Ўзбекистон республикаси халқ


Amaliyotchining o‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha shaxsiy ish rejasi


Download 0,82 Mb.
bet17/48
Sana22.01.2023
Hajmi0,82 Mb.
#1109986
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
Bog'liq
PedAmaliyot metodichka2 (2)

13. Amaliyotchining o‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha shaxsiy ish rejasi
Amaliyotchining shaxsiy ish rejasini tuzishiga eslatma
Amaliyotchining har bir hafta uchun shaxsiy ish rejasi har haftaning juma va shanba kunlarida tuziladi. U guruh rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Reja bosqichlarining bajarilishi «Ijro haqidagi belgi» grafasiga muddatini ko‘rsatgan holda yozib boriladi.
SHaxsiy ish rejani tuzishda qo‘yidagilar inobatga olinadi:
1. Maktab direktori, uning o‘rinbosarlari, sinf rahbarlari, o‘qituvchilar, yoshlar harakati kotibi, metodik birlashma rahbarlari bilan suhbati, kuzatish orqali maktab tajribasini o‘rganishi.
2. Talaba va o‘qituvchilarning darsini kuzatishi
a) Sinf o‘quvchilarini har tomonlama o‘rganish uchun o‘z sinfida dars beruvchi o‘qituvchilarning darslarini kuzatish va tahlilida ishtirok etish;
b) O‘qitish usullarini, metodlarini, dars usullari va turlarini, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqurroq o‘rganish uchun boshqa fan o‘qituvchilarining darslarini kuzatish;
v) Maktabning ilg‘or o‘qituvchilarining ijodiy ochiq darslarini kuzatish va tahliliga qatnashish;
3. Tajribali sinf rahbarlarining tashkil qilgan namunaviy tarbiya ishlarini (sinf soati, suhbat, ertaklar kechasi va h) kuzatish va tahlilida qatnashish.
4. Sinf majlisini (mavzu ko‘rsating) tashkil qilishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish
5. Sinf rahbarlari bilan suhbatlashish, maslahatlashish (maqsadini ko‘rsating).
6. O‘quvchilar bilan alohida ishlashish
7. Ota-onalar uchun ma’ruza yoki doklad (mavzuni ko‘rsating) tayyorlash va tashkil qilish.
8. Ota-onalar majlisini tayyorlash va tashkil qilish.
9. Sinf soatini (mavzusini ko‘rsating) tayyorlash va tashkil qilish.
10. O‘quvchilarning uylariga borish.
Uslubiy ishlar
1. Uslubiy birlashmalar majlislarida ishtirok etish.
2. Fan komissiyalari majlislarida ishtirok etish.
3. Uslubiy mavzuda ma’ruza qilish
4. Hokazo ish shakllari.



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling