Namoz Rasulov


Download 305.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana11.10.2023
Hajmi305.64 Kb.
#1697346
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
8999 (1)

Bo`rini dag`i galadin dur qil, 
Suv beribon bog`ni ma`mur qil, 
Baytida to`rtta kinoya tashbih bor: bo`ri – bo`ridek talovchilar, 
gala – gala singari xalq, suv – suvdek zarur adolat, bog` - bog`ga 
o`xshash mamlakat. 
15.
Istiora 
– 
ko`chimning 
ko`p 
ishlatiladigan 
ko`rinishlaridan biri. Istiorada biror narsa hodisaga xos 
xususiyatlarni boshqa bir narsa-hodisaga ko`chirish orqali badiiy 
ma`no ifodalanadi. Lekin bu ko`chirishda tashqi o`xshashlik 
asosiy o`rin tutmaydi. Balki o`xshatilayotgan va o`xshayotgan 
narsa-hodisalar orasidagi ichki mantiqiy bog`lanishga, yaqinlikka, 
vazifalardagi umumiylikka tayaniladi. Istiorani qisqargan 
ko`rinishdagi o`xshatish deyish mumkin. 
Binafsha, sen uchun ko`kragim erk yeri
Bu yerdan ko`klarga uchgil. 
Cho`lponning “Binafsha” she`ridan olingan parchada “vatan” 
tushunchasi “ko`kragim” so`zi bilan, “ozod yurt” tushunchasi 
“erk yeri” so`zlari bilan ifoda etilgan. 
Ey gul, meni zor etmaki husnung chamanida, 
Ko`zni yumub ochquncha, bu gulzor topilmas. 
Boburning ushbu misrasida gul deyilganda “ma`shuqa” nazarda 
tutilgan.
 
16.
Tanosub – 
baytda, umuman, she`riy bandlarda ma`no 
jihatidan bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi so`zlarni 
qo`llash orqali hosil qilinadi. M: “bulbul” so`zi gul, bog`, chaman, 
navo so`zlari bilan; “Ka`ba” esa haj, farz, Tengri, ziyorat so`zlari 
bilan mazmuniy bog`lanib, yaxlit tushuncha, tugal ifoda va jonli 
lavha yaratadi: 


9 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n
Anda bir shoh hokim-u voliy
Mulki ma`mur-u himmati oliy. 
Ushbu misradagi shoh, hokim, voliy(hukmdor), mulk va ma`mur 
so`zlari hokimiyat tushunchasiga tegishli bo`lganidan tanosub 
hosil qilgan. 

Download 305.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling