Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


  Darslik    materialini  mustaqil  o’rganish  uchun  beriladigan


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/67
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#197979
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67
Bog'liq
oquvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari

4.  Darslik    materialini  mustaqil  o’rganish  uchun  beriladigan 

topshiriqlar.  Ayrim  vaqtlarda  VI  –  VII  sinf  o’quvchilariga  dastlab  sinfda 

muhokama  qilinmagan  biror  masalani  darslikdan  o’qib  va  undagi  tegishli  rasm 

va  xaritadan  foydalanib  mustaqil  ravishda  o’rganish  vazifasi  beriladi.  Bunday 

topshiriqlar  o’quvchilarda  darslikdan  mustaqil  foydalanish  malakalari  va 

ko’nikmalarini  rivojlantirish,  ularning  fikrlash  qobiliyatini  o’stirish  uchun 

zarurdir.  Biroq  mustaqil  o’rganish  uchun  beriladigan  materialning  hajmi  katta 

bo’lmasligi va mazmuni o’qituvchining izohlarisiz tushunarli bo’lishi kerak. 

Ba’zan  uy  topshiriqlarini  ayrim  o’quvchilarning  bilim,  malaka, 

ko’nikmalariga  qarab  differensiyalshtirib  berish  juda  muhimdir.  Masalan, 

o’qituvchi  o’rganilayotgan  voqealar  sodir  bo’lgan  joyni  tarix  xaritasidan 

topishga  qiynalayotgan  o’quvchilarga  kontur  xaritada  bajariladigan  maxsus 



 

 

51 



51 

topshiriqlar  berishi,  reja,  sxema,  va  diagrammalar  tuzishga  qiynaladigan  yoki, 

aksincha,  bunday  ishga  ko’proq  qiziqadigan  o’quvchiga  esa  reja,  sxema,  va 

diagrammalar  tuzish  yuzasidan  qo’shimcha  mashqlar  berishi  mumkin.  Tarixga 

juda  ham  qiziqadigan  o’quvchilarga  sinfda  ishlatish  uchun  ko’rsatmali  o’quv 

quroli  (maket,  sxema,  jadval)  yasash,  o’qish  kitobi,  Bolalar  ensiklopediyasi, 

badiiy – tarixiy asarlardan foydalangan holda, o’zlarini qiziqtitgan ayrim masala 

haqida  qisqaroq  og’zaki  axborot  tayyorlash  kabi  kichikroq  topshiriqlar  berish 

mumkin. 

O’qituvchining  uyga  berilgan  topshiriqlar  qanday  bajarilganini  har  kuni 

tekshirib  borishi  –  o’quvchilarning  uyda  muvaffaqiyat  bilan  muntazam  dars 

tayyorlashlarining zarur shartidir. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

 

52 



52 


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling