Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOT DARSLARIDA INTERNET SAYTLARIDAN FOYDALANISH
тренажер по русскому языку "
В тренировочном режиме предъявляются упражнения, в ходе выполнения которых у школьников формируются навыки обнаружения, поиска решения и разрешения орфографической или пунктуационной задачи. Контролирующая часть компьютерных 175 программ, включающая материалы для диагностики уровня компетенций учащихся, имеет ряд преимуществ: экономится время на выявление ошибок учеников за счёт анализа результатов выполнения упражнений с помощью компьютера. Исходя из изложенного выше, можно сказать, что сегодня преподаватель имеет возможность качественно изменить процесс обучения и воспитания: информационные и коммуникационные технологии облегчают творческую работу учителя, помогают совершенствовать, накапливать и развивать свои педагогические находки, а также формировать у обучающихся образовательные компетенции, повышать уровень умений работать с информацией, реализовать творческие возможности, увеличивать долю самостоятельной работы учащихся, повышать темп урока. ADABIYOT DARSLARIDA INTERNET SAYTLARIDAN FOYDALANISH Vohidova Sh. – BVPXQT va MOI kata o`qituvchisi Qo`ldosheva S. – Axborot texnologiyalar akademik litsey o`qituvchisi Barchamizga ayonki, XXI asr intellektual salohiyat, tafakkur va ma’naviyat asri sifatida insoniyat oldida yangi-yangi ufqlar ochish bilan birga, biz ilgari ko’rmagan, duch kelmagan keskin muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Bugungi murakkab va tahlikali zamonda adabiyot o’qituvchisi o’quvchilarining ertangi kunini o’ylab adabiyot darsi jarayonida ularni ezgulikka, insof- diyonat, mehr-oqibat va bag`rikenglikka da’vat etib ta’lim-tarbiya ishlarini olib bormog`i darkor. Bunday ma’naviy huquqqa ega bo’lish uchun biz o’qituvchilar, avvalo, katta bilim va hayotiy tajribaga, keng dunyoqarash, yuksak ijodiy mahoratga, zamonaviy innovastion bilimlarga ega bo’lishimiz kerakligini, eng muhimi, bu o’ta og`ir, kuchli irodani talab etadigan jabhada haqiqiy fidoiylik ko’rsatish lozimligini yaxshi tushunamiz. O`quvchilarga adabiyot darslarini olib borayotganda axborot-kommunikastiya texnologiyalaridan samarali foydalanishga harakat qilaman. Dars jarayonida yaqinda faoliyat boshlagan www.e-adabiyot.uz saytidagi adabiyotga oid foydali va mazmunli manbalarni o`quvchilarga tavsiya qilaman. Zero, Prezidentimiz I.Karimovning “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” risolasida “...yoshlar kitob o’qimay qo’ydi, deb faqat nolib o’tirmasdan, ana shu ta’sirchan zamonaviy axborot vositalari orqali adabiyotimizni keng targ`ib etish, xususan, internet imkoniyatlaridan foydalanib, etuk badiiy asarlarni yoshlarga etkazish ustida ham jiddiy bosh qotirish zarur, deb o’ylayman... ...Ayni vaqtda ana shunday zamonaviy vositalar yordamida mumtoz adabiyotimizni, jumladan, Alisher Navoiy asarlarini xalqimizga yaqinlashtirish, bu noyob merosni haqiqatan ham ma’naviyatimizning hayotbaxsh manbaiga aylantirish barchamiz, avvalo, adabiyot ahlining vazifasi, desak, hech qanday xato bo’lmaydi”, — deya qayd etilgan. www.e-adabiyot.uz saytida barcha yozuvchi va shoirlarni hayoti va ijodi haqida dars jarayonida va darsdan tashqarida, guruhdan tashqari tarbiyaviy-ma’rifiy ishlarda foydalanish uchun etarli ma’lumotlar berilgan. www.e-adabiyot.uz saytida adabiyotga oid atamalar, tushunchalarning izohli lug`ati, jahon adabiyoti namoyandalarining hayoti va ijodi, ular yaratgan durdona asarlar, dars jarayonida o’qituvchi ko’rgazmali vosita sifatida foydalanishi mumkin bo’lgan videolavhalar, elektron kutubxona ham mavjud. Shuningdek bir qator adiblar, jumladan, Abdulla Oripovning www.aoripov.uz, Tohir Malikning www.tohirmalik.uz Anvar Obidjonning http://anvarobidjon.narod.ru, Ulug`bek Hamdamning www.ulugbekhamdam.uz saytlari, shuningdek Nusrat Rahmatning www.nusratrahmat.ru blogi doimiy ravishda yangiliklar, adabiy-tanqidiy maqolalar, yangi ijod namunalari bilan boyitilib boriladi. Darhaqiqat, bugungi globallashuv jarayonida mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda o’quvchini tezkor va izchil ravishda san’at darajasidagi badiy asarlar bilan tanishtirib borish maqsadga muvofiq deb o`ylayman. Har bir o`qituvchi internetdan mavzuga oid ma’lumotni olib, kompyuterning MS POWER POINT dasturiga asoslangan taqdimot texnologiyasidan foydalanib dars taqdimotini yaratish 176 mumkin. Faqat mavzu to’laqonli yoritilgan, o’quvchi uchun tushunarli bo’lishi kerak, o’rinsiz qo’llangan so’z va iboralar,g’aliz jumlalar bolalarda notog’ri taassurotlar uyg’otishi mumkin. Shuning uchun internetdan olingan har bir ma’lumotni sinchiklab o`qish va o`quvchilarga berilayotgan ma’lumotni o`rinli ekanligiga ishoch hosil qilish kerak. Chunki, bugun yurtimizda adabiyotga e’tibor har qachongidan ko’ra ortmoqda, o’zbek adabiyoti namunalarini keng jamoatchilikka etkazishga alohida ahamiyat berilmoqda. Buning samarasi o’laroq, endilikda sevimli ijodkorlarimiz hayoti va ijodi, qolaversa, ularning eng sara asarlari nafaqat yangi nashrdagi kitoblar orqali, balki butun dunyo «o’rgimchak to’ri» — internet vositasida ham bemalol tanishish va adabiyot darslarida qo`llash imkoniyatiga ega bo’lmoqdamiz. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling