Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


I.II.  Yangi o’quv materialini o’rgatishning zamonaviy usullari


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/67
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#197979
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   67
Bog'liq
oquvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari

I.II.  Yangi o’quv materialini o’rgatishning zamonaviy usullari. 

Darsdagi o’quv jarayonining asosiy elementi  yangi  materialni o’rgatishdir. 

Yangi  materialni  o’rgatish  uchun  VI  –  VII  sinflarda  o’qituvchining  shu 

materialni  og’zaki  bayon  qilishidan,  uning  o’quvchilar  bilan  suhbat 

o’tkazishidan, turli xil ko’rsatmali qo’llanmalar, hujjatlar va darslik matni ustida 

olib boriladigan ishlardan keng ko’lamda foydalaniladi. 

Tarix  o’qitishda,  xususan  VI  –  VII  sinflardagi  tarix  darslarida  materialni 

og’zaki  bayon  qilish  yetakchi  o’rin  tutadi.  Og’zaki  bayon  o’quvchilarni  tarixiy 

material  bilan  mavzu  jihatdan  yaxlit  bir  holda,  xronoligik  izchillikda  va 

emotsional  formada  tanishtirish  imkoniyatini  beradi.  O’qituvchining  ishonarli 

qilib gapirishi o’quvchilarning ongi va his – tuyg’ulariga kuchli ta’sir ko’rsatadi, 

ularni  mantiqiy  fikr  yuritishga,  o’quv  materialini  dalil  –  isbotlar  bilan  asoslab 

so’zlab berishga o’rgatadi. 

Yangi  materialni  bayon  qilish  muammosiz  yoki  muammoli  bo’lishi 

mumkin. Muammoli bayon vaqtida o’qituvchi tegishli xulosalarni o’quvchilarga 

aytib  bermay,  xulosalar  chiqarishni  ularning  o’zlaridan  talab  etadi,  lekin  bu 

paytda  odatda  dalillarni  o’quvchilar  oldiga  qo’yilgan  muammoga  va  o’quv  – 

bilish  vazifalariga  muvofiq  zarur  xulosalarni  o’zlari  mustaqil  ravishda  chiqara 

oladigan  qilib  tanlashi,  guruhlarga  ajratishi  va  bayon  qilishi  kerak. 

Respublikamizdagi  ilg’or  o’qituvchilarning  ish  tajribalari  shuni  ko’rsatadiki, 

yangi  materialni  muammoli  bayon  qilish  usulini  VI  –  VII  sinf  “Jahon  tarixi” 

darslarida, cheklangan darajada bo’lsa ham qo’llash mumkin. 

Karl  Buyuk  imperiasining  tashkil  topishi  haqidagi  material  VII  sinfda 

muammoli  bayon  qilinishi  mumkin.  Bu  ish  o’zsha  zamonda  yashagan  va  Karl 

Buyukning  faoliyatini  bir  –  biriga  zid  holda  bayon  qilgan  hamda  baholagan 

kishilarning bergan turli ma’lumotlarini taqqoslash yo’li bilan amalga oshiriladi. 




Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling