Ўзбекистон республикаси халқ
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Binder1
1.
Giper tip. Bu tipga mansub bo‘lgan bolalar va o‘smirlar serharakat, intiluvchanlik, boshqalarga buyruq berishni yaxshi ko‘radigan, notanish kishilar bilan tezda til topishib keta oladigan, ijtimoiy-tartib va qoidalarga rioya qiladigan bo‘ladilar. Bundaylar tengqurlari orasida tezda ko‘zga tashlanib ko‘pincha guruhdagi norasmiy peshqadamga aylanadi. Ularda erkinlikka intilish yaqqol ko‘zga tashlanadi. Har bir ishda mustaqillik va tashabbuskorlikni namoyon qiladilar. Mayda-chuyda mehribonchiliklarni yoqtirmaslik va ba’zi hollarda tajovuzkorlik holatlari kuzatiladi. Mazkur tipga kiruvchi bolalar va o‘smirlar ziddiyatli vaziyatlarda faol qarshilik ko‘rsatadilar. Hech qanday sustkashlikka toqat qila olmaydilar. Ular sergap bo‘lib, maqtanishni, vaqti chog‘likni yaxshi ko‘radilar. Bunday bolalar va o‘smirlar harakatchan va qo‘zgaluvchan, moslashuvchan va g‘ayratli bo‘lganligi uchun ba’zan muammoli vaziyatlarda noto‘g‘ri qaror va xulosalarga keladilar. Shuning uchun ular ko‘pincha nizoli vaziyatlarda affektiv holatga tushib qoladilar. Bundaylarda ko‘pincha impulsiv suitsidal xulq kuzatiladi. Shu boisdan bu tipga kiruvchi bolalar va o‘smirlar bilan muloqotda kirishishda va psixologik va pedagogik ta’sir o‘tkazishda ularning ruhiyatini tushunishga harakat qilish muhimdir. 2. Ijtimoiy moslashgan tip. Bu tipga kiruvchi bolalar va o‘smirlar atrofdagilarning talabi bilan kelisha oladigan, bosiq, mulohazali o‘ziga talabchan va rahmdilligi bilan xarakterlidirlar. Odatda bunday bolalar va o‘smirlar o‘qish va jamoatchilik ishlarida faol yoki o‘rtacha darajaga ega bo‘ladilar, ular ko‘pincha muammoli vaziyatlarda shaxsiy faollikni namoyon qilib, maqbul qarorlar va xulosalarga keladilar. Bundaylarning keyingi hayotlari ham bir maromga o‘tadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling