Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 4732 SONLI FARMONINING
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 4732 SONLI FARMONINING
PROFESSOR-O`QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDAGI AMALIY AHAMIYATI Xalilova M. – p.f.n. NavDPI pedagogika-psixologiya kafedrasi katta o`qituvchisi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 4732 sonli farmoni Oliy o`quv yurtlari professor- o`qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazzam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishga qaratilgan bo`lib ushbu farmon qo`yidagi talablarni o`z ichiga qamrab oladi. Oliy o`quv yurtlari professor-o`qituvchilarining pedagogik va kasb darajasini muntazzam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari, nazariya, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o`qitilayotgan fanlar bo`yicha innovatsiyalar, shuningdek o`quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari sohasidagi so`nggi yutuqlarni chuqur o`rganish; yuqori samarali zamonaviy ta’lim va innovatsiya texnologiyalari, ilg`or xorijiy tajribalarni keng joriy etgan holda, oliy o`quv yurtlarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo`yicha malaka talablari, o`quv rejalari, dastur va uslublarini tubdan yangilash; oliy o`quv yurtlari o`qituvchilarining global Internet tarmog`i, multimedia tizimlari va masofadan o`qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni o`quv jarayoniga faol tatbiq etishi; oliy o`quv yurtlari pedagog kadrlarining chet tilini amaliy o`zlashtirish darajasini oshirish va undan o`z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishi uchun keng foydalanishi bugungi kunda professor-o`qituvchilar oldiga o`z ustida zamonaviy talablar asosuda iahlashni har qachongidan ham dalzarb va kechiktirib bo`lmaydigan vazifalarni bajarishni talab etmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi oliy o`quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash kursi o`quv rejasining yangilangan namunali tuzilmasi asosida ishlab chiqilgan 288 soatlik maxsus dasturlar bo`yicha ikki oy davomida ishdan ajralgan holda amalga oshiriladigan o`qitishning modul tizimi yaratilganligi va har bir modul tugagandan so`ng professor-o`qituvchilarning olgan bilimlari xolisona baholanishi ham buning yaqqol daliidir. Darhaqiqat kurslar yakunida tinglovchilar har bir tayanch oliy o`quv yurtida tashkil etiladigan oliy o`quv yurti rektori yoki fan doktori ilmiy darajasini berish bo`yicha ilmiy kengash raisi rahbarligidagi ilmiy kengash a’zolari, o`quv-uslubiy ishlar sohasidagi yirik mutaxassislardan tashkil topgan kamida 59 7 kishidan iborat Attestatsiya komissiyalari tomonidan o`tkaziladigan attestatsiyadan o`tkazilshi va unga beriladigan kafolatlarni davomi sifatida professor-o`qituvchidan faoliyat jarayoniga zamonaviy tarzda yondashishi bilan birgalikda, kasbiga bo`lgan mas’uliyatni yanada takomillashirishni talab etadi. Albatta bugungi kun o`qituvchisi kasb darajasini muntazzam oshirishi natijasida ularning qonunchilik normalari, nazariya, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o`qitilayotgan fanlar bo`yicha innovatsiyalar, shuningdek o`quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari sohasidagi so`nggi yutuqlarni chuqur o`rganishi barkomol avlodni shakllantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shundagina o`qituvchida kasbiy kompetensiya shakllanib boradi.. Kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o`rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o`z faoliyatida qo`llay bilishni taqozo etadiyu Professor-o`qituvchilar kasbiy mahoratlarini shaklantirishda bugungi kundagi malaka oshirish tizimida O`zbekiston respublikasi prezidentining 4732 sonli farmonining bajarilishi kasbiy kompetentlikni oshirish uchun asosiy huquqiy normalardan sanaladi. Kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo`ladi: -murakkab jarayonlarda; - noaniq vazifalarni bajarishda; - bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda; - kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo`la olishda Shu nuqtai nazardan kasbiy kompetentlik sifatlari qo`yidagi ko`rinishlarda professor-o`qituvchilar faoliyatida o`z aksini topadi. 1. Ijtimoiy kompetentlik. 2. . Maxsus kompetentlik (psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik). 3. SHaxsiy kompetentlik. 4. Texnologik kompetentlik. 5. Ekstremal kompetentlik. Prezidentning 4732 sonli farmonida e’tirof etilganidek;- oliy o`quv yurtlari o`qituvchilarining global Internet tarmog`i, multimedia tizimlari va masofadan o`qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni o`quv jarayoniga faol tatbiq etishi; Oliy o`quv yurtlari pedagog kadrlarining chet tilini amaliy o`zlashtirish darajasini oshirish va undan o`z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishi uchun keng foydalanishi kasbiy kompetentlikni rivojlantirish bilan birga uning normalarini talab darajalarini qonuniy asosini tashkil etadi. Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko`rsatish ko`nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan muloqotga kirisha olishda yaqqol namoyon bo`ladi; Maxsus kompetentlik – kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy- pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, bilim, ko`nikma va malakalarini izchil rivojlantirib borish. Ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko`zga tashlanadi. Ekstremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to`g`ri harakatlanish malakasiga egalik tushiniladi. Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis; - davr talablarini chuqur anglaydi; - o`z bilimlarini izchil boyitib boradi; - yangi axborotlarni izlab topadi va ularni o`zlashtiradi; - yangi bilimlarni qayta ishlaydi va o`z faoliyatida samarali qo`llaydi Darhaqiqat har bir professor-o`qituvchi o`z kasbiy malakalarini oshirib borish maqsadida individual rivojlanish dasturini ishlab chiqishi va unga qat’iy amal qilishi kompetentlikni 60 rivojlanishiga zamin yaratadi. Individual rivojlanish dasturida – har bir shaxs yoki mutaxassisning o`zida ma’lum sifat, bilim, ko`nikma, malaka kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish ehtiyojlari egaligi bilan ajralib turadi. Individual rivojlanish dasturida kasbiy faoliyatni tashkil etish uchun zarur bo`lgan BKM hamda kasbiy kompetentlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish muddatlari belgilanadi. Albatta ushbu muddat talablari o`z vaqtida bajarilib borilsa professor-o`qituvchi faoliyati adolatli ijobiy holga keladi. Bugungi zamonaviy global ta’lim tizimida o`zining sifat ko`rsatkichlarining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Har bir professor-o`qituvchining o`z-o`zini rivojlantirishi – o`zida kasbiy tajriba, malaka va mahoratni takomillashtirish yo`lida aniq maqsad va puxta o`ylangan vazifalar asosida mustaqil ravishda tashkil etishi pedagogik kompetentlikning nazariy asoslarini tashkil etib amaliyotda o`ziga xos yangilanishlarga olib keladi. Oqituvchining o`z ustida ishlashi qo`yidagi faoliyat sifatlarida o`z aksini topadi: kasbiy BKMni takomillashtirib borish; - faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish; - kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish; - - ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish; - salbiy odatlarni bartaraf etib borish; - - ijobiy sifatlarni o`zlashtirish Pedagogning o`z ustida ishlash bosqichlari: 1-bosqich. O`z faoliyatini tahlil qilish asosida yutuq va kamchiliklarini aniqlash. 2-bosqich. Yutuqlarini boyitish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq qarorga kelish. 3-bosqich. Ushbu qaror bo`yicha amaliy harakatlarni samarali tashkil etish yo`llarini izlash 4-bosqich. Xato va kamchiliklarni takrorlamaslikka intilish. 5-bosqich. Qabul qilingan qarorning izchil bajarilishini doimiy nazorat qilib borish Xulosa qilib aytganda prezidentimizning 4732 sonli farmoni bugungi kun talabining huquqiy asoslarini belgilab, har bir ustoz-murabbiyning o`z ystida tinimsiz ishlab kasbiy kompetentligini rivojlantirishni talab etadi. Shundagina bizning yoshlarimiz jahon maydonlarida yanada shaxdam qadamlar tashlab, jamiyatimiz tamonidan beriladigan har bir savolga labbay deb javob berib, o`zining aqlu salohiyati bilan, dunyoviy bilimlarga va tafakkurga erishadilar. Kelajagimiz poydevori bundanda mustahkam va boqiy bo`lishini ta’minlab, prezidentimiz ishonchini ko`zlangandan ham yuqoriroq qilib Vatan oldidagi farzandlik burchini oqlaydilar. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling