Ўзбекистон республикаси халқ


4.4. O‘z joniga qasd qilishning profilaktikasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106
Bog'liq
Binder1

 


75
4.4. O‘z joniga qasd qilishning profilaktikasi 
O‘tgan asrlarga nazar tashlasak, davr va zamon doimo bir muammo – o‘z 
joniga qasd qilish fenomeni bilan to‘qnashadi.
Ta’kidlash joizki, ushbu hodisalar nafaqat doimiy qiziqish yoki 
ko‘rsatkichlarni sharhlash balki, jamiyatda, oilada yoki jamoada mehr-muruvvatni, 
e’tiborni va shu bilan birga bu kabi hodisalarning ildizini, tag-tubini aniqlashni talab 
etadi. 
O‘z joniga qasd qilish muammosi barcha mutaxassislar, shu jumladan
shifokorlarni, psixologlarni, pedagoglarni, sotsiologlarni ham qiziqtirib kelmoqda.
Qisqacha qilib aytganda, o‘z joniga qasd qilish hodisalarining sabablarini 
o‘rganish keng tus olayotganligi, ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayonida ko‘proq 
e’tibor berilayotganligi yangi bir fan-suitsidologiya fanini vujudga keltirmoqda.
Ma’lumki, har yili suitsidologiyaga oid maqolalar jurnallarda chop etiladi, 
xalqaro simpoziumlar o‘tkaziladi hamda ko‘pgina davlatlarda o‘z joniga qasd 
qilishni oldini olish bo‘yicha assotsiatsiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Quyida keltirilayotgan olimlar va ekspertlar fikrlari psixologik uslub 
yordamida voyaga yetmaganlar orasida o‘z joniga qasd qilishning oldini olishga 
bag‘ishlangan.
O‘z joniga qasd qilishning murakkabligi va har tomonlama fenomeni uning qay 
tarzda vujudga kelishini o‘rganish va tushuntirishni nazarda tutadi. 
Masalan, 
andropologik 
yondashuvda 
E.Krechmer 
va 
U.Sheldonning 
“Konstitusional” fikri berilib, u o‘z joniga qasd qiluvchining xarakterologik 
xususiyatini nazarda tutadi.
Muammoni psixologik yondashuv bilan hal etishda Z.Freydning “Vlecheniya k 
smerti”, ya’ni “O‘limga yo‘naltirish” ortiqcha asabbuzarlik natijasida vujudga 
keltirilishi ta’kidlangan.
“Tushkunlik va melanxoliya” nomli ilmiy ishida Z.Freyd o‘z joniga qasd 
qiluvchilarning xulqini yoritgan. 
Uning fikricha, barcha o‘z joniga qasd qiluvchilar o‘z xulqi bilan shuni 
ko‘rsatadiki, ularning muammolari hal etilmaydi va shu muammolar ularni oxiratga 
olib keladi.
Faqatgina sadizm o‘z joniga qasd qiluvchilarning sirini fosh etishga qodir va 
o‘z navbatida melanxoliya (qorong‘ulik, yopiqlik) ni ham qiziqarli, ham xavfli 
qiladi.
Ma’lumki, nevrotik (asabiy) voyaga yetmagan bolalar hech qachon birovning 
joniga qasd qilishmaydi, aksincha, shu haqda o‘ylasalar ham aynan o‘z joniga qasd 
qilishadi.
Yana bir nazariya - “Geshtaltterapiya” o‘z ichiga insonning hayotiy faolligini 
uzluksiz jarayon va atrof-muhit bilan chambarchas bog‘liqligini oladi. Lekin, 
muloqotga bir necha fenomen to‘sqinlik qiladi. 
Bular har bir bosqichda paydo bo‘lgan fenomenlar. Inson muloqot o‘rnatmaslik 
uchun unga to‘sqinlik qiladi.
Ular bizga himoyalovchi mexanizmlar orqali, ya’ni introeksiya, proeksiya
retrofleksiya va konflyuensiya berilgan. 


76

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling