Ўзбекистон республикаси халқ


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106
Bog'liq
Binder1

Petting (ingl. pet - erkalash, silab-siypash, qo‘zg‘atish) – genitaliylarga 
bevosita tegilishini istisno qilgan holda ikki tomonlama aloqa sharoitlarida erogen 
zonalarni sun’iy qo‘zg‘atgan holda ataylab orgazm olish. 
Har qanday holatda yo‘ldan urish bolaning vaqtidan oldin ruhiy-jinsiy 
rivojlanishiga, uning jinsiyligi va ruhiyatining buzilishiga, ko‘pincha esa yo‘ldan 


128
uruvchilar tomonidan majburlangan jinsiy buzilishlarga olib keladi. Ayrim hollarda 
pedofiliya sadizm bilan uyg‘unlashishi mumkin, bu esa yanada kattaroq xavf soladi. 
Efebofiliya – o‘smirlik va yigitlik yoshidagi shaxslarga jinsiy moyillik. Bu 
moyillikning shakllanishida, xuddi pedofiliyadagi singari, tengdoshlari bilan 
muloqot qilishdagi qiyinchiliklar, garchi ancha kam ifodalangan bo‘lsada, oxirgi 
rolni o‘ynamaydi. Ko‘pincha efebofiliya jinsiy buzilishga uchragan shaxslarda 
rivojlanadi, bunda ularni o‘smirlar bilan jinsiy aloqa qilishga yigitlarning 
tajribasizligi, ularning jinsiy aloqa texnikasini bilmasliklari va shundan kelib 
chiquvchi o‘z jinsiy harakatlarining qoralanishini eshitish ehtimolining kamligi 
undaydi. Bundan tashqari, erkak jinsidagi shaxslarning yigitlarcha giperseksualligi 
ularga nafaqat yuqori jinsiy faollikni, balki jinsiy maylni ro‘yobga chiqarish 
usullariga bo‘lgan ayrim indifferentlikni ta’minlaydi. Efebofillarning ma’lum 
qismini o‘smirlarning tajribasizligi o‘ziga jalb qiladi va ular bajonidil ularni 
“o‘qitish” bilan shug‘ullanishadi. Shuning uchun, efebofiliyaga duchor bo‘lgan 
shaxslar o‘smirlar jamoasida ish topishga intilishadi, ularning sirini chiqarmasligi 
natijasida ular bilan aloqalar sezilmay qoladi. Ayniqsa, ayollarda efebofiliya 
namoyon bo‘lishi o‘smir yigitlar tomonidan oddiy, hatto minnatdorlik hissi bilan 
qabul qilinadi. 
Ayollar ixtiyoriy ravishda o‘smirlarning jinsiy hayotga ilk qadam qo‘yishlarida 
ular ustidan ustozlik qilishni o‘zlariga oladilar. Efebofillar o‘z vasiyligidagi 
o‘smirlarning tajribasizligidan eng ko‘p lazzat oladilar, chunki o‘qitish ularda jinsiy 
junbushni qo‘zg‘atadi. Erkak efebofillar ancha qiyinroq holatda qoladilar, chunki 
qizlar jinsiy munosabatga ancha qiyinroq kirishadilar va ularni yo‘ldan urish uchun 
ko‘p vaqt talab etiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling