Ўзбекистон республикаси халқ
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Binder1
Egoizm holatidagi o‘z-o‘zini o‘ldirish sabalari tufayli o‘zini o‘ldirishlik asosida
individning jamiyatdan begonalashuvi, uni boshqarishda jamiyat ta’sirining yo‘qolganligi, sotsial aloqalarning uzilganligi, jamoadan ajralib qolganligi kabi xolatlar yotadi. Bunday xolatda individ o‘zini bechora, begona, nochor, hayotdan bezigan, tragizm ruhida bo‘ladi, O‘z hayotining ma’nosini yo‘qotadi. Haddan tashqari yakkalanib qolishlik, jamoadan ajraganligi “jamoa” hissiyotini yo‘qligi “sotsial g‘am chekishlik” ijtimoiy maqsadlarni yo‘qligi, sotsial aloqadorlikning ijtimoiy hayotga bog‘liqlikning buzilishi, buning natijasida ijtimoiy guruhlarning inqirozi, diniy, oilaviy, siyosiy va boshqalarning shaxsga nisbatan ta’sirini yo‘qolishi nihoyat darajada kuchsizlanib ketishi o‘z-o‘zini o‘ldirishga olib keladi. Alturistik holatidagi o‘z-o‘zini o‘ldirish. Bu holatdagi o‘lim shaxsiy manfaatlarning tamoman sotsial manfaatlar tomonidan yutib yuborilishi, individning o‘z mustaqilligini sezmay qoladigan paytlarda sodir bo‘ladi. Bunday o‘lim turiga Dyurkgeym keksalar, kasallarning o‘z-o‘zini o‘ldirishi, eri o‘lgandan so‘ng tul xotinning o‘z-o‘zini o‘ldirishi, qul egasi o‘lgandan so‘ng qulning o‘zini-o‘zi o‘ldirishi kabilarni kiritdi. Bunday holatlar arxaik jamiyatda ko‘p sodir bo‘lgan. Anomiya holatidagi o‘z-o‘zini o‘ldirish holatidagi o‘lim asosan yirik ijtimoiy inqiroz, iqtisodiy o‘pirilishlar paytida uchraydi. Individ sotsial qayta o‘zgarishlar, yangi sotsial talablarga nisbatan moslashish qobiliyatini yo‘qotadi. Jamiyat bilan aloqasini uzadi. Ijtimoiy anomiya holati davrida aniq qoidalar va axloq normalarining yo‘qligi eski davr qadriyatlari buzilgan, yangisi esa hali shakllanmagan davr bo‘lib, individlarning ayrimlarida axloqiy holatlar buziladi. Ijtimoiy struktura chayqalib parokanda bo‘lib turgan davrda ayrim individlar tezda yuqori lavozimlarga ko‘tariladi, boshqalar esa o‘z ijtimoiy mavqeini yo‘qotadi. Ijtimoiy muvozanat buzilishi bilan o‘z-o‘zini o‘ldirish ayniqsa, savdo xodimlari va 2 E.Giddens «Sotsiologiya» Toshkent «Sharq» 2002. 790 b 71 ishbilarmonlar saflarida ko‘p uchraydi. Chunki Dyurkgeym fikricha, savdo va sanoat dunyosi vakillarining haddan tashqari boyib olishiga intilishi bu harakatga nisbatan qattiq chora-tadbirlarning yo‘qligi yoki hech qanday qarshilikka uchramasligi oqibatida ularning axloqiy va psixik muvozanati buziladi, axloq va psixikasida nomutanosiblik vujudga keladi. Shunday qilib, ijtimoiy tartibning bo‘shashganligi tufayli anomiya asosida o‘z-o‘zini o‘ldirish hollari ro‘y beradi. Agar jamiyat insongan nisbatan zaruriy ta’sir o‘tkaza olmasa, uni himoya qila olmasa munosabatli holatning sodir bo‘lishi muqarrar. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling