Namoz Rasulov


Download 305.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana11.10.2023
Hajmi305.64 Kb.
#1697346
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8999 (1)



1 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n
 
Namoz Rasulov
 
 
 
 
 
 
She’r san’atlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


2 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n
Badiiy san`atlar 
 
1. Iyhom (arabcha shubhaga solish, chalg‘itish)
— 
shubhaga tushirishdir (Vohid Tabriziy), ya’ni bir baytda ikki xil 
(biri ochiq, ikkinchisi sirliroq) ma’noni ifodalash san’atidir. 
 
Labing bag‘rimni qon qildi, ko‘zimdin qon ravon qildi, 
Nega holim yomon qildi — men andin bir so‘rorim bor. 
Zahiriddin Boburning g‘azalidagi bu baytda „so‘rorim“ 
so‘zi iyhom san’atini voqe qilyapti: Yorning labiga ishtiyoqlik 
oshiqning bag‘rini „qon“ qildi, ko‘zini qizartirib yubordi, holini 
yomon qildi, undan bir so‘rishgina bu azoblardan qutqarishi 
mumkin degan mazmun ifoda qilingan. Garchi birinchi qarashda 
kitobxon „so‘ramoqchiman“ degan yuzadagi ma’noni ilg‘asa-da, 
„so‘rmoqchiman“ tushunchasini anglagach, shubhasi tarqaladi. 
Lekin bu holatni ochiq-oydin ifodalamasdan, anglaydigan 
darajada sirli va pardali qilib tasvirlash — qalbni hayajonga 
soladi. 
 
2. Tazod (arabcha — qarshilantirish, zid)
san’atida shoir 
she’rida qarama-qarshi, bir-biriga zid ma’noli so‘zlarni qo’llaydi. 
„Tazod yuzakiroq qaraganda antiteza usuliga ham o‘xshaydi — 
ularning har ikkalasida ham bir-biriga zid tushunchalar 
yuzlashtiriladi, ayni choqda, ularning bir-biridan farqli jihatlari 
ham bor. Antitezada to‘qnashuvchi bir-biriga zid narsalar ikki 
mustaqil manbadan kelib chiqsa, tazoddagi to‘qnashuvchi bir-
biriga zid narsalarning kelib chiqish manbayi yagona: bir narsa 
ham yaxshilikning, ham yomonlikning kelib chiqishini o‘z ichiga 
qamrab oladi“ (To‘xta Boboyev. „Adabiyotshunoslik asoslari“, 
381-bet). 
 
E, Masihodam begim, bir dam ila bergil shifo, 
Sheva birla ko‘zlaring jonimni bemor ayladi. 
(Yorning (Masiho — Iso) dami (og‘zi) ko‘ziga qarama-
qarshi qo‘yilgan: ko‘zi bemor qiladi, dami — nafasi shifo beradi. 
Ayni zamonda ko‘z bilan og‘iz bir-biriga bog’liq, ikkalasi ham 
yomikidir.)
Ko‘rinadiki, tazodda zid qo‘yilgan ikki tomon (obraz, 
predmet) qiyoslanadi, ayni zamonda, uzviy ravishda bir-biriga 
mustahkam bog’lanib keladi. 

Download 305.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling