Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet140/159
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817026
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

Б/Б/Б жадвали 
№ 
Мавзу саволлари 
Биламан 
Билишни 
истайман 
Билиб 
олдим 
1. 
Миллий ғоя ва ёшларнинг ўзаро боғ-лиқлиги.
2. 
Ёшларни 
миллий 
қадриятларга 
тўғри 
йўналтириш билан боғлиқ вазифалар. 
3. 
Миллий ғояда қадриятларнинг ўрни. 
4. 
Инсонга ғоявий таъсир кўрсатиш омил-лари.
5. 
Ёшлар маънавиятига таҳдидлар ва миллий 
ғоя. 
6. 
Ғайриинсоний, ёт ғоялар. 
7. 
Миллий ғурур ва миллий ор-номус. 
8. 
Миллий бирдамлик. 
 
Ўқув жараёни билан боғлиқ таълим сифатини белгиловчи ҳолатлар қуйидагилар: юқори 
илмий-педагогик даражада дарс бериш, муаммоли маърузалар ўқиш, дарсларни савол-жавоб 
тарзида қизиқарли ташкил қилиш, илғор педагогик технологиялардан ва мультимедиа 
қўлланмалардан фойда-ланиш, тингловчиларни ундайдиган, ўйлантирадиган муаммоларни 
улар олдига қўйиш, талабчанлик, тингловчилар билан индивидуал ишлаш, ижодкорликка 
ундаш, эркин мулоқот юритишга, ижодий фикрлашга ўргатиш, илмий изла-нишга жалб қилиш 
ва бошқа тадбирлар таълим устуворлигини таъминлайди. 
ONA TILI DARSLARINI O`TISHDA "QADAM BAQADAM" VA “KONTAKT”- 
JAMOAVIY HIKOYA TUZISH METODLARIDAN FOYDALANISH 
Hojiyeva Z. – Buxoro viloyati Metodika markazi rahbari 
Jamiyatimiz rivojlanib borgan sari ta’limning maqsad va vazifalari ham takomillashib
bormoqda. Xususan, maktab ona tili ta’limi o‘z oldiga o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash, 
og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, ularda til sezgirligini
tarbiyalash kabi maqsadlarni qo‘yadi. Ona tili ta’limini mukammal o‘rgatish ana shunday
belgilab olingan maqsadlarni amalga oshirish jarayonida namoyon bo‘ladi. Uning namoyon
bo‘lishida esa har bir o‘qituvchining o‘ziga xos dars berish uslubi alohida ahamiyat kasb
etadi. Albatta, har qanday uslubiy xilma-xillik bir maqsadga - o‘quvchining darsni yaxshi
o‘zlashtirishiga qaratilgan. Har bir dars jarayoniga ijodiy yondashuv nafaqat o‘quvchining
qiziqishini uyg‘otadi, balki o‘quvchi va o‘qituvchi orasidagi o‘zaro bir-birini tushunishni ham
mustahkamlaydi. Shu bilan birga ularning kashf etilmagan iste’dodlari, qiziqishlarini ochishga
yordamlashadi. Shunday jarayonning takomillashuviga esa bugungi kun ta’lim tizimining asosiy


179 
talablari turtki bo‘ladi. Zamonaviy bilimlarni egallash sari keng yo‘l ochish hamda ta’limni
takomillashtirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish ta’lim tizimida
belgilangan yuksak talablardan biridir. Mazkur talabdan kelib chiqqan holda aytib o‘tish joizki, 
ilg‘or pedagogik texnologiyaning o‘quvchilar faolligini oshirish, bir-birini fikrini eshitish, 
tushunish, hurmat qilish, o‘rgatish, ta’sir qila olish, o‘zining va boshqalarning menligini sezish
his qilish, fikrini o‘ylab, aniq, qisqa, lo‘nda bayon qila olishga qaratilgan interfaol o‘qitish
usullar tez sur’atlar bilan rivojlanib ijobiy samara bermoqda. Natijada ta’lim tizimida qo‘llanib
kelinayotgan bunday interfaol usullar yangi - zamonaviy pedagogik texnologiyaning ilg‘or
o‘qitish shakliga aylanib bormoqda.
Ilg‘or pedagogik texnologiyaning har qanday shaklidan to‘g‘ri va maqsadli
foydalanilganda o‘rganuvchilarni mustaqil fikrlash, mushohada qilish va xulosa chiqarishga
o‘rgatadi. Har bir o‘qituvchidagi izlanuvchanlik, tashabbuskorlik va yangilikka intilish hissi
o‘zining natijalarini beradi. 
Shunday metodlardan biri "Qadam baqadam" metodi. "Qadam baqadam" metodining asosiy
maqsadi o`quvchilarning bilim savodxonligini tekshirish va odob-axloqli qilib tarbiyalashga 
undashdan iboratdir. 
Undandan kutiladigan natija: masalan 5-sinfda “Zid ma’noli so’zlar” mavzusini o’tishda 
o`quvchilar bir-biriga qarama-qarshi so`zlarni topish orqali yaxshi, iliq so`zlar va unga qarama-qarshi 
bo`lgan sovuq, yomon so`zlar bilan tanishadilar, ularning hayotdagi o`rnini aniqlaydilar, bu so`zlarni 
o`z faolyayatlarida qo`llash darajasini belgilaydilar. 
Darsni o`tkazish tartibi. Dars "qadam baqadam" usuli asosida davom etiladi, ya`ni mashqulot 
davomida amalga oshirilishi kerak. 
Har bir ish bir qadam deb olinadi va har bir qadamda o`quvchilar biror-bir faoliyatda ishtirok 
etadilar yoki biror-bir ish bajaradilar. Misol tariqasida, "Zid ma`noli so`zlar" mavzusidagi darsni 
o`tkazish tartibini keltiramiz: 
1-qadam - o`quvchilar o’qituvchi tomonidan tarqatma materialda yozilgan so`zlarni diqqat 
bilan o`qib chiqishlari va har bir so`zning ostiga qarama-qarshi bo`lgan so`zlarni yozishllari zarur: 
Yaxshilik
Raqmdillik
Xaqqoniylik
Mas`ulyat
Ziyraklik
Saxovat
Эrkinlik
Adolat
2-qadam - o`quvchilardan har bir so`zning ma’nosini ochib berish talab qilinadi. 
3-qadam - guruhlarga bo`linib, keltirilgan so`zlar ishtirokida hikoya, ertak yoki matn tuzish 
tavsiya etiladi. 
4-qadam - guruhlarda bir-birlarining hikoyalari (ertaklari, mftnlfri) yuzasidan savol- javoblar 
o`tkaziladi. 
5-qadam - guruh ishlari o`zaro baholanadi. 
6-qadam – o’qituvchi mashqulotni yakunlaydi, xulosalaydi. 
Xuddi shunday metodlardan yana biri “Kontakt”- jamoaviy hikoya tuzishdir.  


180 
“Kontakt”- jamoaviy hikoya tuzish metodidan asosan dars davomida mavzuga bog‘liq holda darsni 
takrorlash, mustahkamlash jarayonlarida o‘quvchilar og‘zaki nutqini rivojlantirish, erkin fikrlash 
qobilyatlarini o‘sitirish uchun foydalanish mumkin.
Bu metod o‘quvchilar jamoasini, uning tabiati, ijodiy imkoniyatlari, qobiliyatlari, ishga 
munosabatlari, shuningdek, dars jarayonida kim bilan qanday ishlashni, nimaga e'tibor berishni, 
kimga nimada yordam berishni, kimni quvvatlashni va h.k.larni bilishga imkon yaratadi. 
O‘tkazish tartibi quyidagicha. Dars boshlanishidan oldin o‘qituvchi iltimosiga ko‘ra 
o‘quvchilar xonaning kiraverish joyida maxsus stolga tayyorlab qo‘yilgan raqamlar yozilgan 
qog‘ozlardan bittadan tanlab oladilar (raqamli qog‘ozlar o‘quvchilar soni bo‘yicha tayyorlanadi) va 
doira shaklida qo‘yilgan stullarga borib joylashadilar. 
O‘quvchilar o‘z joylarini egallagach, o‘qituvchi ular bilan tuziladigan hikoyaning mavzusini 
kelishib oladi yoki o‘qituvchining o‘zi biron bir mavzu taklif etadi (hikoya mavzusi mavzuga 
bog‘langan, o‘quvchilarning yoshi, qiziqishlarini hisobga olgan holda sarguzashtli, hayotiy yoki 
yoshlar hayoti, odob-axloqi haqida bo‘lishi mumkin). 
Dars o‘quvchilardan birining biron bir mavzu yoki tanlangan mavzusi asosidagi hikoyasidan 
boshlanishi mumkin (uncha faol bo‘lmagan guruhlarda mavzu. bo‘yicha hikoyani o‘qituvchiniig o‘zi 
bog‘lab berishi mumkin. U hikoyani boshlagan o‘quvchi, uning eng qiziqarli joyida so‘zlashdan 
to‘xtab, hikoyani davomi........raqamli o‘quvchida deydi, Raqami ko‘rsatilgan o‘quvchi hikoyani 
(voqyeani) to‘xtagan joyidan (mavzudan chiqmagan holda) boshlab davom ettiradi. Bu o‘quvchi ham 
avvalgi o‘quvchi kabi hikoyaning eng qiziqarli joyida to‘xtab) hikoyaning davomi..........raqamli 
o‘quvchida deydi. Mos raqam ko‘rsatilgan o‘quvchi hikoyani (voqyeani) kelgan joyidan boshlab 
davom ettiradi) hikoyani so‘zlash, davom ettirish davradagi o‘quvchilarning har biri ishtirok 
etmaguncha, shu tariqa davom etadi. 
O‘qituvchi o‘quvchilarning so‘zlayotgan hikoyalari bir-biriga mantiqan bog‘liq va mazmunga 
ega bo‘lishini kuzatib boradi hamda mavzudan, mazmundan chetlanish bo‘lsa, bu holatni to‘g‘rilab 
boradi. 
Hikoya tuzilgach, o‘qituvchi barchaga minnatdorchilik bildiradi va kerakli tavsiyalarni beradi. 
O‘quvchilar jamoasini yaxlit bir jamoa shaklida shakllantirish, hamda o‘quvchilar o‘rtasidagi 
munosabatni samimiy bo‘lishiga yordam beruvchi bu kabi metodlarni o‘tkazish tartiblari ham turli 
tuman.
Masalan: jamoa bo‘lib ertak to‘qish (doira shaklida davradagi o‘quvchilardan biri ertakni 
boshlab beradi, yonida o‘tirgach uni davom ettiradi. Asosiy sharti, har bir o‘quvchi ertakni davom 
ettirishida faqat bir jumla ishlatadi, shu tariqa o‘quvchilar ketma-ket bittadan jumla aytgan holda ertak 
to‘qiydilar, ertak mazmunan tugallanmaguncha mashg‘ulot davom etadi, o‘rtadagi uzilishlarni 
o‘qituvchi kuzatib, tuzatib boradi. 
Masalan, bir o‘quvchi: “Vir bor ekan, bir yo‘q ekan”, ikkinchi o‘quvchi: “Bo‘ri bakovul ekan, 
chumchuq chaqimchi ekan”, uchinchi o‘quvchi: “Qadim o‘tgan zamonda bir chol va kampir bo‘lgan 
ekan”, to‘rtinchi o‘quvchi.........) 
Yuqoridagi kabi “Sarguzashtli hikoya tuzish” (sarguzatltlar dengiz, quruqlik, tog‘lar, 
o‘rmondagi voqealar haqida), “Dunyo bo‘ylab sayohat” (bir mamlakatdan ikkinchisiga borishdagi 
voqealar haqida), “Jonajon o‘lkam bo‘ylab sayohat” (viloyatlar, qir—adirlar, bog‘u-rog‘lardagi 
voqealar haqida), “Ko‘hna va boqiy Buxorom” (shahar ko‘chalari haqida) va boshqa mavzular 
bo‘yicha hikoyalar tuzishni tashkil etish mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling