Ўзбекистон республикаси халқ


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   106
Bog'liq
Binder1

 
 
 


95
4.9. O‘smirlik davridagi ijtimoiy psixologik xususiyatlari xulq-atvordagi 
buzilishlarning namoyon bo‘lish formalari 
Bugungi kunda jamiyatning dolzarb muammolaridan biri o‘z joniga qasd qilish 
hodisasining psixologik ma’nosini o‘rganish bo‘lib, hisoblanadi. Zotan, suitsidal 
urinishning psixologik ma’nosini o‘rganmasdan turib uning kelib chiqish sabablarini 
aniqlash va uning oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqishga 
erishish mushkuldir. Keyingi yillarda katta yoshdagi kishilar suitsidning psixologik 
ma’nosini tadqiq qilishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlarining olib borilishi 
bilan bir qatorda bolalar va o‘smirlar suitsidining psixologik ma’nosini o‘rganish 
yuzasidan ham qator ilmiy izlanishlar olib borildi va bu sohada qator 
muvaffaqiyatlarga erishildi.
Suitsidning psixologik ma’nosini o‘rganish tadqiqotchiga suitsident “nima 
maqsadda” o‘z joniga qasd qildi degan savolga javob berishga yordam beradi.
Haqiqiy suitsidal xulq asosida sodir etilgan suitsidal urinishlar ko‘rsatkichi 
yillar bo‘yicha taqqoslanilganda esa bu mazmunga ega bo‘lgan suitsidlarning bir 
ko‘tarilib bir pasayib turganligini ko‘ramiz. Bunday ko‘rinishning namoyon 
bo‘lishligi haqiqiy suitsidal xulq mazmuniga ega bo‘lgan suitsidlar ma’lum bir 
yoshda turgun xarakterga ega emasdir degan xulosaga kelishimizga sabab bo‘ldi.
Oldindan rejalashtirilgan mazmunga ega bo‘lgan suitsidal urinishlarda ota-ona 
va oilaning boshqa a’zolari, o‘qituvchilari va yaqin qarindosh urug‘lari sinfdosh 
o‘rtoqlari o‘rtasidagi nizolar hamda sevgi-muhabbatga bog‘liq bo‘lgan nizolar va 
yaqin kishisini yo‘qotish kabilar motiv rolini o‘ynaganligining guvohi bo‘lamiz. 
Bunday suitsidal urinishlarda suitsidal oldi davri bir oydan besh-olti oygacha bo‘lib, 
bu davr mobaynida passiv va tabaqalashmagan suitsidal uy va niyatlar vujudga 
keladi. Suitsidal xulqning passiv va tabakalashmagan pog‘onasida suitsidal xulq 
to‘la va uzil kesil shakllanmaganligi bilan xarakterlidir. Shuningdek, bu davrda 
suitsidal xulq o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Suitsidal xulqning ikkinchi, 
ichki tayyorgarlik davri pog‘onasida o‘z joniga qasd qilish haqidagi o‘y va niyatlar 
qat’iy tus ola boshlaydi. Bu davrning davomiyligi bir necha kundan bir xaftagacha 
cho‘zilishi mumkin. Suitsidal xulqning bu pog‘onasida ba’zan suitsidentlar nizoli 
vaziyatlarning murakkablashuvi va ta’sirchanlik kuchining ortib borishiga qarab
o‘zlarining suitsidal urinishlari haqidagi niyatlarining ayrim belgilarining namoyon 
qilganligi kuzatiladi. Masalan, bu pog‘onada ayrim suitsidentlarning “yashashdan 
to‘yib ketdim”, “yashagani qo‘yasizlarmi”, “bunday yashagandan ko‘ra o‘lganim 
yaxshiroq” deya ta’kidlashgan so‘zlari suitsidal xulqning paydo bo‘lganligidan 
dalolat beradi. Bunday belgilar garchand, suitsidal xulqning paydo bo‘lganligi 
haqida xabar bersada, biroq nizoli vaziyatning keyingi rivojiga qarab, ba’zan 
suitsidal urinish sodir etilmasligi va ba’zan esa sodir etilishi mumkin. Keyingi o‘z 
joniga qasd qilish usulini tanlash pog‘onasida suitsident suitsidal usulining 
qulayligi, o‘ziga mosligi va jarohatliligi tomonlarini hisobga olgan holda suitsidal 
urinish usulini tanlaydi. Tanlash davri ko‘pincha 1 soatdan bir necha kungacha 
bo‘lishi mumkin. Suitsidal urinish usuli haqida ma’lum qarorga kelingan o‘z 
suitsidal niyatini amalga oshirib qulay sharoit va imkoniyat poylaydi. Ba’zan 


96
suitsident tomonidan qulay imkoniyat va shart sharoitning yaratilishi uchun shaxsiy 
intilishning namoyon qilinganligining guvohi bo‘lamiz.
Oldindan rejalashtirilgan haqiqiy mazmunga ega bo‘lgan suitsidal xulqda 
suitsidal uy va niyatlarning shakllanishi ko‘pincha aniq sabab va bahonalarga 
bog‘liq bo‘lganligi kuzatiladi. Bunday sabab va bahonalar asosan shaxslararo 
nizolar, sevgan kishisidan ajralish (bu ko‘pincha pubertat va pubertatdan keyingi 
yosh davrlarida kuzatiladi). Kattalar tomonidan adolatsiz munosabat va boshqalar 
bo‘lib hisoblanadi. Bu ko‘rinishdagi suitsidal urinishlar suitsidentning birinchi 
qo‘liga duch kelgan narsa bilan emas, balki oldindan tayyorlab qo‘yilgan narsalar 
bilan amalga oshirilganligini ko‘ramiz.
Ambivalent suitsidal xulq asosida sodir etilgan suitsidal urinishlar asosan katta 
yosh davrlariga to‘g‘ri keladi. Autoagressivlik asosan kichik pubertat yosh davridagi 
bolalarda kuzatiladi. Yosh ortib borishi bilan esa agressivlik atrofga 
yo‘naltirilganligining guvohi bo‘lamiz. Ambivalent suitsidal urinishlarda motiv 
rolini ko‘pincha kattalarning adolatsiz munosabatlari, shaxslararo nizolar va sevgi-
muhabbatdagi muvaffaqiyatsizlik kabilar o‘ynaganligini ko‘ramiz. Shuningdek, 
ruhiy nosog‘lomlik holati ham ba’zan motiv sifatida namoyon bo‘ladi. Bu 
ko‘rinishdagi suitsidlarda suitsidal urinish usulini tanlash va uni amalga oshirish 
ba’zan rejani oldindan o‘ylangan usul orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, ba’zan esa 
oldindan o‘ylanmagan suitsidal urinish usuli orqali sodir etilgan. 
Ambivalent suitsidal xulq asosida sodir etilgan suitsidlarda suitsidentlar 
suitsidoldi psixik holatlarida emotsional beqarorlik psixologik himoyalanish 
funksiyasining izdan chiqishi, dil azobi, qo‘rquv kabilarni namoyon qilishganligi 
kuzatiladi. Ambivalent suitsidal xulq asosida sodir etilgan suitsidlarning psixologik 
ma’nosi “azob uqubatdan o‘zini olib qochish”, “isyon” va “nizoli vaziyatdan 
qutulishga nisbatan intilish” mazmuniga ega ekanligi namoyon bo‘ladi.
Bolalar va o‘smirlar tomonidan sodir etilayotgan suitsidal urinishlarning 
uchdan biri kuchli ta’sirlanish va affektiv qo‘zg‘alishlar tufayli amalga oshirilgan. 
Anglanilgan va shaxs tomonidan qayta ishlangan ruhiy jarohatli vaziyat 
reaksiyalari mu’lum tipdagi maqsadga yo‘naltirilgan suitsidal xulqni yuzaga 
keltirsa, affektiv reaksiyalarda psixogen vaziyat shaxs tomonidan chuqur anglanilib, 
kayta ishlashga ulgurmaydi va ko‘pincha xulqni izdan chiqaruvchi elementlar bilan 
to‘yingan affektiv javobga olib keladi. Bunday holatlarda suitsidal xulq 
mexanizmining xususiyati “qisqa tutashuv reaksiyalari” deb nomlanuvchi affektning 
uzoq muddat yig‘ilib boruvchi va bunda bahona emotsional portlashga olib keluvchi 
faqat “oxirgi tomchi” rolini o‘ynovchi reaksiyalarga yaqin ekanligining guvohi 
bulamiz.
Affektiv suitsidal urinishlar individning hayotiy kechinmalarni boshdan 
kechirish jarayonida o‘z umid va rejalarining birdaniga, to‘satdan yo‘qqa chiqishi 
okibatida nizolorni bartaraf etish imkoniyatining yo‘qolishi, ya’ni frustratsiyaning 
negativ ta’sirini pasaytirishga erisha olmasligi natijasida sodir etilayotganligi 
kuzatiladi. Affektiv suitsidal urinishlarda motiv rolini asosan shaxs qadr-
qimmatining pasayishi, sevgi muhabbatga bog‘liq bo‘lgan nizolar va kattalar 
tomonidan adolatsiz munosabatlar, hamda noo‘rin tanbeh va jismoniy jazolashlar 


97
uynaganligining guvohi bo‘lamiz. Bu xildagi suitsidal urinishlar oldindan 
uylanganligining suitsidal uy va niyatlar asosida sodir etilmaganligi tufayli oldindan 
o‘ylangan suitsidal urinish usuli orqali emas, balki, kuchli ko‘zg‘alish holatlarida 
qo‘liga birinchi duch kelgan narsa orqali amalga oshirilganidir. 
Affektiv qo‘zg‘alish tufayli o‘z joniga qasd qilgan bolalar va o‘smirlar 
suitsidoldi emotsional holatida dil og‘rig‘i, vaziyatdan qutulishning iloji yo‘qligini 
his etish, qo‘rquv, g‘azab va vajohatlilik sifatlarini namoyon qilishgan. Bunday 
suitsidal urinishlarda suitsidal urinishning psixologik ma’nosini nomutanosib 
vaziyatga nisbatan o‘z norozichiligini bildirish maqsadida “isyon” “azob uqubatdan 
qochish” va “yordamga chaqirish” mazmuniga ega ekanligi namoyon bo‘ladi. 
Suitsidal urinishning boshqa turlari singari affektiv suitsidal urinishlarning ham 
psixologik ma’nosi xilma-xil va turlichadir. Buni affektiv holatida sodir etilgan 
suitsidlarni psixologik ma’nosini ifodalovchi ko‘rsatgichlar ham ko‘rsatib turibdi. 
“O‘z-o‘zini jazolash” va “voz kechish” kabilar affektiv suitsidlarda suitsidal 
urinishning psixologik ma’nosi sifatida o‘ylanmaganligini ko‘ramiz.
Affektiv holatda sodir etilgan suitsidal urinishlarda suitsidal o‘y va niyatlarning 
shakllanishi hamda amalga oshirilishida suitsidentning shaxs va individual 
psixologik xususiyatlari, ustanovkalari, qadriyatlari orientatsiyasining o‘rni katta 
ekanligi namoyon bo‘ladi.
Bolalar va o‘smirlar affektiv reaksiyalar orqali sodir etilgan suitsidlarni tadqiq 
qilish natijalari ularda affektiv reaksiyalarning quyidagi ko‘rinishlari mavjudligini 
ko‘rsatish mumkin:
1. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling