49
49
mustaqil ishlashi zarur
16
. O’quvchi darsini o’rtoqlari va o’qituvchining
yordamisiz o’zi tayyorlashi va ba’zan yo darsda ko’rib chiqilmagan, yoki u kasal
bo’lib qatnasholmay qolgan darsda o’tilgan yangi o’quv materialini mustaqil
ravishda o’qib tushunib olishi kerak. Demak, o’quvchilarga uy topshiriqlari
bajarishdan voz kechish kerak emas, balki uy topshiriqlarini me’yori bilan
berish, katta va murakkab topshiriqlar bilan ularning tinkasini quritmaslik,
o’quvchilarning uyda dars tayyorlashini mohirlik bilan to’g’ri yo’lga qo’yish
kerak.
An’anaviy ta’limda odatda uy topshiriqlari o’quv materiali o’rganilib va
mustahkamlanib bo’lgandan keyin beriladi. Ammo uy topshirig’ini yangi
materialni o’rganishdan oldin ham bersa bo’ladi. Bu hol o’quvchilarning darsda
diqqat – e’tiborini kuchaytiradi va uy topshirig’ini bajarishlarini osonlashtiradi.
VI – VII sinflarda “Jahon tarixi” dan uyga beriladigan topshiriqlar
anchagina xilma – xildir.
Do'stlaringiz bilan baham: