Ўзбекистон республикаси халқ


Pedagogik amaliyotning mazmuni


Download 0.82 Mb.
bet3/48
Sana22.01.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1109986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
PedAmaliyot metodichka2 (2)

2. Pedagogik amaliyotning mazmuni

  1. Talabalarning pedagogik amaliyot boshlanishiga bag‘ishlangan kirish konferensiyasida qatnashish.

  2. Maktab bilan umumiy tanishish talaba-amaliyotchilar uchun maktab rahbarlari, bolalar va yoshlar tashkilotlari etakchilarining suhbatlarini o‘tkazish.

  3. Mutaxassisliklar bo‘yicha maktabdagi o‘quv-moddiy baza bilan tanishish.

  4. Talabalarning sinflarga taqsimlanishi va amaliyot davomida mutaxassislik fanlari bo‘yicha amalga oshiriladigan ta`lim-tarbiya ishlari (darslar, darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar) mavzularini belgilab olishlari.

  5. Birkitilgan sinf va undagi o‘quvchilar jamoasi bilan tanishish; mutaxassisliklar bo‘yicha fan o‘qituvchilari va sinf rahbarlarining ish tajribasini o‘rganish (ular bilan suhbatlashish, ish rejalarini sinchiklab o‘rganish); amaliyot davomida bajariladigan tarbiyaviy ishlar mavzuini belgilab olish.

  6. Mutaxassislik bo‘yicha o‘qituvchi o‘tadigan darslar, darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni kuzatish hamda ularning muhokamasida qatnashish.

  7. Sinf rahbari olib borayotgan tarbiyaviy ishlarni kuzatib borish va ularni tahlil qilish.

  8. Yuborilgan maktabda pedagogik amaliyot o‘tish bo‘yicha shaxsiy ish reja tuzish va uni amaliyot rahbarlaridan tasdiqlatib olish.

  9. Mutaxassislik fanlari, jumladan informatia bo‘yicha talabalarning har xil tipdagi darslarni tayyorlashi va o‘tishi.

  10. Talabalarning informatika bo‘yicha har xil darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tayyorlash va amalga oshirish.

  11. Sinf rahbari rejasi asosida tarbiyaviy ishlar olib borish.

  12. Talabalarning o‘z o‘rtoqlari darslarini, darsdan va sinfdan tashqari ishlarini kuzatish hamda ularning muhokamasida qatnashish.

  13. O‘rtoqlarining sinf rahbari sifatida va maktab bo‘yicha bajaradigan tarbiyaviy ishlarini kuzatish va ularning tahlilida qatnashish.

  14. Talabalarning ota-onalar bilan tegishli ishlar olib borishi.

  15. Talabalarning dars yoki biror bir boshqa ta’lim-tarbiya mashg‘ulotini psixologik jihatdan tahlil qilish.

  16. Maktab gigienasi bo‘yicha tegishli topshiriqlar bajarish.

  17. Maktab bo‘yicha talabalarning navbatchiligi.

  18. Pedagogik amaliyotga bag‘ishlangan metodik kengashlar o‘tkazish va ularga talaba-amaliyotchilarning faol qatnashishi.

  19. Talabalarning o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirish bo‘yicha ish bajarishlari.

  20. Talabalarning informatika bo‘yicha fakul’tativ mashg‘ulotlar o‘tkazish metodikasi bilan tanishishlari va shunday mashg‘ulotlarni namuna tarzida o‘tkazishlari.

  21. Maktab bo‘yicha ta’lim-tarbiya yo‘nalishidagi tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazishda faol qatnashish.

  22. Talabalarning informatika bo‘yicha metodik birlashma hamda pedagogik kengash yig‘lishlarida qatnashishlari.

  23. Talabalarning butun amaliyot davomida tegishli hujjatlarni talablar saviyasida yuritib borishlari.

  24. Pedagogik amaliyot oxirida o‘tkaziladigan yakuniy konferensiyada barcha talaba-amaliyotchilarning faol ishtirok etishlari.

Talaba pedagogik amaliyot o‘tish jarayonida informatika o‘qituvchisi hamda informatika bo‘yicha guruh rahbari yordamida quyidagi kasbiy–pedagogik tushunchalarga ega bo‘lishi kerak:



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling