Ўзбекистон республикаси халқ
Obyektning yoshi bo‘yicha ruhiy-jinsiy yo‘nalishning buzilishi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Binder1
6.3. Obyektning yoshi bo‘yicha ruhiy-jinsiy yo‘nalishning buzilishi
Pedofiliya – bolalarga nisbatan jinsiy moyillik. Pedofiliya shakllanishi uchun asos bo‘lib, ruhiy-jinsiy rivojlanish retardatsiyasi, boshqa jins kishilari bilan aloqalarning buzilishi va ko‘pincha to‘g‘ri jinsiy hayotga xalaqit beruvchi jinsiy buzilishlar xizmat qiladi. Pedofiliya ko‘pincha o‘smirlarda, 30 yoshli va yoshi katta erkaklarda kuzatiladi. O‘smirlar orasida asosiy qismni ruhiy-jinsiy va hissiy rivojlanishdan orqada qolish sababli tengdosh qizlar bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularning ko‘nglini ovlashni bilmaydigan shaxslar tashkil qiladi. 30 yoshlilar guruhini uylanganlar, lekin o‘z jinsiy va ijtimoiy munosabatlarini tashkil eta olmaganlar va ko‘proq qiz bolalar bilan o‘ynaganda jinsiy lazzat oladigan hamda katta yoshli ayollar bilan yaqinlikka borishga tavakkal qila olmaydigan frustratsiyalangan erkaklar tashkil qiladi. Keksalar orasida ba’zan yolg‘iz shaxslar va jinsiy buzilishlardan azob chekayotganlar uchraydi. Yolg‘izlar qiz bolalar bilan muloqotda o‘zlarining yetim holatlaridan chiqish yo‘llarini izlaydilar, ulardan aksariyati ayollar bilan muloqot qilishda qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar, jinsiy buzilishlarga uchragan keksa erkaklar esa bu muloqotdan o‘zlarining so‘nib borayotgan shahvoniyligini qo‘zg‘atish uchun foydalanadilar. Pedofiliyada kamdan-kam hollarda jinsiy aloqalar, shuningdek nomusga tegishlar uchrab turadi. Odatda, hamma narsa “ixtiyoriy”likka asoslanadi. Faqat o‘smirlargina qo‘rqitish va tahdidlarni qo‘llaydilar. Qiz bolani yo‘ldan uruvchi harakatlar odatda, ishqiy munosabatlar haqidagi hikoyalar, pornografik suratlar namoyishi, jinsiy a’zolarni ko‘zdan kechirish va ko‘rsatish, erkalashlar, yuzaki va chuqur petting, ba’zan oralli-genital aloqalarni o‘z ichiga oladi, kamdan-kam hollarda ish genital aloqagacha boradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling