Namoz Rasulov


Nido.  Nido boshqa she’riy san’atlardan bevosita inson  qalbidagi


Download 305.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana11.10.2023
Hajmi305.64 Kb.
#1697346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8999 (1)

10. Nido. 
Nido boshqa she’riy san’atlardan bevosita inson 
qalbidagi
 
his va hayajonlarni ochiq va kuchli tasvirlab bera olish 
imkoniyati
 
bilan ajralib turadi. Insonning ichki tuyg‘ulari po‘rtana
 
misoli junbushga kelganida lirik qahramon olamdagi har
 
qanday 
narsa-hodisalarga, tabiatdagi istalgan narsaga, o‘zining
 
qalbiga, 
suhbatdoshiga murojaat etishi mumkin. Masalan,

Rustamxon” 
dostonida Sultonxon Rustamga «qo‘zim» deb
 
murojaat etadi: 
Necha kun, necha tun orada o‘tdi, 
Rustamga Sultonxon u so‘zni aytdi: 
– Quloq solgin xon otangning tiliga, 
Qo‘zim, ketayik-da Oqtosh eliga, 
Boshqa bir g‘azalida esa lirik qahramon yorga: «Ey Yusufi 
husn», – deya murojaat etadi. 
Atoyining «Hajringda, begim, oh degumdur dag‘i o‘lgum» 
deb boshlanadigan g‘azali oshiqona bo‘lib, unda suyuklisiga 
muhabbatni olamdagi hamma narsadan ortiq ko‘radigan oshiq 
holati ifoda etilgan. Shoir o‘z dil izhorlarini, hurmat va ehtiromini 
«begim» so‘zida mujassamlashtira olgan. 
 
Sensiz u jahon ayshi alamdur manga, ey do‘st, 
Shodlig‘i ham mehnat-u g‘amdur manga, ey do‘st. 
Alisher Navoiy lirik qahramonining ichiga sig‘may ketgan 
ruhiy holatini aks ettirish uchun tabiatga, aniqrog‘i tabiat 
hodisalaridan bo‘lgan saboga murojaat etadi: 
Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg‘a ayt, 
Yig‘larimning shiddatin gulbargi xandonimg‘a ayt. 
 
11. Tashxis – ar. “shaxslantirish”.
Arabcha “shaxs” 
o`zagidan olingan “ta” old qo`shimcha. Faqat insongagina xos 
bo`lgan jismoniy va ruhiy holatlarni tabiat manzaralari, jonzotlar, 
borliqdagi narsa-buyumlar hamda hayotdagi tushunchalarga 
ko`chirish san`atidir.

Download 305.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling