Ўзбекистон Республикаси халқ таълими вазирлиги Фарғона вилояти халқ таълими бошқармаси халқ таълими муассасасларини фаолиятини методик таъминлаш ва ташкил этиш Учкўприк тумани бўлимига қарашли 13-умумий ўрта таълим мактаби
Download 39 Kb.
|
Тавсифнома 20-мактаб
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab kasaba uyushma raisi: M.Jo‘rayeva
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi Matmusayev Dilmurod Sotvoldiyevichga TAVSIFNOMA Matmusayev Dilmurod Sotvoldiyevich 1974-yil 11-mayda Uchko‘prik tumani Katta Qo‘shtepa qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek. Pedagogik staji - 24 yil. Matmusayev Dilmurod Sotvoldiyevich 1991-yilda tumandagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinfini tamomlab, 1993-yil Qo‘qon davlat pedagogika institutining musiqa fakultetiga o‘qishga kirgan va mazkur oliygohni 1998-yilda musiqa ta’limi yo‘nalishini tamomlagan. Matmusayev Dilmurod Sotvoldiyevich 1998-yildan Uchko‘prik tumani 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ish faoliyatini boshlagan. 2008-yil sentabrdan 20-maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lib ish boshladi. Matmusayev Dilmurod Sotvoldiyevich ish faoliyati davomida o‘zining jonkuyarligi, o‘z ishiga mas’uliyatini namoyish qila oldi. Ish faoliyati davomida maktabda o‘quvchilar bilim samaradorligini oshirishda, o‘quvchilarni tanlovlarda faol ishtirok etishlari va yuqori o‘rinlarni egallashlari, o‘quvchilarga yangi pedagogik texnologiyalar asosida bilim berishga, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, maktabdagi ona tili va adabiyot fani o‘quv xonasini zamon talablari asosida jihozlashga, o‘quvchilarni yuqori salohiyatli, o‘z kasbining ustasi bo‘lishlariga alohida e’tibor qaratdi. Matmusayev Dilmurod Sotvoldiyevich aql-zakovat, bilimdonlik talab etiladigan har qanday ishda o‘zini ko‘rsata oladi va dadillik bilan harakat qiladi. U kamtar va to‘g‘riso‘z, jamoada barchaga g‘amxo‘r, mehribon bo‘lganligi uchun ham hamkasblari unga hurmat va ehtirom bilan qaraydi. Matmusayev Dilmurod Sotvoldiyevich “Oila, mahalla, ta’lim muassasasi hamkorligi” bo‘yicha ota-onalar yig‘ilishlari, ota-onalar bilan individual ishlash, o‘quvchilarni ta’limning keyingi bosqichiga yo‘llash bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirgan. U jinoyatchilik va huquqbuzarlik, diniy aqidaparastlikni oldini olish yuzasidan qator tadbirlarda o‘rnak ko‘rsatgan. Katta Qo‘shtepa mahalla fuqarolar yig‘ini bilan doimiy hamkorlikda ish olib borib, o‘quvchilar, uyushmagan yoshlar o‘rtasida turli tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etib boradi. Matmusayev Dilmurod Sotvoldiyevich maktab reytingi oshirishda o‘z hissasini qo‘shdi. 2022-yil 31-avgyst oyidan boshlab, Matmusayev Dilmurod Sotvoldiyevich maktab direktorlik vazifasini ham birga bajarib, hozirgi kunda vaqtinchalik maktab direktori vazifasini bajarmoqda. Matmusayev Dilmurod Sotvoldiyevich vaqtinchalik direktor vazifasini bajarish jarayonida maktabni obodonlashtirishda, ota-oanalar bilan ishlashda, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda bir qator ishlarni amalga oshirdi. 2021-2022-o‘quv yilida maktabning 77 nafar bitiruvchilari OTMga kirish foizini 49,3% ko‘tarishga muvofiq bo‘ldi. Ulardan 10 nafari Davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi.Bu mehnatlarning zamirida ustozning ham hissasi katta albatta. Matmusayev Dilmurod Sotvoldiyevich ishlayotga jamoada sog‘lom muhitni yaratib, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida ham o‘z hurmatiga ega bo‘ldi. U o‘zi ta’lim berayotgan o‘quvchilarni vatanimizga kerakli inson bo‘lib yetishishini, ularni kelajakda o‘z o‘rinlarini topishlarini istaydi, shu bilan bir qatorda o‘zi ta’lim berayotgan o‘quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga astoydil harakat qilmoqda. Ustoz degan sharafli nomga munosib ravishda u doimo izlanishda davom etmoqda. U oilali, uch nafar farzandi bor. Maktab kasaba uyushma raisi: M.Jo‘rayeva Download 39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling