Ўзбекистон республикаси халқ
Konformlik va chegaralangan tipi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Binder1
3.
Konformlik va chegaralangan tipi. Bu tipga mansub bolalar va o‘smirlar ijtimoiy ahloq normalariga so‘zsiz bo‘ysunuvchi, harakatchan, rahmdil, samimiy bo‘lib, ammo ular muammoli vaziyatlarda chuqur mulohaza yuritmaydilar va o‘tkir qobiliyatlarga ega emasliklar bilan ajralib turadilar. Ularda o‘zini ustun qo‘yishlik va o‘z-o‘zini baholashning ustunligi holatlari kuzatiladi. Bundaylar o‘zlarida ko‘pincha norasmiy moslanuvchanlikni namoyon qiladilar. Ular garchand mustaqil fikr yuritish qobiliyatiga ega bo‘lmasada, muammoli vaziyatlarda mustaqil fikr yuritishga harakat qilib o‘zgalarning maslahat va yordamlarini rad etadilar. Natijada ular ko‘pincha nizoli vaziyatlarning murakkablashuviga olib keladigan qarorlar va xulosalarga keladilar. Shuningdek, ular nizoli vaziyatlarda o‘zini qo‘lga olabilishlik, o‘rniga tezda o‘zini yo‘qotib qo‘yadilar. Bu tipga kiruvchi bolalar va o‘smirlar haddan tashqari ta’sirchan va ko‘zga tashlanuvchandir. 4. Emotsional labil. Bu tipga kiruvchilar kayfiyatning o‘zgaruvchanligi, beqarorlik, jur’atsizlik, yordamga muhtojlik va buysunuvchanliklari bilan boshqalardan ajralib turadilar. Ular kundalik hayotdagi muvaffaqiyatsizliklar va nizoli vaziyatlarda vahimaga tushish, umidsizlikka berilish, ruhiy ezilish kabi holatlarni namoyon qiladilar. Bundaylar maqtovga ham, tanbehga ham o‘ta sezgir bo‘lib, ba’zan oila nizolarini murakkab ahvolga solib qo‘yadilar. Ularning do‘st va o‘rtoqlari doirasi cheklangan bo‘lib o‘zlarining tortinchoqligi va o‘z-o‘zini past baholashliklari bilan xarakterlidirlar, bundaylar boshqalarga qaraganda birmuncha suitsidal xavfli bo‘lib hisoblanadilar. 5. Isterik tip. Bu tipga mansub bolalar va o‘smirlar xudbinlik, manmanlik, tannozlik, yaxshi kurinishga harakat qilishlik kabi sifatlarni namoyon qiladi. Ular raqobatlashishiga o‘chroq bo‘ladilar. Agar uni o‘qishda, sportda va ijtimoiy faoliyatlarda o‘zlarini ko‘rsata olmasalar turli xil yolg‘on-yashiqlarni o‘ylab topadilar. Bundaylarning ijtimoiy muhitga nisbatan moslashishlari beqaror bo‘lib, nizoli vaziyatlarda asabiy va hatto ruhiy kasallikka chalinish darajasigacha yomon holatga tushadilar. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling