Ўзбекистон республикаси халқ


Pedagogik amaliyotning turlari va muddatlari


Download 0.82 Mb.
bet5/48
Sana22.01.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1109986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
PedAmaliyot metodichka2 (2)

3. Pedagogik amaliyotning turlari va muddatlari
Fakultetda o‘quv reja (2016 y.) bo‘yicha quyidagi pedagogik amaliyot turlari o‘tkaziladi:

  • I kursda o‘quv malakaviy amaliyot – 1 hafta;

  • II kursda o‘quv malakaviy amaliyot – 1 hafta;

  • III kursda o‘quv malakaviy amaliyot – 2 hafta;

  • IV kursda pedagogik amaliyot – 11 hafta.



4. Pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish
O‘QUV MALAKAVIY AMALIYOTI REJASI
1 kurs (II semestr) talabalari uchun
1-kun

  • institutdagi anjumanga katnashish;

  • maktab bilan umumiy tanishish;

  • maktab xal etayotgan vazifalarning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash: direktor, ilmiy bo‘dim mudiri, tashkilotchi bilan suhbat;

  • maktab binosi bilan tanishish maktab bo‘ylab ekskursiya;

  • sinflarga taksimlab, sinf rahbari bilan tanishish;

  • talaba yuritadigan kundalik kuzatish daftarlari, indivi­dual reja haqida ko‘rsatma berish.

2-kun

  • maktabda tarbiyaviy ishlarning ko‘yilishi, tarbiyani kompleks xal kilinishi tajribasi bilan tanishtirish;

  • sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, tarbiyaviy ishlar xonasi, “Kamolot” YOIX, etakchisi xonasi bilan tanishish;

  • o‘quvchilarning individual va yoshlik xususiyatini o‘rganish metodikasiga doir konsultatsiya, o‘rganish dasturi bilan tanishti­rish;

  • sinf jurnalini, o‘quvchilarning shaxsiy jildlarini o‘rganish.

3-kun

  • fan o‘qituvchisi faoliyatining xususiyati bilan tanishtirish;

  • dars kuzatish, o‘qituvchi bilan suhbat, o‘z ixtisosiga doir o‘quv dasturi, darsliklar va metodik qo‘llanmalar bilan tanishish;

  • fan kabinetining jixozlanishi o‘rganish.

4-kun

  • sinf rahbari ishining xususiyati bilan tanishish;

  • sinf rahbari suhbatini uyushtirib, unda talabalar e’tiborini quyidagilarga qaratish: sinf rahbarining funksiyasi; tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish prinsipi; tarbiyaviy rejaning mazmuni;

  • sinf rahbari tayyorlagan tarbiyaviy tadbirni (sinf soati) kuzatib tahlil qilish.

5-kun

  • Kamolot yoshlar ijtimoiy haraqati ishlari bilan tanishish va ular amalga oshirayotgan ishlarni o‘rganish, rejalari bilan tanishib chikish;

  • o‘qituvchining darsga tayyorlanishi, darsning uslubi va mazmunini aniqlash yo‘li haqida fan o‘qituvchisi bilan suhbat;

  • darsga kirib, yuqoridagilarni real sharoitda hal qilinishi, bilim, malaka ko‘nikmalarni mustahqamlash, o‘quvchilarni faollashtirish, o‘qitish metodlari bilan tanishish.

6-kun

  • talabalar bajargan ishlarni muhoqama qilish. Maktabda amaliyotning yakuniga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazish va amaliyot natijasini baholash;

  • dekanat bilan kelishilgan holda amaliyot yakuniga bag‘ishlangan fakultet anjumani o‘tkazilishi bilan 1-kurs amaliyoti tugaydi.

YUqorida berilgan kunlar mazmuni butun guruh bilan uyushtiriladigan ishlar bo‘lib, unga jadvalda berilgan 6 soatning 1-2 soa­ti sarflanadi qolgan vaqtda esa talaba o‘zi berkitilgan sinfda dars kuzatish, tarbiyaviy ishlarni tayyorlash va o‘tqazishda katnashish, o‘quvchi shaxsini o‘rganish, o‘quvchilarning kundaliklarini, daftarlarini tekshirish, o‘zlashtirishda orqada kolayotgan bolalarga yordam berish maqsadida ko‘shimcha mashg‘ulot, konsultatsiya uyushtirish, o‘quvchining oilasiga borish, fan tugaraklari mashg‘ulotlarini tayyorlash kabi amaliy ishlarni bajaradi. Bu­lar uning shaxsiy rejasida belgilanadi.




2 kurs (IV semestr) talabalari uchun
1-kun

  • uzluksiz pedagogik amaliyotning vazifasi va mazmuniga doir institutda o‘tkaziladigan anjumanga qatnashish.

  • maktabda o‘quv yili mobaynida maktabning pedagogik jamoasi hal etishi lozim bo‘lgan o‘quv-tarbiya ishlari­ning vazifasi va mazmuni bilan tanishtirish maksadida maktab direktori va uning yordamchilari bilan suhbat uyushtiriladi;

  • maktabning o‘quv-tarbiyaviy ishlari rejasini o‘rganish;

  • talabaning shaxsiy ish rejalarini tuzish, sinflarga taqsimlash (o‘tgan yilgi sinflarni saqlab qolish maqsadga muvofiq);

  • o‘z sinfidagi tashkiliy ishlarda katnashish o‘rnini aniklab olish.

2-kun

  • sinf jamoasini va alohida tanlab olingan o‘quv­chining individual-psixologik xususiyatini o‘rganish metodikasiga doir psixologiya o‘qituvchisining konsultatsiyasini olish;

  • 2-3 ta dars kuzatish va uni tahlil qilish;

  • dars kuzatish jarayonida sinf jamoasini va o‘quvchi shaxsini o‘rganishga ham e’tibor beriladi.

3-kun

  • maktabning ishlari sistemasi bilan tanishish maqsadida metodist va katta o‘qituvchilar bilan, eng yaxshi ishlayotgan ilg‘or sinf rahbarlari bilan uchrashuv uyushtirish va ularning tajribasini o‘rganish;

  • sinf rahbari faolayatida mexnat tarbiyasi va kasb tanlashga doir tadbirlarini kuzatish va o‘tkazishda katnashish;

  • fan bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar sistemasini o‘rganish maqsadida fan o‘qituvchisi bilan uchrashuv va suhbat.

4-kun

  • fan kabineti bilan yaqindan tanishish, undagi jihozlarni to‘ldirishga doir har bir talabaga vazifa berish;

  • fan bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotini kuzatish;

  • o‘z fani bo‘yicha o‘tkaziladigan biror tadbirning (kecha, anjuman, KVN, viktorina v.h.) kengaytirilgan rejasini(ssenarisini) tuzishni talaba uchun vazifa qilib topshirish;

  • 1-2 ta dars kuzatish va analiz qilish.

5-kun

  • o‘quvchilarning ma’naviy tarbiyasi yuzasidan sinf rahbarining ish sistemasini o‘rganish;

  • o‘z sinfi o‘quvchilari bilan ahloqiy mavzuda suhbat, munozara yoki tarbiyaviy, soat o‘tqazish;

  • o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan bu tadbirning reja konspek­ti ishlab chiqilgan va sinf rahbari tasdiqlagan bo‘lishi kerak;

  • 1-2 ta dars kuzatib, tahlil qilish.

6-kun

  • maktabda estetik tarbiya sistemasini o‘rganish muzika, tasviriy san’at va adabayot o‘qituvchisi bilan uchrashuv;

  • maktabda badiiy xavaskorlik to‘garaklari mashg‘ulotini kuzatish, kitobxonlar anjumanini yoki biror adib bilan uchrashuvda qatnashish;

  • uzluksiz pedagogik amaliyot yakuniga bog‘ishlangan maktab yig‘ilishga va fakultetda yakuniy anjumaniga katnashish.




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling