizga ibratdir. Inson uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo`lib kelgan ma’naviyatning ma’no mazmuni,uning inson va jamiyat hayotidagi o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Har tomonlama zamon talablari asosida taraqqiyotning rivojlanishi bo`yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Ma’naviy yuksalishga erishish yillar davomida davom etaverar ekan,ma’naviy hayot oldiga qo`yiladigan talablar paydo bo`laveradi. O`zbekiston deb atalmish davlatimiz taraqqiyot zinalaridan yangi cho`qqilar sari odimlab boraveradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling