Ўзбекистон республикаси халқ
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Binder1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nekrofiliya
Zoofiliya – hayvonlarga bo‘lgan jinsiy moyillik va ular bilan aloqadan jinsiy
lazzat olish. Zoofiliya ko‘proq chorvachilik zonalarida uchraydi. Garchi zoofiliya barqaror mustahkamlanishi va to‘g‘ri jinsiy hayotning o‘rnini to‘liq bosishi mumkin bo‘lsada, ko‘proq bunga aqli cheklangan shaxslar duchor bo‘ladi. Odatda kishida hayvonga turg‘un jinsiy moyillik yuzaga kelmaydi va to‘g‘ri jinsiy qoniqish olish imkoniyati paydo bo‘lganda aloqa to‘xtaydi. Erkaklarga jinsiy lazzat olish obyekti sifatida uy hayvonlari: echkilar, qo‘ylar, urg‘ochi eshaklar, otlar, sigirlar, cho‘chqalar xizmat qiladi, lekin kazuistika sifatida uy parrandalari (tovuqlar, g‘ozlar) va mayda jonivorlar (quyonlar, mushuklar va hokazo) bilan jinsiy aloqa qilish holatlari ham uchrab turadi, bu esa odatda sadizm alomatlari bilan kechadi. Aksariyat hollarda erkaklarning hayvonlar bilan muloqoti jinsiy aloqa ko‘rinishida o‘tadi. Ayollar orasida zoofiliya ancha kam tarqalgan bo‘lib, ko‘pincha itlar va mushuklar bilan kunnilingus sifatida o‘tadi. Nekrofiliya – murdalarga jinsiy moyillik va ular bilan shahvoniy harakatlar sodir qilish. Ikkala jins bolalaridagi orgazm ko‘pincha qo‘rquv va xavotir affekti bilan birlashadi, shuning uchun jinsiy qoniqish uchun bola ba’zan qo‘rqinchli hikoyalar o‘qish yoki xayoliga shunga xos tasavvurlarni keltirish yo‘li bilan o‘zini xavotir holatiga olib keladi. Bu holatning yuzaga kelishida nafaqat bolalarni qabristonlar, murdalar va o‘liklar bilan qo‘rqitish, balki aksariyat bolalarning 127 rivojlanishning mazkur bosqichida bu hikoyalarni o‘zlashtirish, “qo‘rquvni his qilish tashvishlariga bo‘lgan ehtiyoj”ga intilishi ma'lum ahamiyatga egadir. Ko‘pincha nekrofiliya ruhiy kasallar, birinchi navbatda, aqli zaiflik yoki psixopatik doira bilan kasallangan bemorlarda uchraydi. Bundan tashqari, nekrofiliyaning shakllanishida murdani xor qilish va tahqirlashda namoyon bo‘ladigan sadizm yoki murda bilan aloqa qilishdagi jirkanish va fosh bo‘lishdan qo‘rqish bilan bog‘liq mazoxizm ma’lum rol o‘ynaydi. Murda bilan jinsiy aloqa qilish uchun obyekt izlash ma’lum qiyinchiliklarni namoyon qiladi. Nekrofillar murdalarni poylab yuradilar, o‘lik bor uylarga kirib olishga urinadilar, ular o‘likxonalarga ishga joylashadilar. Favqulodda kam hollarda nekrofillar lazzat olish obyektini izlab qotillikka qo‘l uradilar, shundan so‘ng qurbonning murdasi bilan jinsiy aloqa qiladilar. Bunday hollarda qotillik sadistcha odatlarni qondirish bilan bog‘liq bo‘lmaydi, balki oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish vositasi sifatida xizmat qiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling