Namoz Rasulov
Maylni qo`yki, vola-u zor
Download 305.64 Kb. Pdf ko'rish
|
8999 (1)
Maylni qo`yki, vola-u zor ul,
Jon berib vasliga xaridor ul. Bu o`rinda o`z ma`nosiga ko`ra “sevgi tuyg`ulari” bilan bog`liq mayl, vola, zor, vasl, xaridor singari tanosub so`zlar “Sabbai sayyor” dostonidagi Mehrning ishqqa doir holatini, kechinmalarini ifodalab, yaxlit bir ruhiy manzara yaratgan. 17. Husni ta`lil – ar. “chiroyli dalillash”. Adabiy asarlarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biror sabab ko`rsatish san`ati: Qatra qonlarkim tomar ko`ksimga urg`on toshdin, Zahmdindur demakim, qon yig`lar ahvolimga tosh. Oshiq o`z ko`ksiga tosh urar ekan, yerga qon tommoqda. Shoirning fikricha, buning sababi toshning badanga yetkazgan yarasi emas, balki oshiq qalbiga urilgan tosh uning bag`ridagi g`amning kuchliligiga chiday olmasdan qonli yosh to`kib yig`lamoqda. Quyosh oydek yuzungning xijlatidin Qochib, to`rtinchi ko`k uzra chiqibdur. Lutfiy bu o`rinda yor — ma`shuqa yuzini ta`riflamoqda. Yorning yuzi quyoshdan ham, oydan ham go`zal. Biz oy va quyoshning yerdan tepada —ko`kda turishini bilamiz, ammo shoir bunga boshqacha izoh bermoqda. Uning nazarida quyosh yor yuzining go`zalligi tufayli yer yuzidan qochib ketgan va to`rtinchi ko`k (osmon)dan makon topgan. Lutfiy yana bir g`azalida yozadi: Nozuklik ichra belicha yo`q tori gisuyi, O`z haddini bilib belidin o`lturur quyi. Shoir yorning sochi uzunligini madh etadi, ayni paytda noziklik borasida bel va soch bahsida u (soch) mag`lub. Shuning uchun ham sochning o`rni beldan pastda bo`lishi kerak degan shoirona asos aytilmoqda. Vaholanki, uzun sochning tabiiy ravishda beldan pastda bo`lishi hammaga yaxshi ma`lum. Ibodat chog`ida boshni yerga qo`yish odatdagi hol. Ammo shoir uni tamomila boshqacha izohlaydi: Qutlug` oyog`ing yerga tegibur, oning uchun, El yerga qo`yub bosh, qilur barcha ibodat. Ko`rinib turganidek, shoir elning yerga bosh qo`yib, ibodat qilishini yorning «qutlug` oyog`i yerga tekkani» bilan asoslamoqda. Yoki kishilarning qand yeyishi tabiiy holdir. Lutfiy esa uni shunday ta`riflaydi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling