Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта
SO’Z BIRIKMASI MAVZUSINI O`TISHDA IPT VA AKTDAN FOYDALANISH
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism
SO’Z BIRIKMASI MAVZUSINI O`TISHDA IPT VA AKTDAN FOYDALANISH
Hosilova N. – Buxoro shahar 14-maktabning ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko’tarish, unga ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o’quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir o`qituvchi o’z kasbiy tayyorgarligini, maxoratini kuchaytirish imkoniyatiga ega. Shu boius men ham darslarimda axborot komunikatsion texnologiyalarni joriy etaman va har doim yaxshi natijalarga erishaman. Bunga misol tariqasida 8-sinflarda so’z birikmasi haqida ma’lumot mavzusini olishimiz mumkin. Bizga ma’lumki, so’zlarning tildagi muayyan qonun - qoidalari asosida o’zaro birikuvidan so’z birikmalari va gaplar hosil bo’ladi. So’z birikmalari va gaplar o’z qurilishi va ifoda mazmuniga ko’ra farqlanadi. So’z birikmalari va gaplar qurilishi va ifoda xususiyatlarni o’rganuvchi til bo’limi sintaksis deyiladi. Sintaksis so’zlarni bir biri bilan bog’lanishi hamda gap tuzulishi qonun qoidalarini o’rgangan holda unga: 1. so’z birikmasi sintaksisi 2. gap sintaksisi kabi bo’limlar mavjuddir. Shunga o`xshash ma’lumotlarni berishda o`quvchilar xotirasida tez qolishi uchun Sinkveyn metodidan foydalanaman. Bu uchun birinchi qatordagi bir so’z belgilayman. Ikkinchi qatorda so`z birikmasi qilib beraman. Uchinchi qatorda shu so`z birikmasini uch so’z bilan ta’riflayman. To’rtinchi qatorda mavzuga munosabatin bildiruvchi to’rt so’zli misra hosil qilinadi. Beshinchi qatorda so’z birikmasiga sinonimi tanlanadi. Bu usulni qo`llashda proektirdan foydalanaman. So’z birikmasi hokim so’zining qaysi turkumga oid so’z bilan ifodalanishini tushuntirishda T chizmasi metodi yaxshi natija beradi. O`quvchilar ikki guruhga bo’linadilar; - otli so’z birikmasi guruhi - fe’lli so’z birikmasi guruhi Har bir guruh o`quvchisi o`zi foydalanayotgan kompiyuterida belgilangan vaqt ichida so’z birikmalarini yozib boradilar. Qaysi guruh tez bajarsa o`sha guruh rag`batlantiriladi. So’z birikmasida ham, so’zda ham qismlar bir xildagi so’z turkumlariga oid bo’lishi, har ikkalasi ham bir xil gramatik shaklga ega bo’lishi mumkin. Bu ularning shakliy o’xshashligidir, lekin so’z birikmasidagi qismlar ma’no mustaqilligini saqlagan bo’ladi. Qo’shma so’z tarkibidagi qismlarning ma’nosi esa saqlanmagan bo’ladi. Qo’shma so’zning umumiy ma’nosi orqali anglashiladi. So’z birikmasidagi qismlar orasida gramatik aloqa esa yo’qolgan bo’ladi. So’z birikmasi tashkil qilgan qismlarning har biriga alohida – alohida so’roq berishi mumkin: kitobni o’qimoq, uydan chiqmoq kabi qo’shma so’zlarga esa yaxlit bir savol berishi mumkin: kungaboqar (nima?), kamquvvat (qanday?) so’z birikmasining qismlari o’z mustaqil so’z urg’usini saqlagan bo’ladi. O`quvchilarga qo`shma so`z va so`z birikmasini farqini tushuntirgandan so`ng Insert metodini qo`llayman. 177 O`quvchilarga matn beraman. Matndagi so`z birikmasi, qo`shma so`z, otli birikma va fe’lli birikmalarni quyidagi belgilar orqali belgilaydilar. V, +, –, ? O`quvchilarga M.Yusufning she’riyatiga bag`ishlangan video qo`yib berib, 1-guruh o’quvchilari she’r matnidan bitishuv, 2-guruh – boshqaruv, 3-guruh – moslashuv asosida bog’langan so’z birikmalarini topib, daftarlariga yozib olishlarini topshiriq tarzida beraman. Anor, sening yuzlaring suluv, Xumor, sening ko’zlaring suluv. Yodda qolmas so’zlaring suluv, Mehr qolur, muhabbat qolur. Oqib ketdi suvlarda Tohir, Zuhro yig’lab qoldi qon bag’ir. Kelganda ham qiyomat oxir, Mehr qolur, muhabbat qolur. Yuqoridagi barcha usullarni qo`llashda men har doim AKT vositalaridan foydalanaman va darsimning sifat samaradorligini oshiraman. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling