Ўзбекистон республикаси халқ


 Jamiyatga qarshi ( sotsiopat) shaxs


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet88/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   106
Bog'liq
Binder1

7.4. Jamiyatga qarshi ( sotsiopat) shaxs 
Aniq bir shaxsda ustivorlik qilayotgan va odatda ko‘proq namoyon bo‘ladigan 
sabablar, shaxsning umumiy yo‘naltirishini belgilaydi. Chet eldagi psixologik va 
tibbiy adabiyotlarda katta yoshdagilarning (18 yoshdan) delinkvent xulq-atvorini 
tavsiflash uchun quyidagi atamalar keng qo‘llaniladi: “jamiyatga qarshi”, 
“sotsiopatik”, “psixopatik” shaxs. Ushbu tushunchalar biz uchun odatiy bo‘lib 
qolgan tushunchalar - “kriminal shaxs”, “xarakterologik psixopat” bilan teng emas 
va tibbiy tashxis sifatida qo‘llab bo‘lmaydi. Sotsiopatik (jamiyatga qarshi) shaxs – 
shaxs faoliyatining chuqur psixologik mexanizmlari orqali tavsiflangan psixologik 
turi. Sotsiopatik dinamikaning tadqiqotiga asosiy hissani psixoanalitik yondashuv 
vakillari qo‘shgan. O‘zining muammoli o‘smirlar bilan olib borgan ishi tufayli 
mashhur bo‘lgan Avgust Ayxorn (1876-1949), delinkventlikka quyidagicha tavsif 
beradi - “dinamik hodisa, o‘zgarishlar sodir etayotgan psixik kuchlarning o‘zaro 
harakatlar natijasi”.
Ushbu o‘zgarish eng avvalo Ego va Super Ego o‘rtasida o‘zaro 
munosabatlarning buzilishi. Super Ego (markaz sifatida) shakllanmagan bo‘lishi 
mumkin, boshqa vaziyatlarda u haddan tashqari qattiq va jazolovchi bo‘lishi 


141
mumkin. Nihoyatda, Ego – idealda (Super Egoning qismi sifatida) mavjud 
jamiyatga qarshi identifikatsiyalar shaklida bo‘lishi mumkin. 
N.Mak-Vilyams sotsiopatik shaxsni boshqalar ustidan hukmronlik qilish 
namoyon qilingan ehtiyojini sezish orqali ta’riflaydi. Bu insonlarga ta’sir 
o‘tkazishga intilish, ularni boshqarish, ular ustida “ko‘tarilish” sifatida namoyon 
bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta’kidlashicha, ushbu fe’l-atvor insonga 
bog‘lanib qolish asosiy qobiliyatining yo‘qligi bilan bog‘liqdir.
Bunda ijtimoiy adaptatsiyaning darajasi turlicha bo‘lishi mumkin. A.Ayxorn 
ochiq va latent delinkventlik tushunchasini kiritdi. Garchi birinchi vaziyatda 
jamiyatga qarshi harakatlar o‘rinli bo‘lsa, ikkinchisida esa – holat mavjud bo‘lib, 
tashqi namoyon etilmaydi. 
Shaxsning jamiyatga qarshi tuzilishi bo‘lgan inson albatta jinoyat sodir 
etadigan emas, ammo uning hayotini butunlay maxsus motivatsiya belgilaydi. Ba’zi 
bir hurmatga sazovor kasblar vakillari, shubhasiz, boshqalarga nisbatan ko‘proq 
darajada bosim o‘tkazish va boshqarishga moyillikni namoyon etadilar (pedagoglar, 
sudya, xirurglar), o‘z individualligini jamiyat qiziqishlari bilan qo‘shib yuboradilar.
Qonunbuzarlik yo‘liga tushgan shaxslar, albatta, ushbu psixologik tashxis 
nuqtai nazaridan yetarli darajada tavsiflanishi mumkin. Qiziqarli fakt shundan 
iboratki, agar sotsiopatik shaxs qamoqdan yoki o‘zini yo‘qotishdan qochishga 
ulgurgan bo‘lsa, u o‘rta yoshga qarab “yonib kul bo‘lish” tendensiyasiga ega bo‘ladi 
(40 yoshiga qarab), odatda “namunaviy fuqaro” darajasiga yetadi.
Psixoanaliz delinkventlarni, o‘zining ichki muammolarini hal eta olmaydigan 
kishilar sifatida o‘rganadi. Jamiyatga qarshi insonlar reallikdan uzilib qoladilar va 
ichki borliqdan, davlat tomonidan qonunda ta’qiqlangan harakatlarni sodir etish 
orqali himoyalanadilar. Sotsiopatik insonlarning asosiy psixologik himoyasi – 
hamma narsaga qodir nazoratdir. Ular shu bilan birga proyektiv identifikatsiyani, bir 
qator dissotsiativ jarayonlarni va tashqi harakatni qo‘llaydilar. Mak-Vilyams 
ta’kidlaganidek, bosim o‘tkazishga ehtiyoj, ustivorlik ahamiyatga ega. U uyatdan 
himoya qiladi (ayniqsa dag‘al psixopatlarda) yoki jinsiy (seksual) perversiyalar 
qidirishdan chalg‘itadi (bular ham kriminallik asosida yotishi mumkin).
Delinkvent xulq-atvorda odatda shaxs negativ fazilatlarini jamiyatga 
proyeksiya qilishi qo‘llaniladi. Bunda jamiyat borligiga nisbatan yomondek tuyiladi, 
ammo huquq-tartibot organlari vakillari eng salbiy “ment” xarakteristikasigacha 
pasayadilar. Sotsiopatlarda mashhur vijdonning yo‘qligi, faqatgina zaif Super Ego 
haqida dalolat bermasdan, balki boshqa insonlarga nisbatan ilk o‘zaro bog‘liqliklar 
yetishmovchiligi haqida ham dalolat beradi. Jamiyatga qarshi shaxslar uchun boshqa 
insonlar qadriyati, ularning foyda keltirishi bilan tasavvur qilinadi, bu esa 
oxirgilarning tanbeh eshitishga ochiq yoki ongsiz roziligi bilan aniqlanadi. 
Sotsiopatik insonlar o‘z g‘alabalari va aldovlari bilan ochiqchasiga maqtanadilar, 
agar bu – tinglovchiga ularning kuchi haqida taasurot qoldirsa. Qonun himoyachilari 
hali hanuz hayron qoladilar, jinoyatchilarninng qanchalik jinoyatni yengil tan 
oladilar va bu vahshiyliklar haqida xotirjam so‘zlab beradilar, bu borada ularning 
fikricha, zaiflik belgisi bo‘ladigan harakatlarini yashirish kerak.


142
O‘z xulq-atvori tufayli delinkventlar noqulaylikdan azob tortishi haqida 
ma’lumot ularga psixopatik va ijtimoiy ta’sir o‘tkazishning asosiy qiyinchiliklaridan 
biri.
Shunday qilib, sotsiopatik shaxsning o‘zini boshqarishning asosiy mexanizmi 
ichki zo‘riqish va negativ hissiyotlarni tashqi ijro etilishi. Bu vaziyatda, bunday 
insonlarda harakatlanishga tezkor turtki paydo bo‘ladi. Ular shaxsiy impulslarini 
boshqarish orqali o‘z hurmatini oshirish tajribasiga ham ega emaslar. Sotsiapatlarni 
odatda yetarli darajada xavotir olmaydiganlar sifatida ko‘rib chiqadilar. N.Mak-
Vilyams bu vaziyatni “zaif” hissiyotlarini tan olmaslik va tashqi ijro etish juftiligi 
bilan izohlab beradi. Bu degani, agar sotsiopat xavotirlansa, u buni shunday tezkor 
ijro etadiki, hattoki atrofidagilar ham buni sezmay qoladilar. 
Jamiyatga qarshi yo‘naltirishning shakllanish mexanizmi ham tushunarli 
darajada emas. Bolalar tug‘ilganidanoq temperament sifatlari bilan farqlanishi 
isbotlangan. Ushbu vaziyatda sotsipatiya tuzilmasining shart-sharoitlari sifatida, 
masalan, bazalt agressiya yoki asab tiziminig past reaktivligi (qo‘zg‘alishning 
balandroq darajasi) chiqishi mumkin. Haqiqatdan ham, o‘zini yaxshi va tetik his 
qilishi uchun, sotsiopat keskin va tebranib turuvchi tajribaga muhtojlikni sezadi. 
Maxsus tuzilishi bunday insonlarning o‘tkir hissiyotlarga intilishlarini izohlab 
beradi, ularning pedagogik ta’sir qabul qilishning va ijtimoiy ruxsat etilgan xulq-
atvorni o‘rganishning past qobiliyati, boshqa insonlar uchun oddiy bo‘lgan 
narsalardan, musiqa, tabiat, yaxshi kasbdan rohatlanishga imkoniyatning yo‘qligi. 
Tug‘ma serg‘ayrat, talabchan yoki garang bola tarbiyasida otaning ishtirok etishi 
odatdagidan yanada zarurroqdir. Ota-onasiga nisbatan serg‘aytrat va harakatchan 
bola, atrofidagilarning xulq-atvorini mohirona boshqarib turib, o‘zi xohlagan 
hamma ishini qilib, boshqa insonlar ehtiyojlarini pisand qilmaslik mumkinligini 
o‘zlashtirib olishi mumkin.
Bunday bolalar va ota-ona munosabatlari uchun: o‘zgaruvchanlik, intizom 
yo‘qligi, yon bosish, emotsional tushunmovchilik, ishlatish va ba’zan vahshiylik. 
Jamiyatga qarshi insonlarning bolaligi nazoratsizlik, xavflar va xaos mavjudligi 
(qattiq intizom va me’yoridan ortiq yon bosishning xaotik qorishmasi; zaif ona va 
qiziqqon sadist ota; oilada alkogolizm va giyohvandlik; oiladan uzilishlar). Bunday 
o‘zgaruvchan va xavfli sharoitlarda bola rivojlanishining zarur bosqichlarida 
himoyalanganligini sezmaydi, bu esa uni hamma narsaga qodir ekanligini tasdiqlash 
uchun, umrining qolgan qismini sarflashga majbur etadi.
Jamiyatga qarshi shaxslar oilalari uchun umuman olganda o‘z hissiyotlarini 
tushunish va aytib berish g‘ayrioddiy (alesitmiya hodisasi)dir. Biz ko‘pchiligimiz 
o‘z shaxsiyatimizni ifodalash uchun so‘zlarni qo‘llasak, sotsiopatik shaxslar esa 
so‘zlarni boshqarish uchun qo‘llaydilar. Ota-onalar bolaning emotsional 
ehtiyojlariga javob bera olmaydilar. Qachonki pedagoglar yoki boshqa biror kishi 
bolalarining xulq-atvorini chegaralab qo‘ysa ular ham ongsiz tarzda bo‘ysinmaslikni 
va avtoritetga nisbatan nafratni namoyon etishlari mumkin, g‘azab bilan reaksiya 
bildiradilar. Umuman qaraganda, ota-onalar bola kuchini namoyon etish jarayoniga 
chuqur kirib ketishgan bo‘lishadi, sotsiopat esa to‘g‘ri yo‘l orqali muhabbat va ota-


143
onaning u bilan fahrlanishi orqali o‘zini hurmat qilishga erishish yo‘lida jiddiy 
qiyinchiliklarga duchor bo‘ladi.
Eng destruktiv, kriminal psixopatlar hikoyalarida oilaning ketma-ketlik bilan, 
sevish va himoya qilish ta’sirini topib olishning deyarli imkoniyati yo‘q. Z.Freyd 
ta’kidlashicha, “muhabbatnig ishonuvchanligi - avtoritet uchun eng muhim va 
birinchi manbaa bo‘ladi”. Jamiyatga qarshi individ, ehtimol, umuman bog‘liqlikning 
normal darajasini va haqiqiy muhabbatni boshidan kechirmagan. U o‘zining 
boquvchilaridan ibrat olmagan. Buning o‘rniga ehtimol “begona self ob’ekt” bilan 
identifikatsiya mavjud bo‘lgan, bu ob’ekt yirtqich sifatida qabul qilinadi. 
Meloy sitatasini keltirib, Mak-Vilyams “birlamchi ota-ona qiyofasi bilan 
chuqur va ongsiz identifikatsiyalar yetmasligi, ayniqsa, arxetipik, jamiyat va 
umuman insoniyat madaniyati bilan yo‘naltiruvchi identifikatsiyalar yetmasligi” 
haqida fikr bildirgan.
Bolaning oiladan tashqari kattalar bilan keyingi aloqalari uning shaxsiyatini 
zarur identifikatsiyalar bilan boyitmaydi. Atrofidagi insonlar qoniqishga 
ko‘maklashayotgan holatda yaxshi ko‘radilar va bir marta rad etishi bilan yomon 
ko‘radilar. 
To‘la-to‘kis “Super Men”lik yo‘qligi tufayli, aybdorlik hissini olib keluvchi, 
hech qanday ichki talablar ham mavjud emas. Biroq, xulq-atvorning asoratlarini 
intellektual tushunishi mavjud, ammo emotsional tushunish yo‘q. Hozirgi daqiqada 
(yoki ayni paytda) – rohatlanish, kelajakda rohat olmaslikdan ko‘ra muhimroqdir. 
Shunday qilib, erta ob’ekt munosabatlarining buzilishi jiddiy shaxs 
parchalanishiga olib keladi. Bu esa yaqinlik va avtoritetlarni tan olishni o‘rnatish 
qobiliyati yo‘qligi kechinmasi sifatida o‘tadi. 
Yaqqol o‘xshashiga qaramasdan, O.Kernberg “jamiyatga qarshi” guruhni 
o‘zining psixologik bir xilligini belgilab o‘tadi: 
1. Shaxsning, xususan jamiyatga qarshi buzilishi, eng avvalo Super Egoning og‘ir 
patologiyasi bilan tavsiflanadi. Bu aybini va iqrorligini sezish qobiliyati yo‘qligi; 
emotsional bog‘lanish qobiliyatining yo‘qligi (hattoki hayvonlarga ham); insonlarni 
ishlatishga asoslangan munosabatlar; yolg‘onchilik va samimiyatsizlik; fikrlash 
zaifligi va hayotiy tajribasidan foydalana olmasligi; hayotini reja asosida boshqara 
olmasligi. Bir xil vaziyatlarda bunday xulq-atvor faol agressiv shaklga ega bo‘lishi 
mumkin (qahrli - sadistik), boshqa vaziyatda passiv-parazitik (ekspluatatsiya); 
2. Agar xususan jamiyatga qarshi xulq-atvor aniqlanmagan bo‘lsa, yomon sifatli 
narsissizm o‘rinli bo‘lishi mumkin. U shaxsning tipik narsistik buzilishlarida 
ifodalanishi mumkin (dabdabalik, “Men”likning ustivorligi), fe’l-atvorida ildiz 
otgan agressiya (boshqalarga nisbatan sadizm yoki o‘ziga yo‘naltirilgan agressiya 
(autoagressiya)), paronoidal tendensiyalar va o‘zining haqligiga ishonchi. Jamiyatga 
qarshi shaxsdan farqliroq, yomon sifatli narsissizm holatida boshqa insonlarga 
bog‘liqligini va e’tibor yoki aybdorlik hissi saqlanib qolishi. Bunday insonlar 
boshqalarda ma’naviy e’tiqodlar mavjudligini tushunishi mumkin, o‘zining 
o‘tmishiga real munosabatda bo‘ladilar va kelajakni rejalashtira oladilar; 
3. Keyinchalik, jamiyatga qarshi xulq-atvor (asosan passiv-parazitik) shunchaki 
shaxsning narsistik buzilishi tuzilmasida uchrashishi mumkin, bu yerda uzoq chuqur 


144
yaqinlik qobiliyatining yo‘qligi ustivorlik qiladi. U seksual addiksiyalar shaklida; 
mas’uliyatsizlik; boshqalarni emotsional yoki moliyaviy ekspluatatsiya qilish 
shaklida namoyon bo‘lishi mumkin; 
4. Keyingi guruh shaxsning boshqa buzilishlaridagi jamiyatga qarshi xulq-atvorini 
qamrab olgan (infantil, isteroid va h.); 
5. Shaxsning nevrotik buzilish holatida, jamiyatga qarshi xulq-atvor ongsiz 
aybdorlik hissidan kelib chiqadi, bu odatda shaxsiy fojia sifatida ko‘rinishi mumkin. 
Masalan, fosh etilishdan va ishdan bo‘shatishdan qo‘rqib, inson ishxonasidan mayda 
narsalarni o‘g‘irlaydi. 
6. Jamiyatga qarshi xulq-atvorni o‘smirlik yoshidagi qo‘zg‘alish shaklida, psixik 
nizolarni jamiyatga qarshi xulq-atvorga o‘tkazilishini yengillashtiradigan, 
atrofidagilar ta’siri ostida adaptatsiyaning buzilishi, simptomatik nevrozning bir 
qismi sifatida ko‘rib chiqish mumkin;
7. Nihoyat, bu dissotsional reaksiyalar bo‘lishi mumkin – jamiyatga qarshi xulq-
atvorli ijtimoiy kichik guruhga notanqidiy adaptatsiyasi. 
Shunday qilib, bunday psixologik reallik, shaxsning delinkvent xulq-atvori 
sifatida, o‘zida umumiy qonuniyatlarini mujassam etgan, hamda individual o‘ziga 
xoslikni ifoda eta oladi. 
Delinkvent shaxslar bilan muomalada ularning ishonchsizligini hamda 
aybdorlikning provokatsiyasini (imkon darajasida) inkor etish maqsadga muvofiq. 
Bundan kelib chiqadiki, ularda bolalikda qoniqtirilmagan, “ular o‘zini qo‘lga olib 
biladi, ammo o‘zgartirilgan kuchli yaqinlik xohishiga egadir”. 
Jamiyatga qarshi xulq-atvor muammosida faqatgina abstrakt ijtimoiy hodisa 
mavjud emas. Kundalik hayot har bir kishi oldida qiyin vazifalarini qo‘yadi: 
kriminogen ahvolning ta’siriga berilmaslik, qo‘rqishdan qochish, o‘zini va o‘z 
oilasini himoya qilish, qonunga bo‘ysinuvchi farzandlarni tarbiyalash, insonlarga 
jamiyatga qaytishiga (qonunbuzarlik yo‘liga tushganlarga) yordam berish. 
Qo‘yilgan vazifalar davlat va uning fuqarolari tomonidan katta kuch-qudrat talab 
qiladi. Bu bilan bir vaqtdayoq, jinoyatchilik muammosining yechimi huquqbuzar 
xulq-atvorni, shaxsning og‘ma xulq-atvori sifatida, jiddiy ilmiy o‘rganish bilan 
chambarchas bog‘liq. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling