Namoz Rasulov


Download 305.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana11.10.2023
Hajmi305.64 Kb.
#1697346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8999 (1)

 
9. Mubolag`a
– (giperbola), (lof urish, bo`rttirish) – 
tasvirlanayotgan narsa, shaxs va voqea-hodisalarning muayyan 
jihatlarini bo`rttirib, kuchaytirib tasvirlash usuli. Sharq klassik 
she`riyatida mubolag`a san`atiga she`r ziynati sifatida qarab
“Ahsanohu akzabahu” (eng yaxshi she`r – eng yolg`on she`rdir) 
degan naqlga amal qilganlar. 
Mubolag`a quyidagi turlarga bo`linadi: 
a) Tablig`
- tasavvur qilish mumkin-u, amalga oshirish 
qiyin bo`lgan bo`rttirilgan tasvir usuli: 
Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg`a ayt, 
Yig`larimning shiddatin gulbargi xandonimg`a ayt.
(Navoiy) 
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro` kelmadi, 
Ko`zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
(Navoiy) 
b) Ig`roq
tasavvur qilish qiyin, amalda mutlaqo 
bo`lmaydigan bo`rttirilgan tasvir usuli: 
 
Otlar kishnar, qizlar kuylar, tinmay ishlar dehqonlar, 
Quyosh oltin buloqdir, qaynar, oshar... Ko`k tiniq. (Oybek) 
c) G`uluvv
– tasavvur qilish juda qiyin bo`lgan, amalda 
bo`lishi sira mumkin bo`lmagan bo`rttirilgan tasvir usuli: 
Vah muhabbat ko`yida qon yig`ladim. 
Yetti iqlim g`arq bo`ldi yoshima. (Mashrab) 
Har qizil gulkim, yuzing shavqida olib isladim, 
Yetkach ohim shu`lasi oni sarig` gul ayladim.
(Navoiy) 


6 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n
Xalq og`zaki ijodi va mumtoz adabiyotimizda ba`zan 
orttirilgan 
mubolag`alar 
ham 
uchraydiki, 
ular 
adabiyotshunoslikda bulug`  yoki ifrot deb yuritiladi: 
 
Tikilsam quriydi daryoning gumi 
Na`ra tortsam qolar qo`rg`onning timi.
(“Alpomish”dan) 
Turfa qishloqi g`azabkarda, ki parrandalari –
Tovuqi ignachi-yu, o`rdag-u go`zi kapalak
(Maxmur “Hapalak”) 
Janobi shahg`a keldim bu jihatdin, 
Ko`zim yoshig`a toya-toya navro`z
(Ogahiy) 

Download 305.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling