Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


KO`ZI OJIZ FOYDALANUVCHILARNING ELEKTRON POCHTADAN FOYDALANISHI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/159
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817026
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

 
KO`ZI OJIZ FOYDALANUVCHILARNING ELEKTRON POCHTADAN FOYDALANISHI 
Xamidov S. – 24-MMI o`qituvchisi 
Kamalova N. – BVPKQTMOI “Tabiiy fanlar” kafedrasi o`qituvchisi 
Hozirgi kunda ko`zi ojiz foydalanuvchilar ham kompyuterda ishlashni juda katta mahorat 
bilan amalga oshirib kelmoqdalar. Bu gap ko`pchilikni qiziqtirib qo`yadi, albatta. Shuni eslatib 
o`tamizki, kompyuterda bajariladigan har bir ishni kamida 3-4 xil yo`l bilan amalga oshirish mumkin. 
Misol uchun “MS Word” dasturida hujjatni chop etishga tayyorlashni файл->печать amallarini 
bajarish orqali hamda ctrl+P klavishlar birikmasi orqali amalga oshirish mumkin. Bu ro`yxatni juda 
ko`p davom etirish mumkin. Ko`zi ojiz foydalanuvchilar sichqoncha bilan bajariladigan ishlarni shu 
kabi kodlar bilan amalga oshiradilar.
Quyida ko`zi ojiz foydalanuvchilarning internet pochtasidan xat jo`natish tartibini yoritib 
beramiz. Shuni eslatib o`tamizki ko`zi ojizlar uchin maxsus JAWS va NVDA kabi qo`shimcha 
dasturlar yaratilgan bo`lib, ular har bir bajarilgan amalni, bosilgan klavishlarni va ekrandagi 
yozuvlarni o`qib, eshittirib beradi. 
Bu esa ekranni ko`rmay ishlash imkonini beradi.. Ushbu dasturlarni kompyuterga o`rtatilishi 
talab qilinmaydi, ular to`g`ridan-to`g`ri flesh xotiradan ishlaydi. 


61 
Biz electron pochtada ishlashni JAWS dasturi orqali amalga oshirish yo`lini ko`rib chiqamiz. 
Veb sahifa elementlarini (tugmalar, yozuv maydonlari tanlagichlar va hokazolar) ko`zi ojiz 
foydalanuvchilar tab klavishi orqali o`qib eshittirishi va kerakli amallarni bajarishi mumkin. Sayt 
elementlarini tanlashning yana bir yo`li bu – Insert+F5 klavshlari yordamida “Выбор поля формы” 
muloqot oynasini faollashtirishdir. Ushbu oynada sahifadagi kiritish maydonlarining, tanlash 
maydonlarining va tugmalarning nomi ro`yxat kabi joylashtirilgan. Yo`nalish klavishlari yordamida 
ro`yxat elementlari tanlansa, JAWS dasturi ularning nomini o`qib eshittiradi. Sahifadagi qolgan 
ssilkali ya’ni havolali bo`limlarni faollashtirish uchun insert+F7 tugmalar birikasi tanlanadi.
JAWS ishga tushirilganidan keyin, biron bir brauzer ishga tushiriladi. F6 klavishi bosilsa
manzillar satri faollashadi. Unda www.inbox.uz manzili kiritiladi. Insert+F5 klavshlari yordamida 
“Выбор поля формы” ochiladi, undan “редактор” bo`limiga kirib foydalanuvchining pochta manzili 
kiritiladi, “Tab” klavishi orqli “редактор пароли” bo`limiga o`tiladi va foydalinuvchi o`ziga tegishli 
maxfiy parolni kiritib Enter klavshi bosiladi. Login va parollar to`g`ri kiritilgan bo`lsa, foydalanuvchi 
quttisi faollashadi. Yangi xatni yozish uchun, Isert+F7 kalvshlar birikmasi bosiladi natijada “список 
ссылок” yangi muloqot oynasi faollashadi. Bu yerdan “написать письмо” bo`limi tanlanadi. 
Insert+F5 klavshlari bosiladi va “Выбор поля формы” oynasidan “Кому” bo`limiga kiriladi. Ushbu 
maydonda xat jo`natiladigan pochta manzili kiritiladi. So`ng “Тема” maydoniga xat sarlavhasi 
qo`yiladi. “Редактор” maydoniga xat mazmini kiritib “отправить” tgmasi bosiladi. Natijada xat 
ko`rsatilgan manzilga jo`natiladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling