7.5. Psixologiya o‘qituvchisi: 4
Pedagogik amaliyot bo‘yicha o‘tkaziladigan tushuntirish va yakuniy anjumanda hamda maktab direktori o‘tkazadigan yig‘ilishda ishtrok etadi.
Amaliyotchilarning darslari va sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlariga va ularni analizlariga qatnashadi:
Talabalarning o‘quvchilar kollektivi va shaxsini o‘rganishga, pedagogik amaliyot dasturida ko‘rsatilgan psixologiya bo‘yicha topshiriq xillarini bajarishga rahbarlik qiladi.
Guruh rahbari, uslubchi o‘qituvchi, pedagogika kafedrasi o‘qituvchilari va maktab xodimlari bilan birgalikda har bir amaliyotchining ishini baholaydi.
7.6. Maktab direktori (uning o‘rinbosarining:
Maktabda pedagogik amaliyotni o‘tishi uchun normal sharoit yaratib beradi, o‘qituvchilar, xizmatchilar va maktab o‘quvchilari bilan ish olib boradi:
Talabalarni maktab bilan, o‘quv-tarbiyaviy ishlarning qo‘yilishi, o‘qituvchilar tarkibi, maktab hujjatlari, uning o‘quv material bazasi (kabinetlar, ustaxonalar, kutubxonalar va boshqalar) bilan, pedagogik kengash, metodik birlashma va ota-onalar komiteti ishlari bilan tanishtiradi:
Guruh rahbari va uslubchi o‘qituvchi bilan birgalikda talabalarni sinflar bo‘yicha taqsimlaydi:
Amaliyotchilarni (ayrimlarini) darsdan va sinfdan tashqari olib boradigan tadbirlari va ularni muhokamasida qatnashadi:
Pedagogik amaliyotni boshlanishida va u tamom bo‘lgach yig‘ilish o‘tkazadi.
7.7. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisi:
1) Talabalarning maktabning tarbiyaviy ishlar rejasi bilan tanishtiradi:
Talabalarga ommaviy tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va o‘tkazishda yordam beradi:
Talaba-amaliyotchilar bilan olib boriladigan ishlarni tashkil etish va o‘tkazishda sinf rahbarlariga yordam beradi:
Amaliyotchilarning (ayrimlarini) sinfdan tashqari olib boradigan tadbirlarida va ularni muhokamasida qatnashadi:
Amaliyotning boshlanishi va oxirida maktab direktori o‘tkazadigan yig‘ilishda ishtrok etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |