Ўзбекистон республикаси халқ


Amaliyot rahbarining vazifalari


Download 0.82 Mb.
bet9/48
Sana22.01.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1109986
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
Bog'liq
PedAmaliyot metodichka2 (2)

7. Amaliyot rahbarining vazifalari
7.1. Pedagogik amaliyot mudiri:
1). Institut bo‘yicha amaliyotni tashkil etish, uni rejalashtirish va amaliyot natijalarini hisoblashni ta’minlaydi. Institut miqiyosida amaliyot o‘tkazishning reja-grafigini ishlab chiqadi.
2). Xalq ta’lim bo‘limi xodimlari bilan kelishilgan holda pedagogik amaliyotning o‘tkazish bazasi sifatida maktab yoki boshqa o‘quv-tarbiya muassasalarini tanlaydi.
3). Pedagogik amaliyotda qatnashuvchi maktab institut xodimlarining tushuntirish va yakuniy yig‘ilishlarini tashkil etadi va o‘tkazadi.
4).Fakultetlarda o‘tkaziladigan tushuntirish va yakuniy anjumanlarda qatnashadi;
5). Guruh rahbarlari, uslubchi o‘qituvchilarni hamda amaliyot rahbarligi bo‘yicha maktab mamuriyati va o‘qituvchilari ishlarini nazorat qilib turadi, talabalar tomonidan o‘tkazilayotgan darslarga va boshqa xil mashg‘ulotlarga kiradi (qatnashadi), amaliyotni tashkil etish bo‘yicha ro‘y bergan kamchiliklarni yo‘qotish choralarin ko‘radi;
6). Amaliyotga rahbarlik qilayotganlarga berilayotgan ish haqi hujjatlarini nazorat qiladi.
7). Pedagogik amaliyot bo‘yicha umumiy hisobot yozadi va uni o‘quv ishlar bo‘yicha prorektorga topshiradi.
8). Amaliyotning o‘quv-uslubiy tajribalarini umumlashtiradi, uni takamillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini kiritadi, talabalarning pedagogik amaliyotiga doir masalalar ko‘rilayotgan kafedra yig‘ilishlarida ishtirok etadi.
7.2. Amaliyotning guruh rahbari:1
1).Amaliyotchilarga bevosita rahbarlik qilishni amalga oshiradi.
2).Pedagogik amaliyot bo‘yicha tushuntirish va yakuniy anjumanlarni tashkil etadi va o‘tkazadi: amaliyotning boshlanishida va oxirida maktab direktori o‘tkazadigan yig‘ilishda qatnashadi.
3).Pedagogika kafedrasi vakili, uslubchi o‘qituvchi, maktab direktori va o‘rinbosari bilan birgalikda talabalarni sinflar bo‘yicha taqsimlaydi, talabalarning individual rejalarini tasdiqlaydi va uni bajarilishini nazorat qiladi, talaba o‘tkazgan darsni va sinfdan tashqari mashg‘ulotni analizini tashkil etib beradi.
4).Talabalarning amaliyot davrida bajargan ishlari hisoboti hujjatlarini tekshiradi va amaliyotda ishtirok etayotgan kafedra vakillari, o‘qituvchilar va sinf rahbarlari bilan birgalikda amaliyotga differensiyalangan baho qo‘yib chiqadi.
5). Amaliyotda ishtirok etayotgan o‘qituvchilar bilan tushuntirish-uslubiy ishlarni olib boradi.
6). Talabalarining pedagogik amaliyoti bo‘yicha hisobot tuzadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling