Ўзбекистон республикаси халқ


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106
Bog'liq
Binder1

Introektor odam boshqalar xohlaganini qilsa, aksincha, introektor-vektor o‘z 
o‘ziga qasd qilishga ko‘proq qodirligi, biror kishi yoki avtoritetning unga nisbatan 
kamsitilishi sezilganda, u o‘zini qurbonlikka undaydi. 
Bu toifadagilar ushbu holatlarni atrof-muhit bilan bog‘lashadi va odatda o‘z 
xohish va emotsiyalari uchun javob bermasligi uchun qilishadi. Shunday qilib, inson 
shaxsiy “Men”ni olib tashlaydi, asab tizimidagi destruksiyaga (buzilish) olib keladi 
va o‘z joniga qasd qiluvchi shu qismlarni topmagan holda ularni yechimini izlashni 
boshlaydi. Eng achinarlisi, uning yechimi aksariyat hollarda suitsid (o‘z joniga qasd 
qilish) bilan tugaydi. 
Shunga qarab, u odamlardan asta-sekin uzoqlasha boshlaydi, chunki uning 
fikricha, boshqa kishilar unga nisbatan sovuqqonligini his eta boshlaydi, boshqalar 
uni yomon ko‘rishi, nafratlanishi, yomonlik tilashini juda ko‘p o‘ylaydi va shu 
tufayli tushkunlikka tushadi. 
Retrofleksiyada (insonga berilgan barcha imkoniyat va hayoti) odam o‘z 
mohiyatini to‘xtatadi. Uning iztiroblari ichida qolib, o‘zini yaxshi ko‘rishni 
boshlaydi yoki nafratlanadi va tugallanmas ichki dialog olib boradi.
Ushbu 
xatti-harakatning 
ma’nosi shundaki, bu shaxsga nisbatan 
atrofdagilarning munosabati aynan qanday ekanligini juda chuqur tahlil qiladi. 
Bu toifadagi bolalar aynan 13-18 yoshga kirganlarni tashkil etib, ta’lim tizimi 
xodimlari va mutasaddilaridan ushbu toifadagilar bilan aniq va manzilli profilaktik 
va tushuntirish olib borishni tashkil etishni talab qiladi. 
Asosiysi, tushkunlikka tushgan ushbu toifadagi bolalarning har kunlik taxminiy 
ro‘yxatini yuritish orqali ularni xulq-atvori hamda davriy harakatlaridagi (masalan 
oxirgi 1 oy yoki 10 kun va hok.) o‘zgarishlar haqida ota-onasi va huquqni muhofaza 
qiluvchi organlar bilan tezkor axborot almashinuvi o‘rnatishni taqozo etadi. 
Masalaning murakkabligi shundaki, ko‘pincha bu toifadagi bolalar boshqalarga 
nisbatan agressiv holatlarni namoyish etishmaydi va o‘z o‘zi bilan kurashadi.
O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘z joniga qasd qilish ko‘p holatlarda 
qizlarga xos bo‘lyapti va bu holatlar atrofdagi tengdoshlariga juda ham tez va kuchli 
ta’sir ko‘rsatadi.
Viloyat bo‘yicha oxirgi 5 yil ichida sodir qilingan 92 ta o‘z joniga qasd qilish 
holatlarining 52 tasi yoki 63 % aynan qizlar tomonidan sodir qilingan. 
Shu bilan birga o‘z joniga qasd qilish hodisasi boshqalar uchun “yuqumli” 
bo‘lib, boshqalar uchun “o‘rnak” bo‘ladi va kelgusida boshqa tengdoshlar orasida 
ham bunday ayanchli holatlarni keltirib chiqaradi.
Ilmiy tilda aytganda, voyaga yetmaganlar orasida “suitsidik to‘lqin” paydo 
bo‘ladi.
Bundan tashqari, yana bir nazariya-psixonatologik yondashishda shaxs o‘z 
joniga qasd qilishni ruhiy tushkunlik deb biladi.
Masalan, shu sohadagi yirik ekspert A.Lichko “O‘z joniga qasd qilishni 
o‘smirlarning chegarali ruhiylik muammosi” deb baholaydi. 
Unga ko‘ra, 10% o‘smirlarning o‘z joniga qasd qilishga xohishi bor, 90% 
yordam berishga chaqiradi va bu hodisalarning 80% ularning yashash uylarida sodir 
bo‘ladi. 


77
Suitsidal holat o‘smirlarning psixonatik va nopsixonatik shakllarining 
buzilishidan kelib chiqqan yoki tarqalgan holdir.
A.Lichko tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar jarayonida o‘rganishga jalb 
qilingan 300 nafar o‘smir yigitlardan 34% da o‘z joniga qasd qilish belgilari 
kuzatilgan, ulardan aynan qasd qilish niyatida bo‘lganlari 20%, urinishlar 11%, 
avvaldan rejalashtirganlar 3% ni tashkil etgan. 
Shundan kelib chiqib, A.Lichko 3 ko‘rinishdagi: aniq, ko‘rsatuvchan va affekt 
holatida sodir bo‘ladigan suitsid holatlari mavjudligi haqida fikr yuritadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling