Ўзбекистон республикаси халқ


 Obyektning jinsi bo‘yicha ruhiy-jinsiy yo‘nalishning buzilishi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106
Bog'liq
Binder1

 
6.4. Obyektning jinsi bo‘yicha ruhiy-jinsiy yo‘nalishning buzilishi 
Gomoseksualizm (yun. homois - bir xil va lot. sexus - jins) – o‘z jinsidagi 
shaxslarga jinsiy moyillik, shuningdek ular o‘rtasidagi jinsiy aloqalar. 
Gomoseksualizm kechki paleolit davridan buyon ma’lumdir: tasdiqlovchi 
qoyaga o‘yilgan tasvirlar topilgan. Sotsiobiologik konsepsiyalarga ko‘ra, 
gomoseksualizm ilk insoniyat jamiyati tuzilishida muhim element kabi rivojlangan. 
Ota-onalik burchidan qutulgan urug‘ guruhining gomoseksual a’zolari yaqin 
qarindoshlariga ov qilishda, uy ishlarida, bola tarbiyasida yordam bera olgan. 
Modomiki, bunday yordam urug‘ning omon qolishi va bola-chaqani o‘stirish 
imkoniyatini ko‘paytirgan ekan, urug‘ning umumiy genlari o‘z jinsini afzal bilish 
genlari bilan birga avloddan-avlodga o‘tib borgan. Shunday qilib, gomoseksuallikka 
moyillik urug‘ning kollateral (yon) chiziqlari orqali rivojlanishi mumkin bo‘lgan. 
Taxminan 6% erkaklar va 4% ayollar favqulodda gomoseksual yo‘nalish olgan deb 
hisoblanadi, erkaklarning kamida uchdan bir qismi va ayollarning kamida to‘rtdan 
bir qismi epizodik yoki vaqtinchalik aloqalarga kirishgan. Hozir gomoseksualizm 
deyarli hamma mamlakatlarda qayd qilingan, zero ayrim mamlakatlarda 
gomoseksual nikohlarga rasman ruxsat berilgan. 
Gomoseksualizmning tabiati to‘g‘risidagi bahslar ancha ilgari boshlangan va 
yondashuvlarning prinsipial farqi topilgan. XIX asr oxirlarida fransuz mutaxassisi 
O.Tardye gomoseksualizmga hatto jinsiy organlarning anatomo-morfologiyasida 
namoyon bo‘luvchi va bichib qo‘yishgacha bo‘lgan jazo choralarini talab etuvchi 
ma’naviy va jismoniy majruhlik deb baho bergan. Boshqalar unchalik jur’atli 
bo‘lmagan. Nemis olimi K.Ulrixs gomoseksualistlar genitaliylar erkakchasiga 
rivojlanadigan, miya bo‘linmalari esa ayollar tipi bo‘yicha rivojlanadigan noto‘g‘ri 
embrional rivojlanishning qurbonlari, degan g‘oyani ilgari surgan. Hozirgi vaqtda 
gomoseksualizmni tushuntirish ikki nazariya asosida amalga oshiriladi. 
Tibbiy-biologik yondashuv. Gomoseksualizm miyaning jinsiy differensiatsiyasi 
jarayonidagi buzilish deb belgilanadi. Gomoseksual erkaklarda miyaning noto‘liq 
maskulinizatsiyasi va uning gomoseksual ayollardagi qisman maskulinizatsiyasi 
shuni ko‘rsatadi. Miyaning jinsiy differensiatsiyasi buzilishlari, o‘z navbatida, 
gipotalamusning garmonal ta’sirlari sezuvchanligini buzib ko‘rsatilishini ifodalaydi. 
Jinsiy yo‘nalish olish nazariyasi. Gomoseksualizm ilk bolalik, so‘ngra 
o‘smirlik yoshida ota-onalarining ta’siri, masalan qarama-qarshi jinsga nisbatan 
yoqimsiz munosabatlarga ishontirish ostida jinsiy tarbiyaning yetarli emasligi 
oqibatida yuzaga keladi. Bunday tarbiya ayniqsa, ayollarda namoyon bo‘ladi. 
Onaning qizini erta yo‘ldan urishlarga barham berishga va qizini hamma erkaklar 
razil va qabih ekanligiga ishontirishga urinishlari erkaklarga salbiy munosabatni 


130
shakllantiradi, bu esa geteroseksual moyillik paydo bo‘lishiga va tengdoshlari bilan 
muloqotga kirishishga xalaqit berishi mumkin. 
Shuningdek, soxta-yolg‘on yoki vaziyatli gomoseksualizm mavjud. U o‘z 
jinsidagi shaxslar bilan, libido yo‘nalishi bilan emas, balki ilojsiz holatlar 
(majburlash, yo‘ldan urish, g‘arazgo‘ylik va sh.k.) sababchi bo‘lgan jinsiy aloqalarni 
anglatadi. Gomoseksual aloqalar, shuningdek odatda ajratib qo‘yilgan bir jinsli 
guruhlarda yuzaga keladi (masalan qamoq) sun'iylik xarakteriga ega va 
geteroseksual sheriklar topilganida to‘xtatiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling