Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


Bunday  ma’lumotlarning  birinchi  guruhiga  Karl  Buyukning  o’z  saroy


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/67
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#197979
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67
Bog'liq
oquvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari

Bunday  ma’lumotlarning  birinchi  guruhiga  Karl  Buyukning  o’z  saroy 

tarixchisi Eyngard tomonidan ko’klarga ko’tarib maqtab yozilgan tarjimai 

holidan olingan parchalar kiradi

11

.   

                                                

11

 O’rta asrlar tarixi (V – XV asrlar). Xrestomatiya, V.Ye. Stepanova, A.Ya. Shevlenko. M. 1989. 60 – bet. 




 

 

24 



24 

Ikkinchi  guruhdagi  ma’lumotlar  yilnomalarda  keltirilgan  ma’lumotlardan 

va  yuqoridagi  manbadan  olingan  ayrim  dalillardan  iborat  bo’lib,  ular  Karlni 

olihimmat  va  odil  hukmdor  qilib  ko’rsatuvchi  afsonalarning  yolg’onligini  fosh 

qilishda  o’quvchilarga  ob’yektiv  ravishda  yordam  beradi.  Bu  ma’lumotlar 

Karlning  frank  zodagonlari  manfaatini  ko’zlab  ish  tutgan  zolim  istilochi 

bo’lganini ko’rsatadi. 

O’qituvchi  materialni  bayon  qilishda  shu  har  ikkala  guruhdagi 

ma’lumotlarni  aytib  o’tadi,  bamisoli  tadqiqotchilar  holiga  solib  qo’yilgan 

o’quvchilar oldiga esa Karl Buyukning faoliyati va shaxsiy xususiyatlariga baho 

berish,  bunda  dalillarni  uydirmalardan  yoki  Karl  zamondoshlarining  buzib 

ko’rsatishidan ajratib olish vazifasi qo’yiladi. 

 Kerakli 

materialni  olganidan  keyin  o’qituvchi  o’z  hikoyasini 

o’quvchilarning  to’g’ri  baho  berish  va  o’z  baholarini  dalillar  bilan  isbotlay 

olishlariga imkon beradigan qilib tuzadi. 

Materialni  ana  shunday  muammoli  bayon  qilishning  bir  variantini  misol 

qilamiz:  “…  Saroy  tarixchisi  Eyngardning  yozishicha,  Karl  Buyuk  qudratli, 

zabardast,  kuchli  va  rahmdil  odam.  Kiyimiga  qarab  uni  oddiy  kishilardan  farq 

qilib  bo’lmaydi:  u  egniga  dag’al  bo’z  ko’ylak,  ishton  va  plashch  kiyib  yuradi, 

oyog’iga esa paytava o’rab, dehqonlar yuradigan boshmoqda yuradi. Ovqatning 

eng oddiysini afzal ko’radi. U nihoyatda sog’lomligi, baquvvatligi bilan ajralib 

turadi.  Ish  qilganda  –  charchash  nimaligini,  urush  qilganida  –  yengilish 

nimaligini  bilmaydi.  Ko’p  xalqlar  o’z  ixtiyorlari  bilan  unga  bo’sunadilar. 

Ba’zilarni saxiyligi bilan o’ziga tortadi, ba’zilarni esa va “sabr va andisha” bilan 

ish tutib o’ziga tobe qiladi”.  Eyngardning bergan ma’lumotiga qaraganda, Karl 

hech  qachon  biror  mamlakatga  birinchi  bo’lib  hujum  qilmagan  –  urushni 

hamisha  uning  notinch  qo’shnilari  boshlagan  emishlar.  Karl  yaqin  va  uzoq 

qo’shnilarini  “xiyonatkorona  harakatlari  uchun  jazolab”,  G’arb  va  Sharqdagi 

ko’p  mamlakatlarning  hukmdori  bo’lib  qolgan  emish.  Bu  qudratli  imperator 

saxiylik bilan in’om ehsonlar ulashgan emish. 



 

 

25 



25 

Yilnomachilarning  qisqacha  ma’lumotlarini  va  Karlning  o’z  farmonlarini 

o’qisak,  uning  butunlay  boshqa  odam  bo’lganligini  bilamiz.  Masalan,  sakslarni 

qanchalik  azob  –  uqubatda  qolishlariga  sababchi  bo’lgani,  4500  saksni 

o’ldirishga  buyurgani,  ularning  milliy  urf  –  odatlarini  oyoq  –  osti  qilganligi, 

uning  farmoni  bilan  10  000  saks  oilasi  bilan  boshqa  mamlakatga  haydab  olib 

ketilganligi,  Saksoniyaga  30  martadan  ko’p  yurish  qilganligi,  qishloqlarni 

yondirib vayron qilganligi uning yovuzliklarini ko’rsatuvchi harakatlar edi. 

Karlning  yana  boshqa  yurishlari  mohiyatini  ham  o’qituvchi  misollar  bilan 

tarixiy hujjatlatlarga tayanib, asoslanib o’quvchilarga yetkazadi. O’qituvchining 

materialni muammoli qilib bayon etishi o’quvchilarga dalillarning fosh qiluvchi 

kuchi, Karlning safdoshi bergan yolg’on guvohliklarga zid o’laroq, istilochining 

haqiqiy basharasini juda ravshan ochib berishni tushunib olishga yordam beradi.  

Yaxshi  o’ylab  tanlangan  va  guruhlangan,  muammoli  qilib  bayon  qilingan 

material  VII  sinf  o’quvchilarining  o’z  xulosalarini  ifodalab  va  asoslab 

berishlarini ta’minlaydi. (Malakviy pedagogik amaliyot jarayonida orttirgan  




Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling