8 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n
Sanga binafsha kibi qaddi nigun,
Bosh ko`tara olmay uyotdin zabun
Ul ulus jondin ayru yel yanglig`,
Sayr etib suv yuzida yel langlig`
a) Mutlaq tashbeh – o`xshatishlarda ba`zan vosita tushib
qolib, tashbihda o`xshamish bilan o`xshatilmishgina
ishtirok
etadi. M: “qoshi hiloldek egik” o`rniga “qoshi hilol”; “qomati
sarvdek tik” o`rniga “sarvqomat”; “yuzi oydek” o`rniga “yuzi oy”
ishlatiladi:
Ermas alar tufrog`-u, sen nuri pok,
Xilqat alarg`a-u sanga – tiyra xok,
Baytida ham shu holatni ko`rish mumkin. Asos va vositaning
qo`llanish yoki qo`llanmasligidan qat`i nazar o`xshamish
bilan
o`xshatilmish ishtirok etgan o`xshatish san`ati
mutlaq tashbeh
(aniq o`xshatish
) deb ataladi.
b) Kinoya tashbeh – ayrim o`rinlarda o`xshamish ham
tushib, o`xshatilmishning o`zigina saqlanadi. “Hilol”, “sarv”,
“oy”, “gul” so`zlarining o`zi o`xshamishga
ham ishora qiladi va
bu
kinoya tashbeh (ishora o`xshatish) deyiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: