Namoz Rasulov


Download 305.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana11.10.2023
Hajmi305.64 Kb.
#1697346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8999 (1)

 
3. Kitobat - 
Atoiyning mashhur «Ul sanamkim» g`azali 
shunday yakunlanadi: 
 
Qoshlaring yosin Atoiy ko`rgali husn ichra toq,
Subhidam mehroblarda surayi «yosin» o`qir. 
Bir qarashda ushbu baytda takrorlanayotgan so`z («yosin») 
tajnis san`atini yuzaga keltirayotgani seziladi. Gapning «yo» harfi 
hamda «yosin» surasi ustida ketayotgani aniq. 


3 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n
Endi Lutfiyning quyidagi baytini kuzataylik: 
Halqa-halqa zulfikim ul mohi tobonindadur,
Ching`a boqsam doldek xurshid aning yonindadur. 
Bu yerda xurshid — quyosh «dol» harfiga o`xshatilmoqda. 
Bayt ma`nosi, u oy singari porlab turuvchi yorning sochlari halqa-
halqadir. Uning jingalak sochlariga qarasam «dol» harfidek 
quyosh (ya`ni yorning yuzi) uning yonida turibdi. Ushbu 
misollarda yoy, dol harflarining arab imlosidagi shaklidan 
foydalanilmoqda. 
Quyidagi misolda esa mim harfi e`tiborga olingan: 
Oytek yuzungda og`iz muvajjah tushubtur,
Har qaydakim qamar ila tushgay aroda mim. 
Oy va qamarning o`zaro ma`nodosh ekanligi yaxshi 
ma`lum. Mumtoz adabiyotimizda og`izning kichikligi go`zallik 
ramzlaridan biridir. Uning «rnim» harfiga o`xshatilishiga shu 
belgi asos qilib olingan. 
Ey, «mim» og`izli belingga ko`nglum qo`yub dedim, 
Rahmim kelurki qilcha beling yuki qof erur. Ushbu misolda «qof» 
so`zi ikki ma`noda kelyapti. Ularning biri «Qof» tog`ini anglatsa, 
boshqasi harf nomini bildiradi. 
Quyidagi misolda «jim» harfi badiiy tasvir vositasiga 
aylangan: 
Ko`rmish qora soch halqasi ostindan mengingni,
Jim o`rtasida ul kishikim nuqta solibdur.
Qora soch ostidagi meng (xol) «jim» harfi hamda uning 
nuqtasiga o`xshatilmoqda.
Mumtoz she`riyatimizda «alif» harfi qad, qomat tasvirini 
aks ettirgan: 
Chun o`larmen ul alifdek qaddu tor og`zing uchun,
Sen o`tarda turbatimdin qo`yg`usidur «oh-oh». 
Shuningdek, «be», «chim», «sod», «zod», «ayn», «kof», 
«lom», «nun» va boshqa arab harflari ham badiiy tasvirga 
tortiladi. 
4. Ruju
– arabcha “qaytish” – she`riyatda shoirning oldingi 
misra yoki baytda ifodalagan fikri, qo`llagan badiiy tasviriy 
vositasidan qaytgandek bo`lib, keyingi misra yoki baytda unga 
qaraganda kuchliroq ifoda, she`riy san`atni keltirihs yoki oldingi 
fikrni aniqlashtirish, to`ldirish usulidir. Mumtoz she`riyatimizda 
ruju ayniqsa, tashbeh qo`llangan misralarda ko`proq uchraydi: 
Kishiga o`xshamas, go`ya paridur, 
 

Download 305.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling