Ўзбекистон республикаси халқ


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106
Bog'liq
Binder1

Demonstrativ suiqasd (ko‘rsatuvchan) – teatrlashtirilgan sahna ko‘rsatib, 
o‘zini o‘ldirishni namoyish etganday bo‘lib, lekin haqiqatda xech qanday qasd 
qilmaslik. Barcha xatti-harakatlar o‘ziga boshqalarning diqqatini jalb qilishdan 
iborat bo‘lib, o‘ziga boshqalar tomonidan rahm-shafqat keltirib, uni xafa qilganlarni 
shu tariqa jazolashdan iborat. 
Affekt suiqasd – kuchli affekt (kuchli ruhiy hayajonlanish) holatiga tushgan 
odamning harakati soatlab yoki sutkalab davom etishi mumkin. Bunday 
toifadagilarda haqiqatdan ham o‘z joniga qasd qilish ehtimoli juda ham yuqori 
bo‘ladi. 
O‘z joniga qasd qilishda birinchi navbatda tushkunlik turtki bo‘ladi va suitsid 
muammosi bolaning ongida “hal qilinishi lozim bo‘lgan” masalalar ichida eng 
birinchi navbatda turadi. 
Tushkunlik, yomon kayfiyat, umidsizlik, yordamga muhtojlikda ko‘rinadi.
Tushkunlikka tushish 3 ta ko‘rinishda bo‘ladi: 
- biror-bir faoliyatga bo‘lgan qiziqishning yo‘qolib borishi; 
- “ishtahaning tushib ketishi” (asosan o‘tish davridagi jinsiy rivojlanishdagi 
nuqson yoki kamchiliklar, shu boradagi kamsitilish, turli ko‘rinishdagi ijtimoiy yoki 
boshqa muammolar);
- hayotga bo‘lgan qiziqishning pasayishi. 
Ekspertlar o‘z tahlillarida, o‘z joniga qasd qiluvchilar orasida nafaqat ruhiy 
kasalikka chalinganlar, balki sog‘lom o‘smirlar ham uchrab turishini ta’kidlashadi. 
Ularning fikricha, moliyaviy inqiroz yillarida kuzatilgan depressiya va ishsizlik 
davrida o‘z joniga qasd etish holatlari ko‘payadi.
Misol tariqasida, XX asrda AQSHda o‘z joniga qasd etish holatlari barqaror 
ekanligi kuzatilgan bo‘lsa, (100.000 aholidan 10-12 ta) XXI-asrning boshidagi 
inqiroz yillarida bu ko‘rsatkichlar 15,5 barobarga oshgan.
Mashhur olim O.Dark tomonidan o‘z joniga qasd qilishning falsafiy-psixologik 
qarashlari keltirilgan. 
Uning fikricha, o‘z joniga qasd qilish-ijodiy muhitning o‘zgarishi bo‘lib, inson 
rassom sifatida o‘z qobiliyati va mohirligini butkul ishlatib bo‘lganligi uchun joniga 
qasd qiladi va o‘z joniga qasd qilish rassomning eng oxirgi san’at asari bo‘lib, 
rassom asarlari qaxramonlarining hayoti va o‘lishini o‘ziniki deb biladi. 
“Oddiy qurbon” atigi bir marta o‘ziga xos uslubda mahoratini ko‘rsatishi 
mumkin. 
Muallif o‘z hayotidagi kamchiliklari, o‘zi xohlagandek hayot kechirishi oxirgi 
ifodasini ana shu ko‘rinishda aks ettiradi. 


78
Ushbu ekspert tomonidan o‘z joniga qasd qilishning eng asosiy sabablari 
sifatida tashqi dunyo bilan kelishmovchilik, qo‘rquv, uyat, o‘z aybining tan olinishi 
va impotensiya holatlari deb e’tirof etiladi.
Bu ijtimoiy holat turlari safdan chiqib qolish, o‘z zamondoshlari, qarindoshlari 
va oilaviy rishtalariga umuman begona bo‘lishda o‘z aksini topadi.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) tomonidan ishlab chiqilgan o‘z 
joniga qasd qilishning 800 ta sababi mavjud bo‘lib, ulardan 41 % aniq emas, 19 % 
jazo oldidagi qo‘rquv, 18 % ruhiy kasallik, 18 % uydagi kelishmovchiliklar, 2 % 
ishqiy kechinmalar, 2 % moliyaviy yo‘qotishlar, 4 % hayotdan to‘yish, 1.2 % 
jismoniy kasallik tufayli ro‘y beradi. 
Shuningdek, JSST tomonidan o‘z joniga qasd qilishning 80 ta usuli ko‘rsatib 
berilgan.
Qayd etish kerakki, usullar qasd qiluvchilarning qaysi hududdan ekanligiga 
qarab o‘zgaradi. 
- O‘zini osish usulini ko‘plab (84-90%) qurbonlar tanlashadi.
- O‘zini otuvchilar. (AQShda bu usuldan 60% qurbonlar foydalanadi) 
- O‘zini zaharlash. Dori-darmon vositalarining me’yoridan ortiq iste’mol qilish 
natijasida 15-18 % qurbonlar olamdan o‘tadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling