Namoz Rasulov
| t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n
Download 305.64 Kb. Pdf ko'rish
|
8999 (1)
10 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n
Labingdin chun suchuklik qand o`g`urlar, Solurlar el ani suvg`a yalang`och. Choyga qand solish holati aks etayotgan bu tasvir badiiy asosning go`zalligi bilan e`tiborga molik. Adib nazarida qand shirinlikni labdan «o`g`irlab olgan». O`g`ri esa jazolanishi kerak. O`g`riga beriladigan jazo turlaridan biri uni sovuq suvga kiyim-siz yalang`och holda kiritishdir. Bu tasvir, albatta, kishida zavq uyg`otadi. SO‘ZLAR TAKRORIGA ASOSLANGAN SAN’ATLAR 1. Tasdir - Tasdir so`zlar takroriga asoslangan san`atlar orasida eng keng tarqalgan turdir. Bu san`atning mohiyati shundan iboratki, she`r baytining boshida qo`llangan so`z bayt oxirida ham takrorlanadi. Baytning birinchi misrasidagi birinchi rukn (yoki shu ruknning boshlanishi) sadr, keyingi misraning oxirgi rukni (yoki shu mknning oxiri) esa ajuz deb nomlanadi. Shunga ko`ra, tasdirni mumtoz badiiylik ilmida raddul-sadri ilal-ajuz (sadrni ajuzda qaytarmoq) deb ham atashadi. Bir qarashda tasdir juda sodda usul sifatida ko`rinsa-da, shoirlar uni turli maqsadlarda qo`llaganlar, uning xilma-xil ko`rinishlarini va hatto aytish mumkinki, ancha murakkab turlarini ham kashf etishgan. Men bu yuz mushtoqidurmen, bog`-u bo`stonkim bo`lur, Bo`lmasin nasrin-u lola, arg`uvon sizsiz menga. (Atoiy) Saqish saqliqin bo`ldi ati saqish, Ko`ru bersa saqish edi—o`ksaq ish. Barig`lik turur bu ajun qalg`usiz, O`zung edgulik qil yitib barg`usiz. Atasi beg ersa o`g`ul tug`di beg, O`g`ul tug`sa beg ham atalariteg. 2. Tasbe. Tasdirda birinchi misraning dastlabki so‘zi (yoki so‘zlari) ikkinchi misra oxirida takrorlansa, tasbeda birinchi misra oxiridagi so‘z keyingi misra boshida takrorlanadi. Tasbening asosiy xususiyati shundaki, u kitobxon diqqatini fikr yuritayotgan obyektga markazlashtiruvchi linza vazifasini bajaradi. Chunki birinchi misra oxiridagi so‘zning keying misrani boshlashi beixtiyor kitobxon ongida ta’sir qo‘zg‘atadi va bu ta’sir kitobxonni shu so‘z ustida o‘ylashga majbur qiladi. Shuning uchun ham yetuk shoirlarning deyarli barchasi tasbe uchun baytdagi eng muhim so‘zlarni tanlaydi. Kuchum yetguncha ko‘p qildim v a f o lar, V a f o li qulni asrar podsholar. Download 305.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling