Ўзбекистон республикаси халқ
Pedagogik amaliyotni yakunlash
Download 0.82 Mb.
|
PedAmaliyot metodichka2 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- H I S O B O T I
Pedagogik amaliyotni yakunlash
Pedagogik amaliyotni umumiy tarzda yakunlash quyidagi ishlarni o‘z ichiga oladi: Talaba-amaliyotchilarning pedagogik amaliyot to‘g‘risida hisobot va boshqa hujjatlarni tayyorlashi. Pedagogik amaliyot yakunini maktabda muhokama qilinishi. Pedagogik amaliyot rahbarlarining yozma hisobot va boshqa hujjatlarni tayyorlashlari. Institutda (fakultetda) pedagogik amaliyot yakuniga bag‘ishlangan xotima konferensiya o‘tkazilishi. Quyida talaba-amaliyotchi yozma hisobotining taxminiy rejasini keltiramiz: A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti ____________ fakultetining _____________________________________ yo‘nalishi __-kurs talabasi ________________________________________ ning _______________ tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli ___-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazgan pedagogik amaliyoti to‘g‘risida H I S O B O T I Hisobot matnida quyidagi masalalar yoritiladi: Maktabga umumiy ta`rif: Maktabning o‘qituvchilar jamoasi va uning o‘zlashtirishi, davomat va intizomni yanada yaxshilash, sohasidagi ishlari; o‘zlashtirish va davomat darajasi; o‘qitishning moddiy texnika bazasi va undan ta’lim-tarbiya maqsadida foydalanishning ahvoli; bolalar va yoshlar tashkilotlari, ularning ish faolligi. Talaba amaliyotchining ta’lim sohasidagi ishlari: mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qituvchi tajribasini o‘rganish (dars, darsdan tashqari va to‘garak mashg‘ulotlarini kuzatish natijalari); mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan darslari, darsdan va sinfdan tashqari ishlarning soni hamda mavzulari, ularga ko‘rgan tayyorgarligi, shu jumladan, o‘zi tayyorlagan jihozlari; ta’lim-tarbiya jarayonida ko‘rgazmali qurollar, o‘qitishning texnika vositalari va innovatsion texnologiyalardan foydalanish; dars va darsdan tashqari ishlar jarayonida o‘tqazilgan tadbirlar bajarilgan asosiy ishlarga tahlil (qaysilari samarali chiqdi, qaysilari maqsadga erishmadi? Nima uchun?); ta’lim ishlarida qanday qiyinchiliklar bo‘ldi va ular qanday bartaraf qilindi?; o‘z o‘rtoqlarining dars va darsdan, sifdan tashqari ishlarini kuzatish hamda ularning muhokamasida qatnashishi. Talaba amaliyotchining tarbiyaviy ishlari: sinf rahbari sifatida qancha va qanday ishlar amalga oshirildi va ularga tahlil (yutuq va kamchiliklari); maktab bo‘yicha qanday tarbiyaviy ishlarni (kamolot yoshlar ijtimoiy harakati majlisi, ota-onalar yig‘ilishi, mavzuviy kechalar, badiiy havaskorlik va sport musobaqalari va boshqalarni) tayyorlash va o‘tkazishda qatnashish tarbiyaviy ishlarda, sodir bo‘lgan qiyinchiliklar va ularning bartaraf qilinishi. Talaba-amaliyotchining maktab pedagogika kengashi va metod birlashmasi majlislarida qatnashishi, ularda tinglangan ma`ruza va muzokaralar to‘g‘risida mulohazalar. Siyosiy va ilmiy, pedagogik bilimlarni targ‘ib qilishda talaba-amaliyotchilarning ishtiroki; kimlar bilan va qanday mavzularda ma`ruzalar va suhbatlar o‘tkazildi. Xulosa va takliflar: pedagogik amaliyot oxirida talaba amaliyotchi qanday xulosaga keldi (nazariy tayyorgarligining pedagogik amaliyotni muvaffaqiyatli o‘tishiga qanchalik etarli bo‘lganligi, amaliyotda nimalarni o‘rganganligi); endi pedagogik amaliyotni yanada yaxshilash uchun nimalar qilish kerak? Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling