Namoz Rasulov
Pari yo`q, oftobi hovariydur. 5. Irsol-u masal
Download 305.64 Kb. Pdf ko'rish
|
8999 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n
Pari yo`q, oftobi hovariydur.
5. Irsol-u masal (arabcha — maqol keltirish) she’riy baytda fikr qaymog‘ini tashuvchi, ayni paytda, judayam siqiq shakldagi maqollarni qo’llash san’atidir. 4 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n Sabr qilsang g‘o‘radin halvo bitar, Besabrlar o‘z oyog’idan yitar. (Gulxaniy ) Vahob Rahmonov yozishicha, „Ikki maqol keltirish, ya’ni irsol-u du masal namunasini Muhammad Niyoz Nishotiyning „Husn va Dil“ dostonidan ko‘raylik: Kimki qozar oqibat ul tushgusi, Kimki yoqar oxir o‘shal pishgusi... Shoir boshqa xalq maqollarini ham matnga jalb etsa, irsol-u masal san’ati namunasi bo’laveradi. Chunonchi, Mavlono Lutfiy g‘azali maqtaidan: Bir g‘amza yetar Lutfiyni devona qilurg‘a, Bordur masal: „ A1 oqil-u kamfihul ishora“. Ko‘ryapmizki, muallif „Oqilga ishora kifoyadir“ mazmunidagi arab maqolidan foydalangan“ („She’r san’atlari“, 12-bet). 6. Tajohul-u orif (arabcha — bilib-bilmaslikka olish) „Andin iboratturkim, so‘zlaguvchi bir nimani bilur, bir nuqta bila o‘zni bilmagandek ko‘rsatur“ (Atoulloh Husayniy). Ushbu san’at qo’llanilgan baytning mazmunida gumonsirash, ikkilanish, shubhalanish, hayratlanish, ajablanish tuyg‘ulari yaqqol ko‘zga tashlansa-da, shu hissiyotlar orqali haqiqat, asos jonli va go‘zal tarzda gavdalanadi. Mashrabning quyidagi g‘azalida tajohul-u orif san’atining dilbar ijrosini ko‘rish mumkin: Malaksan yo bashar yo hur-u gilmonsan, bilib bo’lmas, Bu Lutf-u bu nazokat birla sendin ayrilib bo’lmas. Ajab berahm dilbarsan, ajab sho‘xi sitamgarsan, Charog’i husni ro‘yingdin ko‘ngulni ham uzib bo’lmas. Yuzing oftobini ko‘rib hayron bo’lib qoldim, Falakka qo’l uzotib shamsi anvarni olib bo’lmas. Yuzing misli qizil guldir, ko‘ngul chun bulbuli shaydo, Bu gulni ishqidin bulbul chamondin ayrilib bo’lmas. Kel, Ey Mashrab, agar oshiq bo’lubsan bo’lmag’il g‘ofil, Bu g‘aflat uyqusidin, ey yoronlar, uyg‘onib bo’lmas. Download 305.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling